-rаsm. Аxbоrоt mаdаniуаtini уuksаltirish chоrаlаri




Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/31
Sana05.09.2024
Hajmi0,67 Mb.
#270313
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   31
Bog'liq
nomozov xurshid shavkat ogli

 
1-rаsm. Аxbоrоt mаdаniуаtini уuksаltirish chоrаlаri 
Аxbоrоt mаdаniуаtini 
уuksаltirish chоrаlаri
Оqilоnа аxbоrоt 
еhtiуоjlаrini shаkllаrini 
shаkllаntirish.
Аxbоrоtlаrni izlаsh 
mаlаkаsini shаkllаntirish.
Аxbоrоtlаrning 
ishоnchliligini 
bаhоlаsh mаlаkаsini 
shаkllаntirish.
Аxbоrоtning tо‘liqligini 
bаhоlаsh mаlаsini 
shаkllаntirsh 
Аxbоrоtlаni tаhlil qilish 
mаlаkаsini shаkllаntirish
Shаxsiу аxbоrоt 
xаvfsizligini tа'minlаsh 
mаlаkаsini shаkllаntirish
Аxbоrоtlаrni 
tаnlаsh 
mаlаkаsini 
shаkllаntirish
https://buxdu.uz


19 
Tadqiqotchi fikriga ko‘ra, shaxs axborot madaniyatini yuksaltirish uchun eng 
avvalo uning oqilona axborot ehtiyojlarini shakllantirish zarur. Shaxs ma’naviy 
yuksalishga xizmat qiladigan axborot ehtiyojlariga ega bo‘lganidagina internet-
makon resurslaridan to‘g‘ri foydalana boshlaydi. Natijada internet-makon uning 
pozitiv ijtimoiylashuvini ta’minlovchi, unga insonparvar bilim, norma va 
qadriyatlarni yetkazuvchi manbaga aylanadi. Axborot ehtiyojlari oqilona xarakter 
kasb qilmas ekan, inson negativ axborotlar ta’siriga tushib qolaveradi. Shu boisdan 
axborot asrida uni olish manbalarini rivojlantirish bilan cheklanmasdan, jamiyat 
a’zolarida oqilona axborot ehtiyojlarini shakllantirish masalasiga ham jiddiy e’tibor 
berish kerak.
Tadqiqotda shaxs ijtimoiylashuvi jarayoniga virtual resurslarning salbiy ta’siri 
tobora oshayotgan bugungi vaziyatda avvalo, jamiyat a’zolarining internet-makonda 
axloqiy normalarga amal qilish malakasini shakllantirish zarurligi ham nazariy, ham 
amaliy jihatdan asoslab berilgan.
Keyingi yillarda internet-makonda g‘ayriinsoniy g‘oyalar va deviant xulq-atvor 
modellari targ‘ibotining kuchayib borayotgani, kiberjinoyatchilikning ildiz 
otayotgani, axloqsiz saytlarning ko‘payayotgani shaxsni o‘z axloqiy xavfsizligini 
ta’minlashga o‘rgatishni taqozo qilayapti. Jamiyat a’zosi axloqsiz xatti-harakatlarga 
undovchi material va chorlovlardan o‘zini himoya qila bilishi, axloqsizlik 
targ‘ibotchilarining yolg‘on ma’lumotlarini ilg‘ay olishi, turli tuhmat va 
haqoratlardan o‘zini ihotalashi lozim. Shuning uchun mamlakat faylasuflari va 
pedagoglarini jalb qilgan holda “Internet-makonda axloqiy xavfsizlikni ta’minlash 
yo‘llari” nomli eslatmaning ishlab chiqilishi, uning ta’lim maskanlarida o‘quv 
materialari sifatida taqdim qilinishi, jamiyat a’zolariga SMS-xabar shaklida 
yetkazilishi, alohida buklet yoki flayer, ko‘chalarda joylashtiriladigan banner 
shaklida ommaviylashtirilishi o‘rinli bo‘lishi dissertatsiyada qayd etilgan. 
Shaxsning internet-makon kontentlaridan oqilona foydalanishini ta’minlash 
uchun uning axborot madaniyati bilan bir qatorda axloqiy madaniyatini ham 
yuksaltirish zarur. Yuksak axloqiy madaniyat shaxsni virtual resurslarni axloq 
normalariga tayangan holda tanlashga odatlantiradi. Bu esa pirovardida internet-
makon kontentlarini shaxs pozitiv ijtimoiylashuvi manbaiga aylantiradi. 
O‘zbekistonda jamiyat a’zolari axloqiy madaniyatini yuksaltirish masalalari barcha 
zamonlarda strategik vazifa sifatida baholab kelingan. Lekin internet-makonning 
shaxs ijtimoiylashuviga salbiy ta’siri kuchayib borayotgani yangi vazifalarni kun 
tartibiga qo‘ymoqda. Bugungi kunda O‘zbekiston sharoitida jamiyat a’zolarining 
axloqiy madaniyatini yuksaltirish zarur bo‘ladi. Faqat shunday yo‘l bilangina 
jamiyat a’zolarini internet-makon resurslaridan oqilona foydalanishga tayyorlash 
mumkin.
Tadqiqotda axloqiy madaniyatni yuksaltirish orqali jamiyat a’zolarining 
internet-makon resurslaridan oqilona foydalanishlariga erishish hamda ularning 
pozitiv ijtimoiylashuvini ta’minlash uchun quyidagi
choralarni ko‘rish zarurati 
asoslab berilgan: (Qarang: 2-rasm) 
https://buxdu.uz


20 
2-rasm 

Download 0,67 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   31




Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rаsm. Аxbоrоt mаdаniуаtini уuksаltirish chоrаlаri

Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish