• Suhbat metodi
  • Beruniy guruhi
  • Burchaklar metodi




    Download 206,99 Kb.
    bet6/39
    Sana15.05.2024
    Hajmi206,99 Kb.
    #234014
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
    Bog'liq
    Burchaklar metodi-fayllar.org

    Plakat bo’yicha taqdimot
    Plakat bo’yicha taqdimot o’quvchi doskaga chiqib osib qo’yilgan plakatdagi rasmlarga qarab mavzuni aytib beradi. Plakat bo’yicha taqdimotni hali yangi mavzuni o’tmasdan turib ham amalga oshirish mumkin.


    Fizik diktant
    Fizik diktant juda qisqa vaqtda barcha sinfdagi o’quvchilardan so’rashning yo’lidir. Bunda bola mustaqil ishlaydi. O’quvchilarga o’tgan mavzu bo’yicha diktant olish mumkin. Bunda o’tgan mavzuga doir formula, asbob, birlik, fizik olim haqida savollar og'zaki beriladi, o’quvchi savolni eshitib (yozmay) javobini daftariga yozadi. Masalan: o’tgan mavzuda "Moddaning zichligi" mavzusi o’tilgan bo’lsa savollarni quyidagicha tanlash mumkin.
    1. zichlik formulasi.
    2. zichlik birliklari
    3. zichlik qanday kattalik (vektor yoki skalyar)
    4. - zichlikni o’lchovchi asbob ( qurilmalar nomi).
    5. Modda zichligini aniqlagan vatandoshimiz nomi.
    6. . 1000 kg/m3 necha g/sm3ga teng.
    7. Suvning zichligi nechiga teng?
    8. Nima uchun kerosin suvning ustida joylashadi?
    Diktant yozilgandan so’ng o’quvchilarga yozilmagan qismiga "so’roq" belgisini qo’yish taklif etiladi, javoblari doskaga yoziladi va o’quvchiga o’z ishini baholash so’raladi.

    Suhbat metodi
    Davra suhbati shaklida tashkil etish yaxshi samara beradi. Davra suhbatini tashkil etish uchun biror muammoli, mavzuni aytish kerak. O’quvchilar navbat bilan fikrlarini aytadilar.


    Debat (Bahs) metodi
    Debat (Bahs) o’tkazish uchun o’rtaga biror muammo tanlanadi. Muammoga qarab o’quvchilar 3 guruhga ajraladilar. (ha, yo’q, betaraf). Muammoga “ha" munosabatda bo’lganlar 1 guruh "Yo’q" munosabatda bo’lganlar 2 chi guruh, “betaraflar” 3-guruh bo’ladilar. Navbat bilan o’z nuqtai nazarini aytib o’zini himoya qilishga 1 daqiqadan vaqt beriladi.
    Betaraflar ikkala guruh o’quvchilarning fikrlarini tinglab o’z ixtiyorlari bilan "ha" yoki "yo’q" deganlar guruhlariga qo’shiladilar. Himoya davomida "ha" guruhidan "Yo’q" guruhiga o’quvchilar o’tishlari mumkin va aksincha. Debat 7-10 daqiqa davom etishi mumkin ( fikrlar bo’lsa yana vaqt berish mumkin).
    Yorug’likning to’lqin va zarracha xossalarini o’rgavgandan so’ng quyidagi muammoni o’rtaga tashlab debat o’tkazdik. "Yorug'lik to’lqinmi?" o’quvchilar "ha" va "Yo’q" deb munosabat bildirgandan so’ng ularni ajratib 2 ta guruh tashkil etdik. Betaraflar partada o’tirdilar. "ha" deb munosabat bildirganlar guruhiga "Ibn Sino", "Yo’q" deb munosabat bildirganlarga "Beruniy" deb nom qo’ydik.
    O’z nuqtai nazarlarini aytib himoya qilish uchun navbat bilan guruhlar fikrlarini bildiradilar. Bu fikrlar quyidagicha edi:

    Beruniy guruhi:
    (1 o’quvchi gapiradi)
    Yorug'lik zarrachadir.
    Yorug'likning to’g'ri chiziq bo’ylab tarqalish qonunini eramizdan 300 yil oldin yashab o’tgan Yevklid o’z asarlarida yozib qoldirgan.



    Download 206,99 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




    Download 206,99 Kb.