|
Buterbrotlar, issiq ichimliklar va dasturxonga tortish
|
bet | 4/6 | Sana | 22.11.2023 | Hajmi | 9,52 Mb. | | #103511 |
Bog'liq Pazandachilik ishlarida qo’llaniladigan jixozlarOSHXONA ELEKTR JIXOZLARI.
Oshxona elektr asboblari -oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov beradigan (yuvadigan va boshqa to’g’raydigan, qaynatadigan), idish-tovoqlarni yuvadigan jihozlar. Oshxona elektr asboblarining individual va universal xillari bor.
Individual oshxona elektr asboblari: kofe maydalag’ich, kofe tegirmoni, kofe qaynatgich (3-rasm), mevalarning sharbatini olish mashinalari, aralashtirgich (mikser)lar, sabzavot keskichlar va boshqalar. Kofe maydalag’ichning ish qismi tishli disk va konusdan, kofe tegirmoniniki esa tez aylanuvchi (15-20 ayl/min) pichoqdan iborat. Mikser (aralashtirgich)lar sovuq ichimliklarni aralashtirish, sutli kokteyl, kremlar, hamir va boshqalar tayyorlashda ishlatiladi. Sabzavot keskichlar elektr yuritmali korpus, qabul qilgich ta’minlag’ich va almashtiriluvchi pichoqlardan iborat. Diskli va barabanlisi ko’p ishlatiladi. Disklisida yassi pichoqlar aylanuvchi diskka mahkamlanadi. Mahsulot shu pichoqlar orasidan o’tib kesiladi (4-rasm). Barabanlisida pichoqlar barabanga o’rnatiladi. Sabzavotlar passerlanadi, dimlanadi, bug’da pishiriladi (5-rasm).
Universal oshxona elektr asboblariga 12 tagacha ish mashinasini kiritish mumkin. Masalan, «Straume» mashinasi komplektiga go’sht qiymalag’ich, sabzavot keskich, hamir qorgich, mikser, kofe tegirmoni va boshqalar kiradi. Maksimal quvvati - 400 vt. Idish-tovoq yuvish mashinalar ko’rinishi, avtomatlashganlik darajasi va issiq suv tayyorlay olish olmasligi bilan bir-biridan farq qiladi. Ba’zi mashinalarda yuviladigan idish-tovoqlar bir joyda turadi, aylanadigan soplo ularga suv purkaydi, boshqalarida, aksincha, idish-tovoq harakatlanib turadi, soplo bir joyda turib suv purkaydi.
OVQAT PISHIRISH QOZONLARI.
Ochiq qozonlar bir-biridan sig’imi, bug’ g’ilofidagi bug’ning yo’l qo’yiladigan ish bosimi va ovqat pishirish qozonining staninaga mahkamlanish usuli bilan farq qiladi. Ochiq qozonlarning sig’imi 20 dan 200 l gacha. Sig’imi 20, 40 va 60 l bo’lgan kichik litrajli qozonlarni, ba’zan, «sous qozonlari» deb ataladi. Umumiy ovqatlanish korxonalarida foydalaniladigan qozonlar bug’ g’ilofidagi bug’ning 0,5 ati dan oshmaydigan bosimiga mo’ljallangan. Qozonlarning staninaga mahkamlanish usuliga ko’ra, to’ntariladigan va to’ntarilmaydigan qozonlar bo’ladi.
