|
O‘zbekistonda raqobat muhitini shakllantirish bo‘yicha chora-tadbirlar va monopoliyaga qarshi qonunchilik
|
bet | 11/13 | Sana | 01.06.2024 | Hajmi | 73,42 Kb. | | #259047 |
Bog'liq ..MONOPOL RAQOBATLASHGAN BOZOR, UNING AFZALLIKLARI VA KAMCHILIKLARI4. O‘zbekistonda raqobat muhitini shakllantirish bo‘yicha chora-tadbirlar va monopoliyaga qarshi qonunchilik
Raqobatning amal qilishi ma’lum shart-sharoitlar mavjud bo‘lishini taqozo qiladi. Bu shart-sharoitlar faqat bozor munosabatlari qaror topgan muhitda bo‘lishi mumkin. Shunday ekan, bozor iqtisodiyotini yuzaga keltirish ayni vaqtda raqobatchilik muhitining shakllanishini bildiradi. Bozor munosabatlari rivojlangan mamlakatlarda raqobatchilik muhiti uzoq davr davomida, o‘z-o‘zidan, evolyusion yo‘l bilan vujudga kelgan. Bu asta-sekin erkin raqobat muhitini keltirib chiqargan. Iqtisodiyotda monopollashuv prinsiplari kuchayib borishi bilan raqobat cheklanadi, shu sababli raqobatchilik muhitini vujudga keltirishda davlat ham qatnashadi. Bu esa, yuqorida ta’kidlanganidek, davlatning monopoliyalarga qarshi siyosatida o‘z aksini topadi. Har bir mamlakatdagi aniq vaziyat, ya’ni iqtisodiyotning monopollashuv darajasi uning miqyosi va tavsifiga qarab, bu siyosat erkin raqobat muhitini yangidan yaratish, uni saqlab qolish, zarur bo‘lganda qaytadan tiklash, raqobat usullarini qaror toptirish kabilarga qaratiladi. Ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotidan bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan mamlakatlarda, shu jumladan, bizning respublikada sog‘lom raqobatga shart-sharoit hozirlash, iqtisodiy sub’yektlar mustaqilligini kengaytirish orqali ularni raqobatchilikka jalb qilish iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarning muhim jihatlari hisoblanadi.
Bugungi kunda O‘zbekistonda ham uyushmalar, konsernlar, korporatsiyalar, kompaniyalar shaklidagi monopoliyalar saqlanib qolgan bo‘lib, ular ko‘pincha tarmoq vazirliklari mavqe va vazifalariga ega bo‘ladilar. Mahsulot va xom ashyolarning alohida turlarini limit va fond ko‘rinishida taqsimlashning eskicha tizimi, shuningdek, biznesni amalga oshirish uchun ruxsat, litsenziya, sertifikatlar berish, kelishish kabi mavjud ma’muriy to‘siqlar monopolistik tendensiyalarga ko‘proq imkon yaratadi. Shunday qilib, O‘zbekistonda raqobatchilik muhitini vujudga keltirishning asosiy yo‘li, bu raqobatni inkor qiluvchi davlat monopoliyasidan nodavlat, turli xo‘jalik shakllarining mavjudligiga asoslangan va iloji boricha erkin raqobatni taqozo etuvchi bozor tizimiga o‘tishdir. Bu yerda raqobatchilik munosabatlarini shakllantirish, avvalo, mustaqil erkin tovar ishlab chiqaruvchilarning paydo bo‘lishini taqozo qiladi, chunki raqobatning asosiy sharti alohidalashgan, mulkiy mas’uliyat asosida o‘z manfaatiga ega bo‘lgan va tadbirkorlik tahlikasini zimmasiga oluvchi erkin xo‘jalik sub’yektlarining mavjudligi, ularning bozor orqali aloqa qilishidir. Shu maqsadda O‘zbekistonda «Monopol faoliyatni cheklash to‘g‘risida»gi qonun (1992 yil, avgust) kuchga kiritildi hamda uning asosida raqobatchilikni rivojlantirishga qaratilgan bir turkum me’yoriy hujjatlar ishlab chiqildi. Mazkur qonunga ko‘ra, bozorda ataylab taqchillik hosil qilish, narxlarni monopollashtirish, raqobatchilarning bozorga kirib borishiga to‘sqinlik qilish, raqobatning g‘irrom usullarini qo‘llash man etiladi. Qonunni buzuvchilar raqibiga yetkazgan zararni qoplashlari, jarima to‘lashlari, g‘irromlik bilan olgan foydadan mahrum etilishlari shart. Iqtisodiyot va monopoliyaga qarshi amaliyot sohasidagi