|
TARQATMA MATERIALNING TAXMINIY NUSXASI
|
bet | 37/39 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 206,99 Kb. | | #234014 |
Bog'liq Burchaklar metodi-fayllar.orgTARQATMA MATERIALNING TAXMINIY NUSXASI.
(F)- Fikringizni bayon eting.
(S)- Fikringizni bayoniga biron sabab ko`rsating.
(M)- Ko`rsatilgan sababni tushuntiruvchi (isbotlovchi) misol keltiring.
(U)- Fikringizni umumlashtiring.
TRENING “MULOQOT”
TRENING HAQIDA TUSHUNCHA.
Ushbu trening o`quvchi-talabalarda dars jarayonida mustaqil fikrlashga, o`z fikrlarini erkin holda bayon eta olishga hamda ularda bahslashish madaniyatini tarbitalashga qaratilgan bo`lib, odatda bunday mashg`ulot tinglovchilarni kichik guruhlarga bo`lgan holda o`tkaziladi.
MAQSAD.
Tanlangan mavzu, muammo asosida tinglovchilarning fikrlarini hamda ushbu mavzuga bo`lgan munosabatlarini aniqlash, mustaqil holda umumiy bir fikrga kelishlariga va to`g`ri xulosa chiqarishlariga yordam berish, erkin holda bahslashishlariga sharoit yaratish.
O`TKAZILISH TARTIBI.
Trening mashg`ulotni boshlashdan avval tinglovchilarni muloqot, bahs-munozarani o`tkazishga qo`yilgan talablar, qoidalar bilan tanishtiradi, so`ngara ushbu trening bosqichma-bosqich o`tkazilishini tushuntiradi.
I-BOSQICH.
Trener mashgulotni o`tkaziladigan muloqotning mavzusini aniqlashdan boshlaydi, masalan, “Siz qaysi madaniyat tarafdorisiz: “SHARQ yoki YEVROPA?”. Shu mavzuni o`rtaga tashlab tinglovchilardan SHARQ madaniyati va YEVROPA madaniyati tarafdorlarini aniqlab oladi. Ularni shu tartibda guruhlarga bo`ladi.
II-BOSQICH.
Har bir guruhdagi tinglovchilar o`z mavzulari asosida kerakli materiallar: dalillar, misollar, aniq fikrlar, o`z fikrlarini tasdiqlovchi ko`rgazmali materiallar, imkoni bo`lsa videofilm, maqollar, mutafakkir va olimlarning so`zlari va boshqalarni tayyorlaydilar. Guruhdan bir kishini himoya qilish uchun tanlaydilar, qolganlar esa o`z fikrlarini qo`shimcha qilishlari mumkin. Trener guruhlarni tayyorgarlik ko`rinishlari uchun sharoit va imkoniyatiga qarab vaqt beradi.
|
| |