PPsh-60 (PK-60) va PPsh-40 (PK-40) bug’ bilan ovqat pishirish qozonlari. Sig’imi 60 va 40 l bo’lgan bunday qozonlarni Yaroslav savdo mashinasozligi zavodi ishlab chiqaradi. PPsh-60 (PK-40) bug’ bilan ovqat pishirish qozoni (6-rasm) zanglamaydigan list po’latdan tayyorlangan sferik tubli, silindrik shaklli ichki idish-pishirish qozoni 1 dan hamda issiqlik izolyasiyasi qatlami qoplangan 3 va metall kojux 4 yopishtirilgan tashqi korpus (qozon) 2 dan iborat. Ichki idish bilan tashqi korpus orasidagi berk bo’shliq qozonning bug’ g’ilofi 5 hisoblanadi. Bug’ g’ilofiga bosimi 0,5 ati dan oshmaydigan bug’ keladi. Qozon vilkasimon quyma cho’yan stanina 6 ga chervyakli mexanizm 9 yordamida qozonning to’ntarilishini; ta’minlaydigan chap 7 va o’ng 8 sapfalar yordamida o’rnatilgan. Pishirish qozoni bemalol olinadigan qopqoq 10 bilan berkitiladi. Qozon quyish qurilmasi (burish krani) 12 bo’lgan sovuq suv bilan ta’minlash truboprovodi 11 orqali sovuq suv bilan to’ldiriladi. Qozonga sovuq suvning kelishi ventil 13 yordamida boshqarib turiladi. Bug’ o’ng sapfa orqali bug’ trubasi 14 dan bug’ g’ilofiga, kondensat esa kondensat olib ketkich orqali kondensat trubasi 15 ga tushadi. Bug’ bilan ovqat pishirish qozonini xavfsiz ishlatish uchun unga kontrol-o’lchash armaturasi: bug’ berkitish ventili 16, qo’shaloq saqlash klapani 17, manometr 18, havo klapani 19, kondensat olib keskich va puflash; krani o’rnatilgan. Bug’ berkitish ventili bug’ trubasiga o’rnatilgan bo’lib, bug’ g’ilofiga bug’ning kelishini rostlab turishga imkon beradi. Armatura stoykasiga qo’shaloq saqlash klapani va bug’ g’ilofidagi bug’ bosimini ko’rsatuvchi manometr o’rnatilgan. Kondensat olib ketkich bug’ g’ilofi tubi bilan yopishtirilgan kojux tubi orasidagi bo’shliqqa joylashtirilgan, u kondensatning o’z-o’zidan uzluksiz olib ketilishini va g’ilofda o’chma bug’ning tutib qolinishini ta’minlaydi.
Puflash krani kondensat olib ketkich bilan birga o’rnatilgan va bug’ g’ilofining puflab tozalab turilishini hamda qozonni ishga tushirish oldidan kondensatning chiqarib yuborilishini, shuningdek, kondensat olib ketkichning ishini tekshirib turishni ta’minlaydi. Qozon ishlab turgan paytda kran berk bo’lishi lozim, aks holda bug’ ortiqcha sarf bo’ladi va ovqat kech pishadi. Qozon staninaning stoyka 1 si ga o’rnatilgan chervyakli mexanizm (14-rasm) yordamida to’ntariladi. yoki ochiq yotqizilishi mumkin.
2-BOB.PAZANDACHILIK ISHLARINI O’QITISHDA PEDAGOGIK VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARINI QO’LLASH METODIKASI
Talabalarda maktab o’qituvchisining yillik ish rejasiga asoslangan holda
texnologiya ta'limi darslarini va umumiy o‘rta ta’lim maktab o’quvchilari bilan tarbiyaviy ishlami olib borish malakasini shakllantirish. Ta'lim – tarbiyaviy ishlami asosiy shakllari (dars, amaliy mashg’lot, ekskursiya va boshqalar) ni amaliyotga tadbiq qilishni o’rgatish. Talabalarda umumiy o‘rta ta’lim maktab o’quvchilarini o’rganish ko’nikmalarini shakllantirish. Ta'limning zamonaviy pedagogik texnologiyalarini va metodlarini qo’Ilab darslami (mashg'ulot) o’tishni o’rgatish. Pedagogik amaliyotni o’tashda talabalar umumiy pedagogika, umumiy psixologiya, kasb hunarga yo’naltirish, uy -ro‘zg‘or asoslari, texnologiya ta’limi praktikumi, texnik ijodkorlik va dizayn, xalq hunarmandchiligi, elektrotexnika robototexnika va elektronika, materialshunoslik, texnologiya va dizayn, servis xizmati, qishloq xo'jaligi asoslari, texnologiya ta’limi o’qitish metodikasi fanlaridan egallagan bilimlariga tayanadi.
Pedagogik amaliyotning maqsadi va vazifalari. Pedagogik amaliyot turlari:
passiv, aktiv, tanishuv va uzluksiz shaklari orqali umumiy o‘rta ta’lim maktablari
bilan tanishish, o’quv muassasasi rahbarlarining ishlarini, o’quv-tarbiyaviy ishlarini o’rganish, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida darsdan va sinfdan tashqari
ishlami o’rganish. Pedagogik amaliyot jarayonida tayyorlanadigan hujjatlar:
amaliyotchi talabaning shaxsiy ish rejasi, ko’rgazmali qurollar tayyorlashni amalda sinab ko’rish. Texnologiya ta’limi o’qituvchisi va sinf rahbarlari olib boradigan kasbga yo’naltirish ishlari metodlari bilan tanishish hamda ulami o’rganish. Pedagogik amaliyot yuzasidan hisobot tuzish, hujjallarni tayyorlash va topshirish.
|
| |