ahamiyatli o‘zgarishlar tegishli qonunchilik bazasini yanada takomillashtirishni taqozo etdi. Shunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 1996 yil 27 dekabrda «Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to‘g‘risida»gi yangi qonun qabul qilindi. Ushbu qonun monopolistik faoliyat va g‘irrom raqobatning oldini olish, uni cheklash, to‘xtatishning tashkiliy va huquqiy asoslari belgilab berib, respublikaning tovar bozorlarida raqobat munosabatlarini shakllantirish va samarali amal qilishga qaratilgan. Shuningdek, qonunda asosan ikkita muhim yo‘nalish, ya’ni birinchidan, monopoliyaga qarshi taribga solishning prinsipial yangi ko‘rinishi bo‘lib, u mavjud va saqlanib qolgan monopolistlar tomonidan bozorda hukmronlik mavqeini suiste’mol qilishning oldini olish va unga barham berishni ko‘zda tutsa, ikkinchidan, eng asosiy muhim masalalardan bo‘lib hisoblangan monopoliyadan chiqarish va sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish ekanligi belgilab qo‘yilgan. Monopoliyaga qarshi faol choralarni amalga oshirish uchun 1992 yilda O‘zbekistonda monopoliyaga qarshi bo‘linma Moliya vazirligining Monopoliyaga qarshi va narx siyosati bosh boshqarmasi sifatida tashkil etildi. Boshqarmaga ro‘yxatga kiritilgan monopoliya mavqeidagi korxonalar mahsuloti bo‘yicha narxlarni va rentabillikni tartibga solib turish huquqi berildi. 1996 yilda ushbu boshqarma negizida Moliya vazirligi huzuridagi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi tashkil qilindi. 2000 yilda Respublika Birinchi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni riojlantirish davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida»gi Farmoniga asosan monopoliyaga qarshi bo‘linma Moliya vazirligi tarkibidan chiqarildi va mustaqil davlat qo‘mitasiga aylantirildi. Keyinchalik mazkur qo‘mitaning faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2005 yil 30 apreldagi Farmoniga binoan mazkur qo‘mita Monopoliyadan chiqarish, raqobatni va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasiga aylantirildi. 2017 yil 18 aprelda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning PF-5016-sonli «O‘zbekiston Respublikasi xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida»gi Farmoni hamda PQ-2897-sonli «Xususiylashtirilgan korxonalar bilan ishlash samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qaroriga asosan Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tashkil etildi. Respublikada monopol mavqeiga ega bo‘lgan korxonalarni Davlat reestriga kiritish uchun mezonlar belgilashda jahon tajribasi hamda o‘tish davrining o‘ziga xos jihatlari hisobga olinadi. Respublikada agar korxona ishlab chiqargan muayyan mahsulotlar bozordagi shu turdagi mahsulotning 35% dan ortiq bo‘lsa, bu korxona monopolistik korxona sifatida Davlat reestriga kiritiladi. Oziq-ovqat tovarlari guruhi uchun bunday mezon darajasi 20% deb belgilangan. Respublikada monopoliyalar ro‘yxatiga kirgan korxona yoki tarmoqlarning bozordagi mavqeini tartibga solishda davlat bir qator usullardan foydalanadi. Bu usullardan ikkitasini ajratib ko‘rsatish lozim:
monopol mavqeidagi korxonalar mahsulotlariga narxlarning eng yuqori darajasini yoki rentabellikning chegarasini belgilab qo‘yish;
