Burchaklar metodi




Download 206,99 Kb.
bet29/39
Sana15.05.2024
Hajmi206,99 Kb.
#234014
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   39
Bog'liq
Burchaklar metodi-fayllar.org

O`TKAZISH TEXNOLOGIYASI.
Ushbu texnologiya bir necha bosqichida o`tkaziladi:


I-BOSQICH.
- Trening to`g`ridan-to`g`ri tinglovchilarni 4-5 kishidan iborat kichik guruhlarga bo`lishdan boshlanadi:
- Trener har bir guruh va uning har bir a`zosiga mustaqil o`rganish, fikrlash va yodda saqlab qolish uchun alohida- alohida aniq yozma tarqatma material beradi(tarqatma material)da trener tomonidan tanlangan umumiy mavzu bo`yicha biron bir hajmdagi matn berilgan, ularning soni guruhlar va tinglovchilar soniga bog`liq. Agar 4 ta kichik guruh bo`lsa, u holda umumiy mavzu 4 ta kichik matnlarga bo`linib har bir guruhga beriladi.
- Faoliyat samarali bo`lishi uchun har bir tinglovchi esa o`z guruhiga tushgan matnga ega bo`ladi.


II-BOSQICH.
  • Guruhlarga berilgan matnni guruh a`zolari yakka tartibda alohida o`rganishlari, matnni eslab qolishlari, keyin esa kerak bo`lsa boshqalarga yoki trenerga gapirib berishlari, iloji boricha matnni katta kichikligiga qarab 10-15 daqiqa vaqt berabi.O`zi esa guruh va tinglovchilarni ish faoliyatini kuzatadi.




III-BOSQICH.
  • Trener oldindan tayyorlab qo`yilgan raqamlar yozilgan kichik qog`ozlar bilan har bir guruh yoniga kelib guruh a`zolaridan ushbu qog`ozlardan bittadan raqam tortib olishlarini so`raydi.(Qog`ozlar soni guruhdagi tinglovchilar soniga bog`liq, masalan, guruhda 5 kishi bo`lsa, qog`oz dagi raqamlar 1,2,3,4,5 etib tayyorlanadi, agar 4 ta bo`lsa 1 dan 4 gacha…). Guruhlardagi barcha tinglovchilar raqamlar yozilgan qog`ozdan olishlari kerak. Nechta guruh bo`lsa, shuncha guruh a`zolari soniga qarab raqamlar yozilgan qog`ozlar tayyorlanadi.


  • Trener raqamlar bo`yicha tinglovchilardan yangi guruhlar tuzishlarini so`raydi. Masalan, hamma 1 raqamini olganlar bitta yangi guruh, 2 raqamlilar ikkinchi guruhni, 3 raqamlilar uchinchi guruhni,4 raqamlilar to`rtinchi guruhni, 5 raqamlilar, beshinchi guruhni tashkil etishlarini so`raydi. Guruh a`zolari yangi guruhga o`tishlarida o`zlari bilan o`rgangan matnlarini oladilar.





Download 206,99 Kb.
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   39




Download 206,99 Kb.