VIII- BOSQICH.
Trener auditoriyadagi tinglovchilarning barchasi hamma tarqatilgan yozma materiallar bilan tanish ekanliklari, ular haqida to`liq ma`lumotga ega bo`lganliklarini hisobga olgan holda auditoriyadagi har bir o`quvchidan xoxlagan materialni so`rashi mumkinligini aytadi.
IX-BOSQICH.
o`zlashtirilganligi darajadasini aniqlash madsadida trener-o`qituvchi , yoki maxsus guruh, yoki opponent guruhi tomonidan berilgan nazorat savollariga javoblarini reyting ballari orqali baholanishi tushuntiriladi, masalan, savollarga berilgan javoblarini reyting ballari orqali baholanishi tushuntiriladi, masalan, savollarga berilgan javoblar
Agar to`liq javob bo`lsa-3 ball:
Qo`shimcha qilinsa-2 ball:
O`tirgan joydan luqma tashlansa-1 ball:
Javob berilmasa-0 ball qo`yilishi belgilanadi.
Baho sistemasida
to`liq javob uchun -5 baho
qo`shimcha uchun – 4 baho
luqma tashlansa – 3 baho
javob bermasa – 2 baho
umuman ishtirok etmasa -1 baho qo`yishni belgilash mumkin.
Guruh a`zolarining javoblarini yuqorida ko`rsatilgan tartibda baholash, ballarni qoyib borish, umumlshtirish uchun har bir guruh o`ziga guruh qatnashchilardan buirini “hisobchi” etib tayinlashi mumkin (“hisobchi” ham davrada bo`layotgan savol-javoblar muloqotida ishtirok etadi).
X-BOSQICH.
- Ushbu bosqichda trener tarqatma materiallar asosida tuzilgan savollar (5-6) ta bilan o`quvchilarga murojaat qiladi( savollar iloji boricha hamma matnlarga tegishli bo`lgani ma`qul, shuningdek, trener doskaga guruhlar tomonidan to`plangan ballarni yozadi va mashg`ulotning keyingi bosqichiga o`tadi.
|