|
O’yla, izla, top yoki “7x7” intelektual ring
|
bet | 26/39 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 206,99 Kb. | | #234014 |
Bog'liq Burchaklar metodi-fayllar.orgO’yla, izla, top yoki “7x7” intelektual ring
o’yini.
Bunda 7ta qo’shimcha shart va 7 ta asosiy shartlar bo’ladi.
Qo’shimcha shartlar:
1. Imtiyoz – shartidan to’g’ri foydalansa, rag’bat oladi.
2. Imkoniyat – shartida 7 ta savol va topishmoq beriladi.
3. O’yin ichida o’yin – shartida tomoshabinlar bilan lotoreya o’yini, ya’ni quticha ichida raqamlar bor bu raqamdan bittasi olinadi, bu tomoshabinlar ichidan chiqib, fizik atamalarni qog’ozda ma’lum bir vaqtda yozish bo’yicha musobaqa o’ynaladi.
4. Jarima – sharti – to’g’ridan to’g’ri jarima beriladi.
5. Rag’bat – shartida to’g’ridan to’g’ri rag’bat beriladi.
6. Sovrin – bunda o’quvchi sovringa ega bo’lishi uchun she’r yoki qo’shiq aytishi kerak, aytib bermasa jarima oladi.
7. Omadli sovrin – bu shartda ikkala guruhdan 1 tadan o’quvchi chiqadi, fizik qonunlar va asosiy qoidalarni aytish bo’yicha musobaqa o’ynaladi.
Asosiy shartlar:
1. Xotira mashqi – 11 dan 99 gacha bo’lgan 7 ta raqamlar aytiladi.
2. Olimlar gulshani – bu shartda 2 ta buyuk shaxsning suratlari ko’rsatiladi va 2 la guruh a’zolari bular haqida 7 tadan ma’lumot berishlari kerak.
3. Har sohadan bir shingil – bu shartda 7 tadan savol beriladi; 5 tasiga to’g’ri javob bersa, rag’bat beriladi.
4. Bilimdonlik sinovi – bu shartda testlar beriladi.
5. Tafakkur durdonasi – bu shartda fizikaga doir 7 tadan savol beriladi.
6. Zukkolar rebusi – bu shartda rebuslar beriladi.
7. Aql charxi – masalalar beriladi.
Tafakkur durdonasi
1. Davriy ravishda joylashgan atomlar to’plami – (kristall panjara)
2. Havoda tovushning tarqalish tezligi qancha? (200C da 343 m/s)
3. Jismning biror qismi undan qandaydir tezlik bilan ajralganda paydo bo’ladigan harakat nima deyiladi? (reaktiv harakat)
4. Qanday suyuqlik qattiq holatda boshqacha nom oladi? (suv)
5. Issiqlik energiyasini mexanik energiyaga aylantirib beradigan qurilmaga nima deyiladi? (issiqlik dvigateli)
6. Bir sekundda yuz bergan to’la tebranishlar soni nima deyiladi? (chastota)
7. Qulog’imiz qanday chastotali tovush to’lqinlarini qabul qiladi? (20 gs dan – 20000 gs gacha)
|
| |