II- BOSQICH.
Har bir tinglovchiga FSMU texnologiyasining 4 bosqichi yozilgan qog`ozlar tarqatiladi:
F- fikringizni bayon eting.
S- fikringizni bayoniga sabab ko`rsating:
M-ko`rsatilgan sababingizni isbotlab misol(dalil) keltiring:
U- fikringizni umumlashtiring:
Har bir tinlovchi yakka tartibda tarqatilgan qog`ozdagi FSMU ning 4 bosqichini o`z fikrlarini yozma bayon etgan holda to`latadi.
III- BOSQICH.
Har bir tinglovchi o`z qog`ozlarini to`latib bo`lgach, trener ularni kichik guruhlarga bo`linishlarini iltimos qiladi yoki o`zi turli guruhlarga bo`lish usullaridan foydalangan holda tinglovchilarni kichik guruhlarga bo`lib yuboradi:
Trener har bir guruhga FSMU texnologisining 4 bosqichi yozilgan katta formatdagi qog`ozlardagi fikr va dalillarni katta formatdagi qog`ozlarni tarqatadi:
Trener kichik guruhlarga har birlari yozgan qog`ozlardagi fikr va dalillarni katta formatda umumlashtirganholda 4 bosqich bo`yicha yozishlarini taklif etadi.
IV- BOSQICH.
Kichik guruhlarda avval har bir tinglovchi o`zi yozgan har bir bosqichdagi fikrlari bilan guruh a`zolarini tanishtirib o`tadi. Guruh a`zolarining barcha fikrlari o`rganilgach, kichik guruh a`zolari ularni umumlashtirishga kirishadi:
Guruh a`zolari FSMU ning 4 bosqichini har biri bo`yicha umumlashtirib, uni himoya qilishga tayyorgarlik ko`radilar:
Fikrlarni umumlashtirish vaqtida har bir tinglovchi o`z firklarini himoya etishi, isbotlashi mumkin.
V- BOSQICH.
- Kichik guruhlar umumlashtirilgan fikrlarini himoya qiladilar: Guruh vakili har bir bosqichni alohida o`qiydi iloji boricha izoh bermagan holda Ba`zi bo`limlarni isbotlashi, ya`ni guruhning aynan nima uchu shu fikrga kelganini aytib o`tishi mumkin.
VI- BOSQICH.
Trener mashg`ulotga yakun yasaydi, bildirilgan fikrlarga o`z munosabatini bildiradi:
|