|
Burchaklar metodi
|
bet | 32/39 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 206,99 Kb. | | #234014 |
Bog'liq Burchaklar metodi-fayllar.orgXI- BOSQICH.
Trener-o`qituvchi har bir guruhni o`z yozma materiallarining mazmunidan kelib chiqqan holda bittadan savol tuzishlari uchun 5-7 daqiqa vaqt ajratadi.
XII- BOSQICH.
Bu bosqichda guruhlar bir-birlariga savollar beradilar, guruhlardagi “hisobchilar” esa guruh a`zolarining javoblarini yuqorida belgilangan tartibda baholab boradilar. Javoblar to`g`ri bo`lsa, savol bergan guruh javobni to`ldirmaydi.
XIII- BOSQICH.
Trener-o`qituvchi guruh a`zolari to`plangan ballarni yana bir marotaba doskaga yozadi va to`plangan ballar(baholar)ning umumiy sonini guruh a`zolariga teppa-teng bo`ladi(yuqorida kelishanganlik asosida).
IZOH: Agar to`plangan ballarni guruh a`zolariga teppa-teng bo`lishda o`quvchilar tomonidan norozilik bo`lsa, ya`ni ba`zi guruh a`zolari guruhning faoliyatida passiv bo`lgan bo`lishsa, bunday holatda vaziyatni yechimi guruh a`zolariga yuklatiladi. Guruhning yechimi to`g`ri hissoblanadi, yoki trener-o`quvchi o`z fikrini bildirishi mumkin, chunki u dars jarayonida o`quvchilarning javoblari, faol yoki passivliklarni kuzatib boradi.
Umuman olganda, agar o`quvchi faollik ko`rsatmagan, yoki savol-javoblarda ishtirok etmagan bo`lsa, ham uning shu dars jarayonida biron narsani builib olgani, eslab qolib o`zlashtirganini hisobga olgan holda unga eng kichik ball berilishi mumkin.. Bu o`quvchini keyinchalik shu shakldagi darslarda faolloq bo`lishga undaydi. Yuqoridagi kabi vaziyat vujudga kelsa uni yechimini har bir o`qituvchi sharoitga, faoliyatiga qarab, o`zi hal etishi yoki guruh jamoaga tashlashi mumkin.
Ba`zida guruhning “hisobchilari” ballarni qo`yishda noaniqlik yoki qo`shib yozishlari mumkin, natijada, ba`zida guruhlarning umumiy to`plagan ballari boshqa guruhlarnikidan juda farq qilishi mumkin. O`quvchilarning haqqoniy baholanishlari ularning tanlagan “hisobchi”lariga bog`liq ekanligini trener-o`qituvchi eslatib o`tadi. Agar umumiy to`plangan ballarni gruh a`zolariga taqsimlanganda shu mashg`ulot uchun belgilangan maksimal balldan ortib ketgan bo`lsa, u holda shu mashg`ulot uchun kerakli ballni olib qolib, ortiqchasini keyingi mashg`ulotlarga yoki yakuniy nazoratga o`tkazish mumkin.
|
| |