|
Imkoniyat sharti (I guruh)
|
bet | 28/39 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 206,99 Kb. | | #234014 |
Bog'liq Burchaklar metodi-fayllar.orgImkoniyat sharti (I guruh)
7 tadan savol va topishmoqlar beriladi:
1. Loydan yumshoq, toshdan qattiq – (qo’rg’oshin)
2. Dastlab o’rta osiyo qanday nomlangan? – (Turon)
3. O’yib oldin, izi yo’q (suv)
4. Ko’rga ko’rinmas,
Qo’lga ilinmas
Usiz hech joyda
Hayot ham bo’lmas (havo)
5. Osmondan buyuk – (maqsad)
6. Ko’k sandig’im ochildi.
Olamga nur sochildi. (osmon, quyosh)
7. “Qoziq ustida qor turmas” (tuxum)
Imkoniyat sharti (II guruh)
1. Kunduz kuni ko’rarsan,
birga yurar sen bilan
tunda esa ko’rinmas, bilmam
ketdi kim bilan (soya)
2. O’zi qop-qora bir tosh
Vujudida bir otash (ko’mir)
3. Bir burchakda so’zlaydi
Ham chaladi kuylaydi
Hamma uning so’zlagan
Xabarini tinglaydi (radio)
4. Bir daraxtda 12 butoq
Har butoqda o’ttiz yaproq
Yarpoqning bir yog’i qora
bir yog’i oq. (yil, oy, kecha, kunduz)
5. Qanday idishni to’ldirib bo’lmaydi? (teshik idishni)
6. Asaldan shirin, zahardan achchiq - (so’z)
7. Dengiz ostida qanday tosh bo’lmaydi? – (quruq tosh)
Tadbir oxirida g’olib guruh aniqlanib, rag’batlantiriladi.
Fizika ta’limida pedagogi texnologiyalardan foydalanish.
Mavzu. Aqliy hujum, Bumerang Charxpalak texnologiyalari.
Trening haqida tushuncha
Ushbu texnologiya o`quvchi-talabalarni dars jarayonida, darsdan tashqarida turli adabiyotlar, matnlar bilan ishlash, o`rganilgan materialni yodida saqlab qolish, so`zlab bera olish, fikrini erkin holda bayon eta olish hamda bir dars davomida barcha o`quvchilarni baholay olishga qaratilgan.
Mazkur texnologiya bir mashg`ulot davomida o`quv materialini chuqur va yaxlit holatda o`rganish, ijodiy tushunib yetish, erkin egallashga yo`naltirilgan. U turli mazmun va xarakterga (muammoli, munozarali, turli mazmunli) ega bo`lgan mavzularni o`rganishga yaroqli bo`lib, o`z ichiga og`zaki va yozma ish shakllarini qamrab oladi hamda bir mashg`ulot davomida har bir ishtirokchilarining turli topshiriqlarini bajarishi, navbat bilan o`quvchi yoki o`qituvchi rolida bo`lishi , kerakli ballni to`plashiga imkoniyat yaratadi.
“Bumerang” texnologiyasi tanqidiy fikrlash, mantiqni shakllantirishga imkoniyat yaratadi: xotirani, g`oyalarni, fikrlarni, dalillarni yozma va og`zaki shakllarda bayon qilish ko`nikmalarini rivojlantiradi.
Ta`lim bilan bir qatorda mazkur metod tarbiyaviy xarakterdagi qator vazifalarni amalga oshirish imkonini beradi:
-jamoa bilan ishlash mahorati:
- xushfe`llik
- ko`nikuvchanlik
- o`zgalar fikriga hurmat
- faollik
- rahbarlik sifatlarini shakllantirish
- ishga ijodiy yondashish
- o`z faoliyatining samaralimbo`lishiga qiziqiszini xolis
- o`zini xolis baholash.
Asosiy tushunchalar quyidagilar:
Ochiq savollar- bu savollar muomala, so`zlashuvni davom ettirishga imkon beradi. Ularga qisqa, bir xil javob berish mumkin emas.
Yopiq savollar – bu savollar oldindan “ha”yoki “yo`q” tipidagi to`g`ri, ochiq, javoblarini berishni ko`zda tutadi.
Ko`ndalang so`roq – bir-biriga guruhlab beriluvchi qisqa savollar qatori bo`lib, bu o`ziga xos axborotlar izlash hamda dalillarni, opponentlar pozitsiyasini aniqlash va muayyan qarorlar qabul qilish uchun ajoyib imkoniyatdir.
Ko`ndalang so`roq paytida munozaraga kirishish mumkin emas. Bu vaqtda faqat savollar beriladi, munozaraga kirishilmaydi.
Maqsad:
Trening davomida tinglovchilarga tarqatilgan materiallarni ular tomonidan yakka va guruh holatida o`zlashtirib olishlari hamda o`zaro suhbat-munozara orqali, turli savollar orqali tarqatma materiallar, undagi matnlar qay daraja o`zlashtirilganini nazorat qilish. Trening davomida o`quvchilar tomonidan baho ballarini egallashga imkoniyat yaratish.
|
| |