|
"Buxgalteriya hisobi va audit"
|
bet | 12/13 | Sana | 01.06.2024 | Hajmi | 73,42 Kb. | | #259047 |
Bog'liq ..MONOPOL RAQOBATLASHGAN BOZOR, UNING AFZALLIKLARI VA KAMCHILIKLARIXULOSA
Iqtisodiy rivojlanish uchun jamiyatda ishlab chiqaruvchilar uchun ma'lum bir sharosharoitlar yaratilib berilishi kerak, misol uchun; subsidiyalar, uzoq muddatli kredetlar,soliqlar to'lashda ma'lum bir yingilliklar bilan taminlab berilishi,hamda bu sohaga endigina qadam qo'yganlar uchun ma'lumotlar berilishi hamda kumak berib uni rivojlantirish kerak. Monopoliyani kamaytirish uchun esa davlatimiz tomonidan monopoliyaga qarshi kurashish tizimlarini yanada kuchaytirilishi, misol uchun ishlab chiqarish qilayotganlar faqatgina bitta viloyatda emas balki uning filiallarini ko'paytirish hamda to'liq bo'lmagan holda bozor iqtisodiyotiga davlatning aralashuvi (nazorati) bo'lishi kerak. Tabiiy monopoliyalarning ustunligi hamda monopoliyaga qarshi samarali tartibotlarni amalga oshirish, haqiqiy raqobat muhitini shakllantirish, korxonalarning va ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotning, umuman mamlakat iqtisodiyotining raqobatdoshligini oshirishni rag`batlantirish borasidagi tashkiliy va amaliy choratadbirlarni shakllantirish bilan bog`liq ko`pgina masalalar hamon hal etilmay qolmoqda.Shu jihatdan olganda O`zbekiston Respublikasining yaqinda qabul qilingan ―Raqobat to`g`risida‖gi qonunida nazarda tutilgan me‘yor va talablarni amalga oshirish bo`yicha aniq chora-tadbirlar ko`rilishi katta ahamiyat kasb etadi. Bunda tovar va moliya bozorlarida raqobatni cheklashga hamda ustunlik mavqeini suiiste‘mol qilishga olib keladigan xatti-harakatlarga yo`l qo`ymaslikka, shuningdek, nohalol raqobatni, tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning narxlarini sun‘iy ravishda oshirish yoki tushirib yuborishni taqiqlashga alohida e‘tibor qaratilishi lozim. Bu ishlarni faollashtirish uchun qilinayotgan sa‘y-harakatlarni jamlash, xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish bo`yicha ishlarning bajarilishini ta‘minlaydigan davlat institutlarini yanada mustahkamlash muhim ahamiyat kasb etadi.
FOYDALANISH UCHUN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
B.T. Salimov, M.T. Asqarova, I.A. Yakubov, M.S. Yusupov, G’.T. Yuldashev, H.A.Xakimov. Mikroiqtisodiyot. Makroiqtisodiyot. Darslik. –T.:2019, - 446 b.
Djumayev Z.A. Makroiqtisodiyot. O‘quv qo‘llanma. –T. «Inovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi», 2018. -300 b.
Kucharov A.S. Menejment . O‘quv qo‘llanma. T.:TDIU, 2019 y. -120 b.
Soatov N.M. Nabiyev X., Nabiyev D.X., Tillaxo‘jaeva G.N. Statistika. Darslik. - T.: TDIU, 2021. - 546 bet.
Soatov N.M. Tillaxo‘jaeva G.N. Statistika nazariyasi. Darslik. - T.: TDIU, 2005.-248 bet.
Abdullaev Yo. Statistika nazariyasi. Darslik. - T.: Ukituvchi, 2022. - 647b.
Ayubjonov A.X,., Soatov H.M., Nabiev X Statistika. Darslik - T: 2019, 814 bet
Bakieva I.A., Xo‘jaev H.S., Muxitdinova M.S., Fayziev SH.SH. “Mikroiqtisodiyot” o‘quv qo‘llanma. T: “O‘FMJN”, 2018.437 b.
Yo‘ldoshev N.Q., Nabokov V.I. Menejment nazariyasi. Darlik. T.TDIU, 2019.-433 b.
Qosimova D.S. “Menejment nazariyasi”. Darslik T.: TDIU, 2021-350 b.
SHarifxodjaev M. Menejment.Darslik.T.: O‘qituvchi, 2022.-464 b.
E.Ergashev., Bakieva I.A.,Fayziev SH.SH., SHermuxamedov B.U. “Mikroiqtisodiyot. Makroiqtisodiyot” Darslik. T: “Iqtisod-Moliya”, 2019. 629 b.
|
| |