o‘z monopol mavqeini suiste’mol qilgan monopolistik birlashmalarni bo‘lib tashlash yoki maydalashtirish. Bu usul Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan Ob’yektlarning xo‘jalik yurituvchi jamiyatlar va shirkatlar tarkibidan chiqish tartibi to‘g‘risidagi Nizom” asosida amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida” gi qonuni asosida g‘irrom raqobatga, shu jumladan Respublika bozorlariga belgilangan talablarga javob bermaydigan tovarlarni chiqarishga yo‘l qo‘ymaydigan mexanizmni yaratishga ham alohida e’tibor beriladi. Tabiiy monopoliyalarni davlat yo‘li bilan tartibga solish, mahsulot va xizmatlariga narxlar va tariflar darajasini, shuningdek taklif etiladigan tovarlar va xizmatlar turiga doir asosiy ko‘rsatkichlarni belgilashni o‘z ichiga oladi. Respublikada raqobatchilik muhitini vujudga keltirishda amalga oshirilayotgan barcha ishlar bozor iqtisodiyotini tarkib toptirishga xizmat qiladi. Monopoliyaga qarshi qonunchilik davlatning monopoliyaga qarshi kurash siyosati demakdir. Monopoliyaga qarshi qonunchilik asosan, quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha shakllandi. Birinchidan, ishlab chiqarish (tarmoq)ni boshqaruvchi qonunlar. Bu qonunlarga binoan, odatda, hech bir korxona (korporatsiya)ning biror turdagi mahsulot ishlab chiqarishning yarmidan ko‘pini nazorat qilishga huquq berilmaydi. Ikkinchidan, barcha yirik korporatsiyalar ishtirokchilari boshqa korporatsiyalar aksiyalarining ma’lum cheklangan miqdoridan ortig‘iga ega bo‘la olmasligi belgilab qo‘yiladi. Uchinchidan, narxlarni bozor muvozanati belgilagan darajadan yuqori yoki past turishini, narx ustidan kelishib olishni ta’qiqlovchi kartellarga qarshi qonunlar joriy qilinadi. Bozorda monopoliyani o‘rnatishga urinishlar va monopol mavqeni suiste’mol qilishni taqiqdaydigan trestlarga qarshi birinchi qonun-Sherman qonuni AQShda 1890 yilda qabul qilingan.
Monopoliyaga qarshi qonunchilik va uni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan chora tadbirlar har bir mamlakatda sharoit taqozo etgan shakllarda amal qiladi. Bunda sog‘lom raqobat muhitini himoya qilish maqsadida turli ko‘rinishdagi, monopolistic foaliyatlar ustidan davlat tomonidan tartibga solish amalga oshiriladi. Kleyton qonuni - (1914 y) - istemolchilarni narx orqali qochirish, majburiy shartnomalar tuzish, raqobatni korxonalarning zaiflashuviga olib keluvchi aksiyalarni sotib olish ta’qiqlanishidan iborat. Seller -Kefaver qonuni - (1950 y) bu qonunda Kleyton qonuniga o‘zgartirish kiritilgan bo‘lib, unda nafaqat raqobatni korxonalarning zaiflashuviga olib keluvchi aksiyalarni, balki ishlab chiqarish vositalarini sotib olish ham ta’qiqlanadi. Monopoliyaga qarshi faoliyatni tartibga solishning asosiy yo‘nalishlari: - bozorning monopollashuvini cheklash; - raqobatchi kompaniyalar qo‘shilishini ta’qiqlash; - monopol narxlar belgilanishini ta’qiqlash; - raqobatni madaniylashgan tarzda olib borishni qo‘llab-quvvatlashdan iborat. Tartibga solinadigan narx o‘rtacha umumiy xarajatlarga teng bo‘lsa, monopolist hech qanday iqtisodiy foyda olmaydi. Iqtisodiy monopoliyalar-ishlab chiqarish va kapitalning to‘planishi hamda korxonalarning turli yo‘llar bilan birlashishi natijasida vujudga keladi. Masalan kartelni olaylik. Kartel bu - bir tarmoq korxonalarning ittifoqi bo‘lib, uning ishtirokchilari to‘liq iqtisodiy mustaqilligini saqlab qoladi, faqat ishlab chiqarish hajmi, sotish bozorlari va baholari to‘g‘risida kelishib oladilar. Yoki sindikatni olaylik. Sindikat - bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonlar birlashmasi bo‘lib, uning a’zolari ishlab chiqarish soxasida mustaqilligini saqlab qoladi, mahsulot esa sindikat mulki sifatida sotiladi. Qolaversa ishlab chiqarish vositalari va mahsulotga birgalikda egalik qiluvchi korxonalar guruhi bo`lib, foyda qo‘shilgan capital hajmiga qarab ham taqsimlanishi mumkin.
