Talabalar qanday ovqatlanishadi?




Download 10,86 Mb.
bet4/5
Sana24.05.2024
Hajmi10,86 Mb.
#252929
1   2   3   4   5
Bog'liq
BUXDTI 281

Talabalar qanday ovqatlanishadi?

Bir kuni bir talaba yo‘lda ketayotib, hushidan ketibdi. Odamlar yugurib kelib, atrofini o‘rab olishibdi va suv keltiringlar deyishibdi. Shunda talaba ko‘zini ochib: non ham, debdi.

Xalq orasida keng tarqalgan bu latifa bir qarashda kulgili tuyiladi, lekin aslida u talabalar hayotidagi «haqiqat»ni ko‘rsatib bermoqda. Negaki, talabaning qorni «doimo och» deb qaraladi. Tan olish kerak: stipendiya bir oy yashashga yetmaydi, ko‘pchilik talabalar ham o‘qib, ham ishlaydi. Ish, o‘qish, undan tashqari boshqa yumushlarga 24 soatning o‘zi kamlik qiladi. Talabaning to‘yib va to‘g‘ri ovqatlanishiga bu omillar, albatta, to‘sqinlik qiladi.Lekin shuni ham unutmaslik kerakki, miyaning qay darajada ishlashi sog‘lom ovqatlanishga hamda uyquning me’yorda bo‘lishiga bog‘liq.

Ba’zilarining esa sharoiti og‘ir, stipendiya olishmaydi, uydan ham kam pul keladi. Natijada to‘yimli va kuchli ovqatlardan sotib olisholmaydi. Rolton, perashki, nari borsa somsa bilan “kun o‘tkazishadi”. Yana ba’zilar esa sharoiti yaxshi bo‘lsa-da, ovqat qilishga erinib, fast-food buyurtma qilishadi.

Darsni o‘zlashtirish va ovqatlanish tartibi orasida bog‘liqlik aniqlangan: agar talaba och qorin bilan darsga kelsa, ularda o‘quv mashg‘ulotlarini o‘zlashtirish sustlashadi. Qator ilmiy kuzatuvlarga ko‘ra, qoniqarli bahoga o‘qiydigan talabalarning 60 % ikki, yaxshi bahoga o‘qiydiganlarning 80 % uch martalik ovqatlanish tartibiga rioya qilishgan.

Darsni o‘zlashtirish va ovqatlanish tartibi orasida bog‘liqlik aniqlangan: agar talaba och qorin bilan darsga kelsa, ularda o‘quv mashg‘ulotlarini o‘zlashtirish sustlashadi. Qator ilmiy kuzatuvlarga ko‘ra, qoniqarli bahoga o‘qiydigan talabalarning 60 % ikki, yaxshi bahoga o‘qiydiganlarning 80 % uch martalik ovqatlanish tartibiga rioya qilishgan.

Texnika yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarda yuklamalar asosan hisob — kitob, chizma jadvallarni bajarish jarayonida zo‘riqish ko‘proq ko‘rish tizimiga tushadi.

Talabaning ovqatlanish madaniyatiga rioya etishining eng oddiy usuli, bu o‘z vaznini nazorat qilib turishidir. Vaznning ortiqchaligi yoki yetishmovchiligi asosiy salomatlik ko‘rsatkichi hisoblanadi.


Talabalar ovqatlanishni muvofiqlashtirishda quyidagi tavsiyalarga amal qilishlari lozim:
Ovqat ratsionida sifatli tabiiy mahsulotlar, ya’ni yangi sabzavot va mevalar, sut va baliq bo‘lishi kerak;
Ovqat ratsionini tuzishda talabalar organizmining o‘ziga xos xususiyatlari va yashash sharoiti hisobga olinishi zarur. Kunda to‘rt marta ovqatlanish maqsadga muvofiq va kunlik iste’molning 25 % nonushta, 35 – 40 % tushlik, 10 – 15 % tolma choy va 25 % – kechki ovqat bo‘lishi kerak. Ovqatlar xilma — xil bo‘lishi va kunning ma’lum bir vaqtida ovqatlanish zarur. Kechki ovqatlanish uyqudan 2 — 3 soat oldin bo‘lishi kerak. Sharbat, konfet, olma – bular alohida (qo‘shimcha) ovqatlanish turi hisoblanadi;
Ovqat ratsionini ozuqaviy va biologik qiymati yuqori bo‘lgan mahsulotlar (vitaminlar, mineral moddalar, kalsiy, temir, yod, rux, yarim to‘yinmagan yog‘ kislotalari va ovqat tolalari bilan boyitish) bilan tashkil qilish. Oqsilli ovqatlar (qoramol, tovuq, baliq go‘shtlari, tuxum, pishloq) ratsionda bir marotabadan kam bo‘lmasligi kerak;
Haftada 1 — 2 kun ko‘p miqdorda ko‘katlar, sabzavotlar va mevalar iste’mol qilib vegetarian kuni deb e’lon qilish maqsadga muvofiq. Kunlik ovqat tarkibida kamida bir marotaba ho‘l meva va sabzavotlar (karam, lavlagi va sabzi), sabzavotli ovqatlar (salatlar, bo‘tqalar, sharbatlar va boshqalar) olma, yong‘oqlar bo‘lishi talab etiladi;
Yog‘li go‘sht tanovvul qilganda, albatta hazm qilishni yaxshilaydigan salatlar, ayniqsa ko‘katlar iste’mol qilish kerak. Shakar va tuzni iste’moli meyor darajasidan oshmasligi lozim. Shakarni asal, quritilgan hurmo yoki magizga almashtirish mumkin;
Asab tizimini barqarorlashtiruvchi va aql — idrokni teranlashtiruvchi quyidagi mahsulotlar — sabzi, qalampir, karam, limon, gilos, yong‘oq, zira, piyoz va baliq yog‘i kabilar tavsiya qilinadi.
Ichak tizimi yaxshi ishlashi uchun ratsionga ko‘p miqdorda ovqat tolalarini (kepakli non, pechenyelarning maxsus turlari, bug‘doy kepagi qo‘shilgan sho‘rvalar, salatlar, qatiq va boshqalar) tutuvchi mahsulotlar qo‘shiladi;
Keywords
Keywords
Yoshlar organizmida hali shakllanib ulgurmagan fiziologik jarayonlar mavjud, bu birinchi navbatda neyrogumoral tizimi bo‘lib, ular ovqat ratsioni muvozanati buzilishiga sezgir bo‘lishadi. Qishloq joylaridan katta shaharlarga kelib ta’lim oluvchilar ovqat tarkibining o‘zgarishi ular organizmiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bunga sabab qishloqda ovqat ratsioni tarkibida ko‘proq o‘simlik mahsulotlari mavjud. Unda kolbasa, oliy navli un mahsulotlarining ko‘payishi ichak harakati susayishiga va qabziyatga olib keladi. Ko‘p talabalar o‘qish davrida ovqatlanish tartibini buzishi oqibatida ularda
Download 10,86 Mb.
1   2   3   4   5




Download 10,86 Mb.