13
Ikkinchidan,
xalqaro internet tarmog‘iga ulanishning umumiy o‘tkazuvchanlik
qobiliyati 2,6 barobar oshirilib, 3 200 Gbit/s.ga, magistral telekommunikatsiya
tarmoqlari o‘tkazuvchanlik qobiliyati viloyatlararo darajada 600 Gbit/s.ga,
tumanlararo darajada esa 60 Gbit/s.ga yetkazildi. Buning oqibatida internet
imkoniyatlaridan foydalanish ancha qulaylashdi.
Uchinchidan,
internet
xizmatlari
uchun operator va provayderlar to‘laydigan tarif 2021-yil boshiga nisbatan 25 foizga
arzonlashtirildi. Natijada internet xizmatlari narxi bilan aholi moliyaviy resurslari
o‘rtasida muayyan mutanosiblik vujudga keldi. Bunday o‘zgarishlar samarasi
o‘laroq, 2022-yilga kelib mamlakatdagi internetdan foydalanuvchilar soni 31
milliondan oshib ketdi
5
.
Tadqiqotchi fikriga ko‘ra, internetdan foydalanish borasida ikki
tendensiya
ko‘zga tashlanadi.
Birinchidan,
vaqt o‘tgani sayin jahon mamlakatlarida internetdan
foydalanuvchilar soni muttasil oshib borayapti. Keyingi o‘n yil davomida internet
xizmatlari iste’molchilari soni ikki barobardan ziyodga ko‘paydi.
Ikkinchidan
,
foydalanuvchilarning internetda o‘tkazgan vaqtlari asta-sekinlik bilan uzaymoqda.
O‘n yil muqaddam bir foydalanuvchi sutkasida 6 soat-u 9 daqiqalik vaqtini virtual
reallikda o‘tkazgan bo‘lsa, bugun bu ko‘rsatkich 6 soat-u 58 daqiqaga yetdi. Aytish
mumkinki, internet xizmatlarining takomillashib va mazmunan boyib borayotgani
yaqin kelajakda ushbu vaqt davomiyligini yanada
uzaytiradi
6
.
Turli axborotlarni saqlash, qayta ishlash va uzatish imkonini beradigan
kommunikativ tarmoq sifatida vujudga kelgan internet XX asr oxiri – XXI asr
boshlariga kelib ijtimoiy voqelikning o‘ziga xos ko‘rinishiga, o‘z tavsifi va tarkibiga
ega bo‘lgan internet-makonga aylandi. Internet-makon –
bir-biri bilan aloqada
bo‘lgan individlar, ijtimoiy guruhlar, tashkilotlar tomonidan kompyuter va boshqa
kommunikasion texnologiyalar yordamida yaratilgan va muayyan chek-chegaraga
ega bo‘lmagan yaxlit tuzilmadir. Uning tarkibi domen nomlari tizimi, elektron
pochta xizmati, retranslyatsiya xizmati,
telekonferensiyalar xizmati, fayllarni
uzatish va arxivlash xizmati, uzoqdagi kompyuterlarni boshqarish xizmati,
umumjahon tarmog‘i xizmati kabi komponentlarni o‘z ichiga olmoqda.
Tadqiqotda internet-makon turli resurslar evaziga inson uchun zarur bo‘lgan
ne’matlarni yaratish, hayot sharoitlarini qulaylashtirish, turli xo‘jalik va obyektlar
faoliyatini optimallashtirish, davlat organlari, siyosiy partiyalar, fuqarolik jamiyati
institutlari sa’y-harakatlarini muvofiqlashtirish, ta’lim, tibbiyot, ijtimoiy ta’minot,
sport, transport, aloqa, madaniy va maishiy xizmatlarni takomillashtirish, ma’naviy
ishlab chiqarish jarayonini jamiyat ehtiyojlariga
moslashtirish borasida keng
qo‘llanilayotgani bayon etilgan va nazariy tahlil qilingan. Virtual resurslarning
mazkur sohalarda qo‘llanilishi tahlili internet-makonning haqiqatan ijtimoiy
voqelikning o‘ziga xos ko‘rinishiga aylanib ulgurgani asoslab berilgan
.
XXI asrda internet-makonning turli resurslar evaziga boyishi uning qo‘llanish
sohalarini nihoyatda kengaytirdi. Bugungi kunda internet-makon resurslaridan
raqamli
iqtisodiyotni shakllantirishda, davlat boshqaruvi va siyosiy faoliyatni
5
Qarang: Комилова С. Ўзбекистонда интернетдан фойдаланувчилар сони 31 миллиондан ошди.// qalampir.uz,
2022, 15 декабрь.
6
Qarang: Чуранов Е. Статистика интернета и соцсетей на 2022 год.// www.web-canape.ru, 2022, 1 февраля.
https://buxdu.uz
14
takomillashtirishda, ommaviy axborotlarni yetkazishda, ta’lim va tibbiy xizmatlar
ko‘rsatishda, adabiyot va san’at asarlarini yaratish va tarqatishda, subyektlar
o‘rtasidagi aloqani yo‘lga qo‘yishda, shaxslararo
muloqotni tashkil etishda,
kraudsorsingda samarali foydalanilyapti. Virtual resurslarning turli sohalarda tizimli
ravishda qo‘llanilayotgani internet-makon ijtimoiy voqelikning o‘ziga xos
ko‘rinishiga aylanganidan dalolat beradi.
Barcha mamlakatlarda internet-makon resurslari yordamida davlat xizmatlari
ko‘rsatish imkoniyatlari kengaymoqda. Masalan, O‘zbekistonda shu maqsadlarda
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) tashkil qilingan bo‘lib,
undagi xizmatlar soni ham, foydalanuvchilar soni ham muttasil oshmoqda. Xususan,
2022-yilga kelib, ko‘rsatiladigan onlayn xizmatlar soni 355 taga, portaldan
foydalanuvchilar soni esa 3 million kishiga yetdi
7
. Xullas, yangi asrga kelib, davlat
boshqaruvi va siyosat internet-makon resurslari realizatsiya qilinadigan yana bir
sohaga aylandi. Bu o‘rinda, eng avvalo, yangi asrga kelib kibertibbiyotning vujudga
kelganini eslab o‘tish zarur. Kibertibbiyot deganda tibbiyotda
internet resurslaridan
foydalanish imkoniyatlariga doir bilimlar yig‘indisi tushuniladi
8
. Bunday bilimlar
konsentratsiyasi elektron tibbiyotning shakllanishi va rivojlanishiga zamin yaratdi.
Elektron tibbiyot an’anaviy diagnostika va terapiya shakllari va sifatini
takomillashtirdi, zaruriy hollarda masofadan turib tibbiy xizmat ko‘rsatish
imkoniyatlarini yaratdi, mutaxassislarning o‘zaro fikr almashinishlariga imkon
beradigan virtual hamjamiyatlarni yuzaga keltirdi. Bundan tashqari, u sohaga doir
ma’rifiy va ilmiy-tadqiqot ishlarini yangi bosqichga olib chiqdi.
Tadqiqotchi fikriga ko‘ra, XX asr oxiri-XXI asr
boshlariga kelib ijtimoiy
voqelikning o‘ziga xos ko‘rinishiga aylangan internet-makon axborot berish,
shaxslararo muloqotni ta’minlash, imkoniyatlarni birlashtirish, vorisiylikni
ta’minlash, ijodiy faoliyatni takomillashtirish funksiyalarini bajaradi.
Dissertatsiyaning ikkinchi “