|
Burchaklar metodi
|
bet | 38/39 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 206,99 Kb. | | #234014 |
Bog'liq Burchaklar metodi-fayllar.orgIII-BOSQICH.
Guruhlar himoyaga tayyor bo`lgach, trener guruhlarning biriga himoya uchun so`z beradi (himoyaga chiqish ixtiyoriy ravishda bo`lishi mumkin). Guruh vakili guruh nomidan so`zga chiqib ularga berilgan mavzuni tayyorlangan materiallar, dalilar asosida himoya qilishga kirishadi. Guruh vakili so`zini tugatgach, guruhning qolgan a`zolari o`z fikrlari bilan qo`shimcha fikrlar bildirishlari mumkin.
IV-BOSQICH.
Mashg`ulotning 3-bosqichidagi kabi bu bosqichda ham trener navbatdagi guruh vakiliga himoya uchun so`z beradi. Ikkinchi guruh ham birinchi guruh kabi o`z mavzusi bo`yicha himoya qiladi. Himoya tugagach, trener mashg`ulotning keyingi bosqichiga o`tadi. Har ikkala guruhning himoyasi vaqtida trener iloji boricha ularga xalaqit bermaslikka, o`z fikr va mulohazasini bildirmaslikka harakat qiladi, hech qaysi guruhga yon bosmagan holda muloqotni boshqaradi, guruhlar himoyasi vaqtida trener iloji boricha ularga xalaqit bermaslikka harakat qiladi, hech qaysi guruhga yon bosmagan holda muloqotni boshqaradi, guruhlar himoyasi vaqtida tartib saqlanishiga va muloqotni o`tkazishga qo`yilgan talab, qoidalarni to`liq bajarilishiga erishishga harakat qiladi. Bu bosqichda, asosan, ikki guruh erkin, mustaqil faoliyat ko`rsatishlari kerak bo`ladi.
V- BOSQICH.
Guruhlar bir-birlariga savol berishni boshlaydilar. Guruhlar tomonidan beriladigan savollar ular himoyasi vaqtida aytilgan dalillar, misollar, fikrlarni yanada oydinlashtirish maqsadida, shuningdek, o`z guruhlarining fikrlarini yanada oydinlashtirish maqsadida, shuningdek, o`z guruhlarining fikrlarini yanada ta`kidlab, isbotlab, qolganlarni ham shu fikrga qo`shlishlariga da`vat qilish uchun berilishi mumkin. Tinglovchilar erkin holda o`zlarining chiqishlari bilan barchaga ta`sir ko`rsatishga, o`z fikrlarini ma`qullashga harakat qiladilar. Trener bunday holatga sharit, imkoniyat yaratadi, ya`ni u bahs-munozarani samimiylik bilan boshqaradi.
VI-BOSQICH.
Trener har ikki tomonning bir-birlariga savollari, aytadigan fikrlari, ma`qullaydigan so`zlari
Tugagach, har ikki guruh tomonidan aytilgan fikrlarni umumlashtiradi va o`zining bu masala haqidagi fikr va mulohazasini bayon etadi va guruh tinglovchilari tomonidan tushgan savollarga kerakli javobni berishga harakat qiladi.
Mashg`ulot oxirida trener har ikkala guruhning mashg`ulot jarayonidagi faoliyatlarini tahlil etib, ularga minnatdorchilik bildiradi va mashg`ulotni yakunlaydi.
- “ Blits – O`yin” texnologiyasi.
Maqsad: Ushbu texnologiya o`quvchilarga tarqatilgan qog`ozlarda ko`rsatilgan harakatlar ketma-ketligini avval yakka holda mustaqil ravishda belgilab, so`ngra o`z fikrini boshqalarga o`tkaza olish yoki o`z fikrida qolish, boshqalar bilan hamfikr bo`la olishga yordam beradi.
O`tkazilish texnologiyasi.
Ushbu texnologiya bir necha bosqichda o`tkaziladi:
I-BOSQICH.
