|
Bozor iqtisodiyotini rivojlantirishda raqobatning roli
|
bet | 10/13 | Sana | 01.06.2024 | Hajmi | 73,42 Kb. | | #259047 |
Bog'liq ..MONOPOL RAQOBATLASHGAN BOZOR, UNING AFZALLIKLARI VA KAMCHILIKLARI3. Bozor iqtisodiyotini rivojlantirishda raqobatning roli
«Monopoliya» atamasining kelib chiqishi bozorga oid tushunchalar, grekcha «monos»- yagona, bitta va «poleo»-sotamandan tarkib topsada, biroq uning iqtisodiy asoslari aslida ishlab chiqarishga borib taqaladi. Monopoliya-monopol yuqori narxlarni o‘rnatish hamda monopol yuqori foyda olish maqsadida tarmoqlar, bozorlar va yaxlit makroiqtisodiyot ustidan hukmronlikni amalga oshiruvchi yirik korxonalar, kompaniya, korporatsiyalarning birlashmalari. Monopoliyalar vujudga kelishining moddiy asosi ishlab chiqarishning to‘planishi hisoblanadi. Ishlab chiqarishning to‘planishi ishlab chiqarish vositalari, ishchi kuchi hamda mahsulot ishlab chiqarish hajmining yirik korxonalarda to‘planishini namoyon etadi. Ishlab chiqarish to‘planishining asosiy sababi bo‘lib olinayotgan foyda hajmining ko‘payishi hisoblanadi. Foydani muntazam ravishda ko‘paytirib borish maqsadida tadbirkor olingan qo‘shimcha mahsulot foydaning bir qismini kapitallashtiradi, ya’ni unga qo‘shimcha ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi sotib oladi. Bu esa ba’zi bir korxonalarning o‘sishi hamda ishlab chiqarish miqyoslarining kengayishiga olib keladi. Shu bilan birga raqobat amaldagi kapitallarning ixtiyoriy yoki majburiy birlashtirish, markazlashtirish tendensiyasini keltirib chiqaradi. Shunday qilib, ishlab chiqarish to‘planishining moddiy asosi bo‘lib kapitalning to‘planishi va markazlashuvi hisoblanadi. Kapitalning to‘planishi-bu qo‘shimcha qiymatning bir qismini jamg‘arish yoki kapitallashtirish natijasida kapital hajmining oshishidir. Bu jarayon quyidagi ko‘rsatkichlar orqali tavsiflanadi: korxonadagi ishlovchilar soni, korxonaning ishlab chiqarish quvvati, qayta ishlanayotgan xom ashyo miqdori, tovar aylanmasi hajmi, foyda hajmi. Kapitalning to‘planishi kapitalning markazlashuvi jarayoni bilan yanada to‘ldiriladi. Kapitalning markazlashuvi-bu bir kapital tomonidan boshqa birining qo‘shib olinishi yoki bir qancha mustaqil kapitallarning aktsiyadorlik jamiyati shaklida ixtiyoriy birlashishi orqali kapital hajmining o‘sishidir. Monopoliyalarning mohiyatini ochib berishda uning turlarini ko‘rib chiqish muhim ahamiyat kasb etadi. Monopoliyalarning turlarini bir necha mezonlarga ko‘ra ajratish mumkin.
Bozorni qamrab olish darajasiga ko‘ra: sof monopoliya, oligopoliya va monopsoniya. Sof monopoliya-tarmoqdagi yagona ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining narx va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi yakkahukmronlik holati hisoblanadi. O‘zbekistonda sof monopoliyalar sifatida «O‘zbekiston havo yo‘llari» AJ, «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ misol keltirish mumkin. Darhaqiqat, ular o‘z tarmoqlaridagi tegishli faoliyatlarning yagona ishlab chiqaruvchisi hisoblanadilar. Shuningdek, ba’zi hollarda tarmoqdagi monopolist ishlab chiqaruvchilar sonining ko‘payib borishi monopolistik raqobat holatining vujudga kelishiga sabab bo‘ladi. Monopolistik raqobat-tarmoqdagi ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar soni ko‘p hamda ular o‘rtasida ma’lum darajada raqobat mavjud bo‘lgan, biroq har bir ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchi o‘z tovar yoki xizmatining alohida, maxsus xususiyatlari mavjudligi sababli ularning narxi va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi ma’lum darajada hukmronlik holati hisoblanadi. Bunga misol tariqasida ko‘plab mebel, kiyim-kechak turlari, kir yuvish vositalari va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaruvchilarini keltirish mumkin. Oligopoliya-tarmoqdagi bir necha yirik ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining narx va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi hukmronlik holati hisoblanadi. Oligopolist-ishlab chiqaruvchilarga O‘zbekistonda sement (asosan Bekobod, Quvasoy, Ohangaron, Navoiy shaharlarida joylashgan), ko‘mir (Angren shahri, Surxondaryo viloyatining Sariosiyo (Sharg‘un) va Boysun (To‘da) tumanlarida joylashgan) ishlab chiqarishni misol keltirish mumkin. Monopsoniya-tarmoqdagi ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar soni juda ko‘p bo‘lib, ular tovar yoki xizmatlarining yagona iste’molchisi yoki xaridori mavjud bo‘lgan sharoitdagi yakkahukmronlik holati hisoblanadi. Bunga «GM Uzbekistan» kompaniyasi yaqqol misol bo‘la oladi. Mazkur yirik korxona mamlakatimizdagi yengil avtomobillarni ishlab chiqarishda zarur bo‘lgan ko‘plab ehtiyot va butlovchi qismlarni ularning nisbatan mayda ishlab chiqaruvchilaridan sotib olishda yakkahukmronlik mavqeiga ega bo‘ladi.
