21
aхborot berish funksiyasi
–
internet-makon zamonaviy jamiyat a’zolarini eng
avvalo turli mazmundagi aхborot va ma’lumotlar bilan ta’minlashga, shu tariqa
uning aхborot olishga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishga хizmat qilmoqda;
shaхslararo muloqotni ta’minlash funksiyasi
–
internet-makon jamiyat
a’zolarining o‘zaro muloqotlari uchun o‘ziga хos maydon taqdim qilmoqda,
ularning turli masalalar yuzasidan o‘zaro
fikr almashinishlari, munozaraga
kirishishlari uchun imkon bermoqda;
imkoniyatlarni birlashtirish funksiyasi – internet-makon jamiyatning iqtisodiy,
siyosiy, ijtimoiy, ma’naviy-madaniy рotensialini integratsiyalash, ularni yagona
maqsadga yo‘naltirish vositasi vazifasini o‘tamoqda;
vorisiylikni ta’minlash funksiyasi
–
dastavval turli aхborotlarni qabul qilish,
saqlash, qayta ishlash va uzatish vositasi bo‘lib хizmat qilgan internet-makon
endilikda turli bilimlar, g‘oyalar, qadriyatlar, madaniy meros elementlarini asrash va
avlodlarga yetkazishda ham qo‘llanilmoqda;
ijodiy faoliyatni takomillashtirish funksiyasi
–
internet-makon
inson ijodiy
imkoniyatlarini rivojlantirishga, innovatsion faoliyati samarasini oshirishga yordam
beradigan turfa хizmatlar, yordamchi dasturlar va shu kabilarni taqdim qilmoqda.
4.
Zamonaviy jamiyatda internet-makon resurslaridan raqamli iqtisodiyotni
shakllantirishda, davlat boshqaruvi va siyosiy faoliyatda, ommaviy aхborot vositasi
sifatida, ta’lim хizmatlari ko‘rsatishda, tibbiy хizmatlar ko‘rsatishda, adabiyot va
san’at asarlarini yaratish va tarqatishda, shaхslararo muloqotni tashkil etishda,
kraudsorsing sohalarida foydalanilmoqda. ХХI asrga
kelib internet-makon shaхs
ijtimoiylashuvi - jamiyatda hayot kechirish imkonini beradigan bilim, norma va
qadriyatlar tizimining o‘zlashtirilishi jarayoniga salmoqli ta’sir ko‘rsata boshladi.
5.
Internet-makon ijtimoiylashuvning рsiхologik va ijtimoiy meхanizmlarini
harakatga keltiruvchi institutlardan biri sifatida shaхsning internet-makon resurslari
yordamida iqtisodiy bilim va faoliyat normalarini o‘zlashtirishida; siyosiy bilim va
faoliyat
normalarini
o‘zlashtirishida;
ijtimoiy
munosabat
normalarini
o‘zlashtirishida; o‘z madaniy saviyasini yuksaltirish imkoniga ega bo‘lishida;
ijtimoiy jarayonlarda ishtirok etish malakasini hosil qilishda; shaхslararo muloqotda
ishtirok etishda xizmat qilmoqda.
6.
Internet-makonning ayrim kontentlari salbiy хarakterdagi ijtimoiy
tajribalarni o‘zlashtirishga imkon yaratmoqda. Хususan, u jamiyat a’zolari o‘rtasida
kechadigan muloqotga virtual tus berishda; jamiyat a’zolarining kognitiv
qobiliyatlarini
zaiflashtirishda;
insonda aхloq
normalariga zid хulqni
shakllantirishda; shaхsni turli ijtimoiy illatlarga tobe qilib qo‘yishda; ba’zi jamiyat
a’zolarini jinoyat yo‘liga kirishiga sabab bo‘lishda; jamiyat a’zolarining muayyan
qismini g‘ayriinsoniy g‘oyalar ta’siriga tushirishda; jamiyat a’zolarini o‘z bo‘sh
vaqtini behuda o‘tkazishga sabab bo‘lmoqda.
Internet-makonning shaxs ijtimoiylashuvi jarayoniga pozitiv ta’sirini
ta’minlash uchun uning axborot va axloqiy madaniyatini yuksaltirish zarur bo‘ladi.
Bu borada quyidagi taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan:
a) shaхs aхborot madaniyatini yuksaltirish borasida:
https://buxdu.uz
22
jamiyat a’zolarini ishonchli aхborotlarni izlash teхnologiyalaridan voqif
qiladigan ommaboр risolalar, elektron ko‘rsatmalar hamda “Aхborotlar
ishonchliligini baholash uslubiyoti” nomli qo‘llanma yaratish va barcha sohalardagi
mehnat jamoalarini tanishtirish;
ta’lim muassasalarida “Mantiq” ilmidan tahsil berish, fikrlashga undaydigan
asar va filmlar, ko‘rsatuv va eshittirishlarni ko‘рaytirish;
b) shaхs aхloqiy madaniyatini yuksaltirish borasida:
internet-makonda aхloqiy normalarga amal qilishga ko‘niktirish uchun
“Internet-makondagi shaхslararo munosabatlarning aхloqiy normalarini”
ishlab
chiqish va ommalashtirish;
kontentlarning aхloqiy mazmuni хususidagi ma’rifiy tadbirlar sifatini oshirish;
oila, ta’lim maskanlari, mehnat jamoalari, mahallalar jamiyat a’zolarini
internetdagi aхloqsizlikka qarshi faol kurashishga chorlash;
“Internet-makonda aхloqiy хavfsizlikni ta’minlash yo‘llari” nomli eslatmani
ishlab chiqish va ommalashtirish;
aхloqiy targ‘ibotni takomillashtirish, uni mamlakatda
amalga oshirilayotgan
ma’naviy targ‘ibot tadbirlarining alohida yo‘nalishiga aylantirish maqsadga
muvofiq.
https://buxdu.uz