- O`qituvchi ushbu mashg`ulot bir necha bosqichda o`tkazilishi haqida o`quvchilaga tushuncha beradi. Har bosqichdagi vazifani bajarishga aniq vaqt berilishi, tinglovchilar esa shu vaqtdan unumli foydalanishlari kerakli haqida ularni ogohlantiradi:
- O`qituvchi hamma o`quvchilarga alohida-alohida tarqatma material beradui va tinglovchilardan ushbu materialni sinchiklab o`rganishlarini so`raydi:
- O`qituvchi tarqatma material mazmuni va bajariladigan vazifani tushuntiradi, ya`ni tarqatma materialda berilgan harakatlarni ketma-ketligni to`g`ri belgilash kerakligi, belgini esa qog`ozdagi alohida ajratilgan bo`limga raqamlar bilan belgilash kerakligini tushuntiradi:
- Qo`yilgan vazifa avval yaka tartibda bajarilishini aytadi.
II-BOSQICH.
-O`qituvchi birinchi berilgan vazifani har bir o`quvchi tomonidan yakka tartibda bajarilishini kuzatiladi , qiynalganlarga yordam beradi, yoki qaytadan tushuntiradi:
- Har bir o`quvchi tarqatma materialdagi “ONE`S MARK” bo`limiga shu yerda berilgan harakatlardan o`zining shaxsiy fikri asosida mantiqiy ketma-ketligini raqamlar bilan belgilab chiqadi, ya`ni berilgan harakatni, uning fikricha qaysi biri, birinchi bo`lishi, qaysi biri ikkinchi bo`lishini va hokazo. Bu vazifani bajarish uchun o`qituvchi o`quvchilarga 10 daqiqa beradi.
III-BOSQICH.
Oqituvchi o`quvchilardan 3-5 kishidan iborat kichik guruhlar tashkil etishini so`raydi.3-5 kishilik guruhlar o`quvchilarning xoxishlariga qarab yoki raqamlar bo`yicha tashkil etilishi mumkin:
Kichik guruhlardagi o`quvchilarning har biri o`z qog`ozidagi one`s mark bo`limida belgilangan harakatlar kerma-ketligi bilan bir-birlarini tanishtiradilar, keyin 3-5 kishida 3-5 xil bo`lgan ketma-ketligini birgalashib, bir-birlari bilan tortishib bahislashib bir-birlariga ta`sir o`tkazib, o`z fikrlariga ishontirib kelishgan holda bir muqimga kelib ularga tarqatilgan qog`ozdagi”GROUP`S MARK” bo`limiga raqamlar bilan belgilab chiqadilar.
O`qituvchi kichik guruhdagi tortishuvlarga ishtirok etmaydi,faqat Faqat ularning faoliyatlarini kuzatadi. Bu vazifani bajarish 20 daqiqa beriladi.
IV-BOSQICH.
Barcha kichik gurunlar o`z ishlarini tugatgach, o`qituvchi harakatlar bo`yicha to`g`ri javobni beradi, o`quvchilardan tarqatilgan qog`ozdan “RIGHT ANSWER” bo`limini topishni va unga o`qituvchi tomonidan aytilgan harakatlar ketma-ketligining raqamlarini yozishni so`raydi.
V-BOSQICH.
O`qituvchi “RIGHT ANSWER” bo`limida berilgan raqamlarni (yoki aksincha), kattadan-kichikni ayirgan holda “ONE`S MISTAKE” bo`limiga chiqqan farqni yozishni so`raydi. “ONE`S MARK” bo`limidagi sonlarni yuqoridan pastga qarab qo`shib chiqib umumiysini hisoblashlari kerakligini uqtiradi.
VI-BOSQICH.
-Xuddi shu tartibda “RIGHT ANSWER” va “GROUP`S MARK” o`rtasidagi farq kattadan-kichikni ayirish orqali bajariladi, chiqarilgan farqlar soni “GROUP`S MISTAKE” bo`limiga yozilib, yuqoridan pastga qarab qo`shiladi va umumiy son keltirilb chiqariladi.
VII-BOSICH.
O`qituvchi one`s va group`s mistake ning umumiy soni bo`yicha tushuncha beradi, ularni alohida-alohida sharhlab beradi.
Izoh: Berilgan vazifa quyidagicha belgilanadi: Agar javoblar o`qituvchi tomonidan berilgan to`g`ri javobning yarmidan ko`piga to`g`ri kelgan bo`lsa, demak “qoniqarli”, 75% to`g`ri kelgan bo`lsa “yaxshi”, 100% bo`lsa “a`lo” deb baholanadi.
VIII-BOSQICH.
|
| |