Monopoliyaning vujudga kelishi sababi va tavsifiga ko‘ra: tabiiy monopoliya, qonuniy monopoliya, sun’iy monopoliya. Tabiiy monopoliya tarkibiga kamyob va ishlab chiqarishning erkin tarzda takror hosil qilib bo‘lmaydigan unsurlariga (nodir metallar, foydali qazilmalar va h.k.) ega bo‘lgan mulkdorlar va xo‘jalik tashkilotlari kiradi. Shuningdek, mazkur monopoliya tarkibiga o‘ziga xos texnologiyaning qo‘llanishi sababli raqobatni rivojlantirib bo‘lmaydigan ba’zi bir tarmoqlar va ishlab chiqarish turlari ham kiritiladi. Tabiiy monopoliya-korxonaning texnologik xususiyatlari sababli mahsulotga bo‘lgan talabni qondirish raqobat mavjud bo‘lmagan sharoitda samaraliroq amalga oshiriluvchi tovar bozorining holati. Bunday samaradorlik ishlab chiqarish hajmining ko‘payib borishi bilan tovar birligiga to‘g‘ri keluvchi xo‘jalik xarajatlarining ahamiyatli darajada pasayib borishida namoyon bo‘ladi. Shu bilan birga, tabiiy monopoliya sub’yektlari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar iste’molini boshqa turdagi mahsulotlar bilan almashtirib bo‘lmaydi. Qonuniy monopoliya-bu qonuniy tarzda tashkil etiluvchi monopolistik holat. Ular tarkibiga raqobatdan himoya qiluvchi quyidagi monopoliya shakllarini kiritish mumkin:
patent tizimi-bu ixtirochi va mualliflar tomonidan yaratilgan ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalarini tasdiqlovchi hamda ularga mutloq huquqni taqdim etish tizimi. Bu jarayon maxsus guvohnomalar-patentlar orqali amalga oshiriladi;
mualliflik huquqi-ilmiy, badiiy va san’at asarlari, ijro san’ati fonogrammalari, ko‘rsatuvlar, efir to‘lqini yoki kabel orqali tasvir uzatish kabilarni yaratish va ulardan foydalanish munosabatlarini qonuniy tarzda tartibga solish shakli. Mualliflik huquqi faqat mualliflar tomonidan o‘z mahsulotlarini ma’lum vaqtga yoki butunlay sotish, ulardan nusxa olish va ko‘paytirishga ruxsat berish imkonini ta’minlaydi;
tovar belgilari-bu savdo belgilari, nishonlari, maxsus ramzlari, nomi va boshqalarni ro‘yxatga olish, huquqiy jihatdan himoya qilish va ulardan foydalanish bo‘yicha paydo bo‘lgan munosabatlarni qonuniy tarzda tartibga solish shakli. Sun’iy monopoliya-monopol foyda olish maqsadida tashkil etiluvchi birlashmalarning shartli, tabiiy monopoliyalardan ajratib turish uchun nomi. Sun’iy monopoliya o‘z manfaatlari yo‘lida bozor muhiti tuzilishini ataylab o‘zgartiradi, ya’ni: - bozorga yangi raqiblarning kirib kelishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun turli to‘siqlar hosil qiladi (xom ashyo va energiya manbalarini egallab oladi; banklarning yangi korxonalarga kredit berishini taqiqlashga harakat qiladi va boshqalar); - ishlab chiqarishning eng yuksak darajadagi texnologiyasiga erishib, qolgan raqiblarini bu darajaga chiqishiga imkon bermaydi; - ishlab chiqarish miqyosi samarasidan unumliroq foydalanish imkonini beruvchi nisbatan yirik hajmdagi kapitalni qo‘llaydi; - o‘z faoliyatini yuqori darajada reklama qilish orqali boshqa raqobatchilarni bozordan siqib chiqarishga harakat qiladi. Sun’iy monopoliyalar kartel, sindikat, trest, konsortsium, kontsern kabi aniq shakllarda namoyon bo‘ladi. Kartel-bitta sanoat tarmog‘idagi bir necha korxonalarning uyushmasi bo‘lib, uning ishtirokchilari ishlab chiqarish vositalari va mahsulotlariga o‘z mulkiy egaligini saqlab qoladi, yaratilgan mahsulotlarni sotish esa kvota, ya’ni mahsulot ishlab chiqarish umumiy hajmidagi har bir ishtirokchining ulushi, sotish narxlari, bozorlarning bo‘lib olinishi va h.k. bo‘yicha kelishuv asosida amalga oshiriladi. Sindikat-bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi bir necha korxonalarning birlashmasi. Bunda