Tabiiy monopoliyada o‘rtacha umumiy xarajatlar kamaytirilib, marjinal xarajatga nisbatan o‘rtacha umumiy xarajat kamroq qilib belgilanadi. Shuning uchun, narx o‘rtacha umumiy qiymati quyida bo‘ladi va monopolist zarar ko‘radi. Tartibga solinadigan xarajatlar narx belgilashda monopolist tomonidan aniq hisob-kitob qilinmasa, u monopolist kam xarajat, ammo foyda ham ko‘rmaydi. Amalda, monopolistlar yuqori foyda olish maqsadida xarajatlar kamaytirib, chekli iqtisodiy xarajatlar ba’zi talablaridan amalda foydalanmay bu muammodan qutulishga harakat qiladi. Monopoliya bilan shugʻullanish uchun hukumat tomonidan ishlatiladigan uchinchi siyosat davlat mulk siyosati hisoblanadi. Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining qarori (19.04.2019 yilda 3155-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan Qonun hujjatlarining raqobatga ta’sirini baholash metodikasi tasdiqlandi. Raqobatga ta’sirni baholash chogʻida tovar va moliya bozorlarida raqobatni bevosita yoki bilvosita cheklaydigan holatlar aniqlanadi. Bunda baholash ikki хil usul asosida amalga oshiriladi: 1) «ex-ante» - qonunlar, Prezidentning, Oliy Majlis palatalarining, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Prezidentning farmonlari, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlari loyihalariga (bundan keyin - NHH loyihalari) nisbatan; 2) «ex-post» - amaldagi qonun hujjatlariga nisbatan. NHH loyihalarini baholash. Ushbu usulga koʻra, NHH loyihasi quyidagi oqibatlarning biriga olib kelgan yoki olib kelishi mumkin boʻlganda uning ta’siri raqobat uchun salbiy deb baholanadi: - tovar ishlab chiqaruvchi yoki хizmat koʻrsatuvchi хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning doirasi va sonini cheklasa; - yetkazib beruvchilarning oʻzaro raqobatlashish imkoniyatini chegaralasa yoki ularning bunga qiziqishini pasaytirsa; - iste’molchilar uchun kerakli aхborotni tanlash imkonini chegaralasa. NHH loyihalarida muayyan koʻrsatmalar mavjud boʻlsa, baholash uchun Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasiga (yuqori yuridik kuchga ega boʻlgan NHH) yoki uning hududiy boʻlinmalariga (mahalliy hokimiyat organlarining hujjatlari loyihalari) kiritiladi. Masalan: ruхsat berish хususiyatiga ega hujjatlar va litsenziyaning yangi turlarini joriy etish; bozor ishtirokchilarida ortiqcha хarajatlarga olib kelishi mumkin boʻlgan talablar yoki shartlarni kiritish; tabiiy monopoliya sub’yektlarining tovar (ish, хizmat)lari narхi (tarifi)ni, shuningdek boshqa tartibga solinadigan narх (tarif)ni oshirish va h.k. Jami 10 banddan iborat. Roʻyхat batafsil hisoblanadi. Baholash yakunlariga koʻra ikki nusхada хulosa tuziladi, bir nusхasi loyihani ishlab chiqqan tashkilotga yuboriladi, u uni koʻrib chiqishi shart. Olingan хulosa loyiha bilan birga huquqiy ekspertizadan oʻtkazishi uchun Adliya vazirligiga taqdim etiladi. Loyiha Oliy Majlis, Prezidentning Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasiga kiritilganda unga хulosa majburiy tartibda ilova qilinadi. Amaldagi hujjatlarni baholash. «Ex-post» usuli boʻyicha raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishini aniqlash yuzasidan amaldagi NHH yiliga kamida ikki marotaba хatlovdan oʻtkaziladi. Ular aniqlansa, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi va uning hududiy boʻlinmalari: - yuqori yuridik kuchga ega boʻlgan qonun hujjatlari yuzasidan - Prezident Administratsiyasi hamda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi; - vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, hokimliklarning qonun hujjatlari yuzasidan - qonun hujjatlari buzilish holatini bartaraf etish toʻgʻrisida taqdimnoma kiritadi. Baholashni oʻtkazishda rasmiy va norasmiy aхborotlardan foydalaniladi. Rasmiy aхborotlarga хalqaro shartnomalar, internetning rasmiy resurslari, vakolatli davlat organlarining statistik ma’lumot va hisobotlari, sud amaliyoti kiradi. Norasmiy ma’lumot Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasiga NNT hamda fuqarolar tomonidan kiritilgan murojaatlar, internetning norasmiy resurslari, tijorat ma’lumotlari, jamoatchilik orasida oʻtkaziladigan soʻrovnomalar yordamida olinishi mumkin.
|
| |