|
Burchaklar metodi
|
bet | 30/39 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 206,99 Kb. | | #234014 |
Bog'liq Burchaklar metodi-fayllar.orgIV-BOSQICH.
Raqamlar bo`yicha guruhlar tuzilganda har bir yangi guruhda avvalgi guruhlardan bittadan vakillar o`z-o`zidan to`planib qoladi, ya`ni 4ta guruhda 4 xil matn o`rganilgan bo`lsa bu yangi guruhda har bittasidan bittadan vakil to`planadi, umumiy mavzu bo`yicha 4 tinglovchi va 4 xil matn to`planadi.
V-BOSQICH.
- Yangi tuzilgan guruhning har bir a`zosi endi o`ziga 2 ta vazifa, ya`ni o`qituvchi va o`quvchi vazifasini oladi va quyidagicha faoliyat ko`rsatadi:
1. O`qituvchi (o`rgatuvchi) sifatida, o`zi avval o`rgangan materialni gapirib beradi, tushuntiradi, o`zi mustaqil o`rgangan materialning asosiy joylariga barchani diqqatini jalb qiladi, boshqa guruh a`zolarining tushunish va o`zlashtirish qobiliyatlarini tekshiradi.
2. O`quvchi sifatida, guruh a`zolarini navbatma-navbat so`zlab, tushuntirayotgan, gapirayotgan matnlarini eshitadi, tahlil qiladi, fikrlaydi va yodda saqlab qolishga harakat qiladi. Trener esa ularga o`z matnlarini faqat so`zlab berishlari kerakligini uqtiradi va bunga 20 daqiqa vaqt beradi (matn hajmiga va umumiy mavzuning qiyin, osonligiga qarab vaqt ajratiladi). Bu bosqichda trening boshlanishida tarqatilgan barcha material tinglovchilar tomonidan o`zlashtilgan hisoblanadi.
VI-BOSQICH.
Guruhdagilar bir-birlariga o`z matnlarini gapirib berib,barchalari ushbu matnlarni bilib olishgach, trener o`rganilgan material guruh a`zolari tomonidan qanchalik o`zlashtirib olinganligini teksirib ko`rish uchun har bir guruh a`zosi bir-birlariga o`z matnlaridan kelib chiqqan holda savollar berishlari mumkinligini tushuntiradi. Shunday qilib, guruh ichida ichki nazorat savol-javob orqali o`tkaziladi. Bu esa guruhdagi tinglovchilarni bir-birlariga so`zlab bergan materiallarini boshqalar tomonidan o`zlashtirilganlik darajasini aniqlashga, mustahkamlashga yordam beradi.
VII-BOSQICH.
Trener barcha tinglovchilarni yana qaytadan avvalgi joylariga qaytishlarini so`raydi, ya`ni yana hamma mashg`ulot boshlkanishidagi guruhlariga qaytadilar.
|
| |