ishlab chiqarish vositalariga mulkchilik birlashma ishtirokchilarining o‘zida saqlanib qolgani holda, ular tomonilan ishlab chiqarilgan mahsulot maxsus tashkil etilgan yagona sotish tashkiloti orqali amalga oshiriladi. Trest-ishlab chiqarish vositalari va tayyor mahsulotga birgalikdagi mulkiy egalikni ta’minlovchi ishlab chiqaruvchilarning yuridik shaxs ko‘rinishidagi birlashmasi. Konsortsium-tadbirkorlarning yirik moliyaviy operatsiyalarini birgalikda amalga oshirish maqsadida birlashuvi (masalan, yirik miqyosli loyihalarga juda katta miqdorda va uzoq muddatli kredit berish yoki investitsiyalar qo‘yish). Kontsern-rasmiy jihatdan mustaqil bo‘lgan, ko‘p tarmoqli korxonalarning (sanoat, savdo, transport va bank kabi turli soha korxonalari) majmuini o‘z ichiga oluvchi birlashma. Odatda bunday birlashma ma’lum ishlab chiqarish faoliyatini bosqichma-bosqich ravishda amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan turli soha korxona va tashkilotlaridan tuziladi. Bunda bosh tashkilot qolgan ishtirokchilar faoliyati ustidan moliyaviy nazorat olib boradi. Hozirda sun’iy monopoliyalarning sanab o‘tilgan shakllari orasida konsernlar keng tarqalgan. Monopoliyaning iqtisodiy taraqqiyotga ta’sir qiluvchi ijobiy va salbiy tomoni mavjud. Uning ijobiy tomoni asosan quyidagi ikkita jihat orqali namoyon bo‘ladi:
1) monopoliya ma’lum tarmoqlarda nisbatan samarali amal qiladi va xarajatlarning tejalishiga olib keladi;
2) monopolist bo‘lmagan, mayda, raqobatlashuvchi soha korxonalariga nisbatan monopolistik korxonalarda ishlab chiqarishga ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlarini joriy etish uchun ko‘proq rag‘bat va imkoniyat mavjud bo‘ladi. Monopoliyaning salbiy tomoni sifatida quyidagi jixatlarni ko‘rsatish mumkin:
- resurslarning oqilona taqsimlanmasligi;
- daromadlardagi tengsizlikning kuchayishi;
- iqtisodiy turg‘unlik va fan-texnika taraqqiyotining sekinlashuvi;
- iqtisodiyotda demokratik harakatlarning to‘sib qo‘yilishi.
Bundan ko‘rinadiki, monopolistik faoliyat iqtisodiy rivojlanishiga ancha jiddiy ta’sir ko‘rsatishi, taraqqiyot yo‘liga g‘ov bo‘lishi ham mumkin. Shunga ko‘ra, bugungi kunda deyarli barcha mamlakatlar iqtisodiyotida monopoliyalarni davlat tomonidan tartibga solish choratadbirlari qo‘llanilib, bu monopoliyaga qarshi siyosat deb ataladi. Davlatning monopoliyaga qarshi siyosati asosini monopoliyaga qarshi qonunchilik tashkil etib, u turli mamlakatlarda turli darajada rivojlangan bo‘ladi. Odatda AQSHdagi monopoliyaga qarshi qonunchilik nisbatan ilgariroq va mukammalroq ishlab chiqilgan, deb hisoblanadi. U quyidagi uchta qonunchilik hujjatlariga asoslanadi. 1. Sherman qonuni (1890 yilda qabul qilingan). Bu qonun savdoni yashirin monopollashtirish, u yoki bu tarmoqdagi yakka nazoratni qo‘lga olish, narxlar bo‘yicha kelishuvlarni taqiqlaydi. 2. Kleyton qonuni (1914 yilda qabul qilingan). Bu qonun mahsulot sotish sohasidagi cheklovchi faoliyatlarni, narx bo‘yicha kamsitish, ma’lum ko‘rinishdagi birlashib ketishlar, o‘zaro bog‘lanib ketuvchi direktoratlar va boshqalarni taqiqlaydi. 3. Robinson-Petmen qonuni (1936 yilda qabul qilingan). Bu qonun savdo sohasidagi cheklovchi faoliyatlar, narxlar qaychisi, narx bo‘yicha kamsitishlar va boshqalarni taqiqlaydi. 1950 yilda Kleyton qonuniga Seller-Kefover tuzatishi kiritildi. Unda noqonuniy birlashib ketishlar tushunchasiga aniqlik kiritilib, aktivlarni sotib olish orqali birlashib ketish taqiqlandi. Agar Kleyton qonuni yirik korxonalarning gorizontal ravishdagi birlashib ketishlariga to‘siq qo‘ygan bo‘lsa, Seller-Kefover tuzatishi vertikal ravishdagi birlashib ketishlarga cheklov kiritdi.
|
| |