|
Burchaklar metodi
|
bet | 4/39 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 206,99 Kb. | | #234014 |
Bog'liq Burchaklar metodi-fayllar.orgHamkorlik darslari.
Hamkorlik darslarini tashkil etish Fizika informatika. Fizika fanidan tayyor o’quv dasturlari ham mavjud. Masalan: "Diffuziya. Broun harakati". Bu dasturdan 6 va 9 sinflarda dars berishda foydalanish mumkin. (Ilova konspekt). Fizika fanidan "RNISKLASS" nomli o’quv - ta'limiy o’yin tarzidagi dastur mavjud. Bu dastur 1993 y mart oyida Moskvada Shitov Yu.A tomonidan tuzilgan. (Ilova yo’riqnoma). Bu dasturlardan foydalanib fizika - matematika hamkorlik darslarini tashkil etish mumkin. (Vektorlar ustida amallar" mavzusini o’tishda).Fizika fanidan quyidagi elektron darsliklar mavjud.
1.Multimediya darslik.
2.Mexanika bo’limidan kompyuterlashgan laboratoriya ishlari.
3.Optika bo’limidan vizual laboratoriya ishlari.
4.Elektronika asoslari.
5.Elektr sig’imi.
6. Elektrotexnika.
7. Atom va yadro fizikasi.
Ozini – o’zi baholash metodi.
Fizik diktant olinsa o’quvchi o’zini o’zi baholashi mumkin. Bu uchun o’quvchilar yozib bo’lgandan so’ng yozmay qolgan qismlariga so’roq belgisini qo’yish taklif etiladi. Doskaga to’g’ri javoblar yoziladi va bolaga ishni tekshirish taklif etiladi.
Rolli o’yinlar.
Guruhlar bo’lib ishlashda albatta har bir o’quvchiga 1 ta rolni taqsimlab berish lozim. Aks holda u masuliyatni unchalik his etmaydi. Rollar quyidagicha bo’lishi mumkin. 1 ta o’quvchini mavzuni nazariy tushuntirishi lozim, 2 chisi tajribani o’tkazishi lozim, 3 chisi rasmni chizib tushuntirishi lozim, 4 chisi tarixiy ma'lumotlarni o’rganib aytishi lozim va hokazo.
Ularga quyidagicha nom qo’yish mumkin.
- Nazariyotchilar
- Amaliyotchilar
- Rassomlar
- Tarixchilar
Nuqtai nazaring bo’lsin metodi.
Bahs (Debat) o’tkazish vaqtida o’quvchi o’z nuqtai nazarida qolishga to’la haqlidir.
Mustaqil ish metodi.
Bu metoddan darslarda juda ham keng foydalaniladi. O’quvchining masala yechishi, laboratoriya ishini bajarishi, esse yozish, o’z taxminlarini, bilganlarini yozishi va hokazolar o’quvchining mustaqil ishi faoliyatidir.
|
| |