• KIRISH (falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi annotatsiyasi) Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati.
  • BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI




    Download 0,67 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/31
    Sana05.09.2024
    Hajmi0,67 Mb.
    #270313
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
    Bog'liq
    nomozov xurshid shavkat ogli

    BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI 
    HUZURIDAGI ILMIY DARAJALAR BERUVCHI 
    PhD.03/27.02.2020.F.72.08 RAQAMLI ILMIY KENGASH 
    SHAHRISABZ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI 
    NOMOZOV XURSHID SHAVKAT O‘G‘LI 
    INTERNET-MAKONNING SHAXS 
    IJTIMOIYLASHUVIGA TA’SIRI 
    09.00.04 – Ijtimoiy falsafa 
     
     
     
     
     
     
     
     
    Falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi 
    AVTOREFERATI 
    Buxoro – 2024 
    https://buxdu.uz


    https://buxdu.uz



    KIRISH (falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi annotatsiyasi) 
    Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati. 
    Jahonda XXI asrga kelib 
    internet kommunikativ tarmoq vositasi, shaxs ijtimoiylashuvi mexanizmlariga ta’sir 
    ko‘rsatuvchi ijtimoiy institut vazifasini o‘tayotgani zamonaviy kishilik jamiyatida 
    shaxs turli ijtimoiy bilim, g‘oya hamda faoliyat normalarini internet resurslari orqali 
    o‘zlashtirishiga, ko‘plab ijtimoiy jarayonlarda virtual ishtirok etishiga sabab 
    bo‘lmoqda. Internet resurslar shaxs ijtimoiylashuvi jarayoniga ham ijobiy va ayrim 
    hollarda ham negativ ijtimoiylashuvni harakatga keltiruvchi manba sifatida 
    namoyon bo‘lmoqda. Shuning uchun shaxs ijtimoiylashuvining psixologik va sotsial 
    mexanizmlarini tizimli ravishda aniqlash, internet-makonning shaxs uchun 
    iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy bilim va faoliyat normalarini o‘zlashtirish, madaniy 
    saviyasini yuksaltirish imkoniyatlarini ochib berish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. 
    Jahon ilm-fani va yetakchi ilmiy markazlarida internet ijtimoiy voqelik 
    koʻrinishiga aylangani, uning shaхs ijtimoiylashuvi jarayoniga taʼsiri ilmiy 
    izlanishlarning yangi yoʻnalishiga aylanib, bu borada fundamental va amaliy 
    tadqiqotlar olib borilmoqda. “Internet-makon”, uning mazmuni va funksiyalari, 
    internet resurslarining shaхs dunyoqarashi va hayotiy faoliyatiga taʼsiri 
    qonuniyatlarini milliy va umuminsoniy nuqtayi nazardan aniqlash tobora muhim 
    ahamiyat kasb etmoqda. Shu sababli internet-makonning shaxs pozitiv va negativ 
    ijtimoiylashuviga taʼsirini, salbiy taʼsirlarning oldini olishda aхborot va axloqiy 
    madaniyatni oshirishning modellari va konseрsiyalarini, ustuvor yoʻnalishlari va 
    dolzarb vazifalarini tadqiq etish zarurati ortib bormoqda. 
    Mamlakatimizda Yangi Oʻzbekistonni barpo etishda aholining barcha 
    qatlamlarida 
    raqamli 
    koʻnikmalarni oshirish, yoshlar orasida axborot 
    texnologiyalarini ommalashtirish, raqamli texnologiyalar sohasida yuqori malakali 
    kadrlar avlodini shakllantirish, raqamli transformatsiya sharoitida yoshlarga bilim 
    va koʻnikmalar berish orqali inson kapitalini rivojlantirishga qaratilgan islohotlar 
    olib borilmoqda. “Yaqin yillarda mamlakatimizda yangi maʼnaviy makonni va 
    xalqimizning yangi tafakkurini shakllantirish boʻyicha ishlar samarasini yuksak 
    darajaga koʻtarish va bu boradagi faoliyat tizimini yanada takomillashtirish uchun 
    quyidagi vazifalarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. Aholining Internet 
    jahon axborot tarmogʻidan foydalanish madaniyatini oshirish, madaniyat, adabiyot, 
    kino, teatr, musiqa va sanʼatning barcha turlari, noshirlik-matbaa mahsulotlari, 
    ommaviy axborot vositalarida maʼnaviy-axloqiy mezonlar, milliy va umuminsoniy 
    qadriyatlarning ustuvorligiga erishishga alohida ahamiyat qaratish darkor”
    1

    Shuning uchun internet-makon kontentlaridan oqilona foydalanishning aхloqiy 
    tamoyillarini ishlab chiqish, aхloqiy tafakkurni takomillashtirish, targ‘ibot va 
    tashviqot ishlarini kuchaytirish hamda jamiyat a’zolarining aхloqiy tuyg‘ularini 
    yuksaltirish va хavfsizligini ta’minlash, faollikni oshirish muhim ahamiyat kasb 
    etmoqda. 
    1
    Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi. To‘ldirilgan ikkinchi nashri. – Toshkent: 
    “O‘zbekiston”, – 2023. – B.251-252. 
    https://buxdu.uz



    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi PF-158-son 
    “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risida”, 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son 
    “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi 
    to‘g‘risida”, 2020-yil 2-iyundagi PF-6003-son “O‘zbekiston Respublikasining 
    xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash hamda davlat organlari va 
    tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy qilish 
    to‘g‘risida”, 2023-yil 27-iyuldagi PF-114-son “Ma’muriy islohotlar doirasida 
    madaniyat va turizm sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-
    tadbirlari to‘g‘risida”, 2020-yil 5-oktabrdagi PF-6079-son “Raqamli O‘zbekiston – 
    2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari 
    to‘g‘risida” farmonlari, 2021-yil 26-martdagi PQ-5040-son “Ma’naviy-ma’rifiy 
    ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”, 2022-yil 18-
    maydagi PQ-246-son “Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlashda ilmiy salohiyat 
    hamda amaliy faoliyat uyg‘unligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”, 2023-
    yil 28-noyabrdagi PQ-380-son “Yoshlar uchun ming kitob” loyihasini amalga 
    oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarorlari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
    Mahkamasining 2018-yil 5-sentabrdagi 707-son “Butunjahon internet tarmog‘ida 
    axborot xavfsizligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi”, 2021-
    yil 18-yanvardagi 23-son “O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini 2025-
    yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” qarorlari hamda sohaga 
    oid boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda 
    mazkur dissertatsiya muayyan darajada xizmat qiladi.

    Download 0,67 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




    Download 0,67 Mb.
    Pdf ko'rish