• Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi.
  • “Internet-makon: mohiyati, asosiy atributlari va qo‘llanish sohalari”
  • Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi




    Download 0,67 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet8/31
    Sana05.09.2024
    Hajmi0,67 Mb.
    #270313
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   31
    Bog'liq
    nomozov xurshid shavkat ogli

    Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi
    . Mazkur tadqiqot natijalari 4 ta 
    xalqaro va 4 ta respublika ilmiy-amaliy anjumanlarida muhokamadan o‘tkazilgan. 
    Tadqiqot natijalarining e’lon qilinganligi.
    Tadqiqot mavzusi bo‘yicha jami 
    18 ta ilmiy ish, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va 
    innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining dissertatsiyalar 
    asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya qilingan ilmiy nashrlarda 9 ta ilmiy 
    maqola (7 ta respublika va 2 ta xorijiy jurnallarda) chop etilgan. 
    Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi.
    Dissertatsiya kirish, uch bob, xulosa, 
    foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Dissertatsiya umumiy hajmi 122 
    betdan iborat. 
    DISSERTATSIYANING ASOSIY MAZMUNI 
    Dissertatsiyaning 
    “Kirish”
    qismida mavzuning dolzarbligi va zarurati
    respublika fan va texnologiyalar rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlariga mosligi, 
    https://buxdu.uz


    12 
    muammoning o‘rganilganlik darajasi, dissertatsiya ta’lim muassasasining ilmiy-
    tadqiqot ishlari rejalari bilan bog‘liqligi tavsiflangan, tadqiqotning maqsadi va 
    vazifalari, obyekti, predmeti, tadqiqotda qo‘llanilgan usullari yoritilgan. 
    Shuningdek, tadqiqotning ilmiy yangiligi, amaliy natijalari, natijalarining 
    ishonchliligi, ilmiy va amaliy ahamiyati ochib berilgan hamda dissertatsiya 
    natijalarining joriy qilinishi, aprobatsiyasi, e’lon qilinganligi, tuzilishi va hajmi 
    bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan. 
    Dissertatsiyaning 
    “Internet-makon: mohiyati, asosiy atributlari va 
    qo‘llanish sohalari” 
    deb nomlanuvchi birinchi bobida intеrnеt-mаkоn mоhiуаti, 
    gеnеzisi vа zаmоnаviу tаrkibi hamda intеrnеt-mаkоn rеsurslаridаn fоуdаlаnish 
    sоhаlаri tadqiq etilgan. 
    Dissertatsiyada internetning o‘ziga xos kommunikativ tarmoq sifatida vujudga 
    kelishi va yaxlit tizimga aylanishi jarayoni qariyb yarim asrga cho‘zilgani, bu davr 
    mobaynida u turli tadqiqot muassasalarining strategik ahamiyatga molik ilmiy 
    potensialini birlashtirishi, o‘zaro axborot almashinish imkonini beradigan 
    tarmoqdan kishilar muntazam foydalanadigan ommabop kundalik aloqa vositasiga 
    aylangani ochib berilgan. Yangi asrga kelib, undan foydalanuvchilar auditoriyasi 
    millionlab kishilarni qamrab olgani, ularning internetda o‘tkazgan vaqtlari ham asta-
    sekinlik bilan uzaya boshlagani, XXI asrga kelib, internet ijtimoiy voqelikning 
    o‘ziga xos ko‘rinishiga aylangani, ilmiy jamoatchilik bu voqelikni “internet-makon” 
    tushunchasi bilan atab iste’molga kiritgani ilmiy jihatdan asoslangan.
    Hozirgi zamon sivilizatsiyasining muhim tendensiyalaridan biri – internet-
    makonning kishilik jamiyatining barcha sohalarini tugal qamrab olayotgani, turli 
    shakl va darajadagi ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy-madaniy, siyosiy va boshqa 
    munosabatlarda faollikni kuchaytirayotgani bilan bog‘liq. Uning jamiyat 
    taraqqiyotiga hamda shaxs ijtimoiylashuvidagi ahamiyati qayta ishlash va uzatish 
    imkonini beradigan kommunikativ tarmoq sifatida o‘ziga xos ko‘rinishga, o‘z tavsifi 
    va tarkibiga ega ekanligida hisoblanadi. 
    Dissertatsiyada insonning o‘zaro aloqalari muayyan axborotlarni yetkazish 
    yoki qabul qilish, tushunish va tushuntirish, sa’y-harakatlarni uyg‘unlashtirish, 
    hamjihatlikda faoliyat olib borish va shu kabilar uchun xizmat qilgani asoslangan. 
    Ehtiyojlar ortgani sayin hayotiy xavfsizlik shartlari murakkablashdi. Inson 
    xohishlari doirasi kengaygani sayin bu aloqalar ham, ularni amalga oshirishga 
    madad beradigan vositalar ham takomillashib boraverdi. Sirasini aytganda, telegraf, 
    telefon, gazeta, jurnal, radio, televideniye va shu kabilar ham insoniyat 
    kommunikativ imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida ixtiro qilingan. XX asrning 
    ikkinchi yarmida internet tarmog‘ining vujudga kelishi insoniyatning kommunikativ 
    imkoniyatlarni kengaytirish borasidagi sa’y-harakatlari gultojisi bo‘lgan. 
    Jahonning barcha mamlakatlarida bo‘lgani kabi O‘zbekistonda ham 
    internetdan foydalanuvchilar soni oshib bormoqda. Ayniqsa keyingi yillarda bu 
    borada salmoqli o‘zgarishlar qilindi. 

    Download 0,67 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   31




    Download 0,67 Mb.
    Pdf ko'rish