15
qiladi, jismoniy, ruhiy hamda aqliy kamolotini ta’minlaydi, ijodiy imkoniyatlarini
rivojlantiradi.
Tadqiqotda internet-makonning o‘ziga xos ijtimoiy voqelik ko‘rinishi sifatida
qaror topishi, uning turli kontentlar evaziga mazmunan boyishi, mazkur resurslardan
foydalanish sohalarining kengayishi shaxs ijtimoiylashuvi jarayoniga salmoqli ta’sir
ko‘rsatgani, u shaxs ijtimoiylashuvining psixologik va ijtimoiy mexanizmlari
xarakterini o‘zgartirib yuborgani ochib berilgan. Shuningdek, internet-makonning
ijtimoiy voqelik ko‘rinishi sifatidagi fenomenal atributlari haqida fikr yuritganda
uning shaxs ijtimoiylashuvi institutiga aylangani masalasini e’tibordan chetda
qoldirib bo‘lmasligi asoslangan.
Shaxs ijtimoiylashuviga doir nazariy xulosalar ko‘rsatishicha, u nihoyatda
chuqur va serqirra mazmunga ega bo‘lgan, muayyan psixologik va ijtimoiy
mexanizmlar yordamida yuz beradigan hamda turli ijtimoiy institutlar ta’sirida
kechadigan uzluksiz jarayondir
9
. Ahamiyatli va e’tiborni qaratish zarur bo‘lgan
tomoni shundaki, XX asrning oxiri va XXI asrning boshlarida internet
kontentlarining yagona makonda jamlanishi, uning o‘ziga xos ijtimoiy voqelikka
aylanishi, internet-makon resurslaridan tizimli foydalanishning avj olishi shaxs
ijtimoiylashuvi jarayoniga ta’sir ko‘rsatishga qodir institutlar turkumini yana bittaga
ko‘paytirdi. Boshqacha aytganda, bugungi kunda internet-makon nafaqat
jamiyatning turli sohalarida qo‘llaniladigan kontentlar manbayiga, balki shaxsni
jamiyat bilan integratsiya qiladigan institutga ham aylandi. Turli servislarning
xizmatiga murojaat qilgan holda badiiy filmlarni onlayn tomosha qilayotganlar soni
ham ko‘paymoqda. Birgina Netflix kompaniyasi servislaridan foydalanuvchilar soni
203,7 million kishiga yetdi
10
. Hozir respublikada 123 mingdan ortiq Telegram
kanali,
18
mingga
yaqin
chat
bor.
Mazkur
kanal
va
chatlardan
foydalanayotganlarning umumiy auditoriyasi 740 990 000 kishini tashkil
qilmoqda
11
. Bundan ko‘rinadiki, mamlakatimizda bir kishi ijtimoiy tarmoqlardagi
bir necha kanal yordamida o‘zga shaxslar bilan muloqotga kirishmoqda.
Tadqiqotchi fikriga ko‘ra, bugungi kunga kelib, internet shaxs umrining
muayyan qismi kechadigan o‘ziga xos ijtimoiy makonga aylandi. Bu makonda u
turli bilim, g‘oya, faoliyat normalarini o‘zlashtirmoqda, ijtimoiy munosabatlarda
ishtirok etmoqda, o‘z ehtiyojlarini qondirmoqda. Bashorat qilish mumkinki, internet
texnologiyalari rivojlanishi bilan yaqin kelajakda mazkur makonning shaxsni
ijtimoiylashtirish, uni turli aloqalarga jalb qilishdagi roli va ahamiyati yanada
oshadi. Shuningdek, shaxs virtual resurslar yordamida iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy
bilim va faoliyat normalarini o‘zlashtirayotgani, madaniy saviyasini
yuksaltirayotganida, ijtimoiy jarayonlarda ishtirok etayotgani, shaxslararo
muloqotni amalga oshirayotgani internet-makonning ijtimoiylashuv institutiga
aylanganidan dalolat beradi. Kelajakda internet texnologiyalari rivoji mazkur
makonning shaxsni ijtimoiylashtirish, uni turli aloqalarga jalb qilishdagi rolini
9
Чориев А. Инсон фалсафаси. Инсон тўғрисидаги фалсафий фикрлар тараққиёти. Биринчи китоб.-
Т.:Ўзб.файл.миллий жам. нашр., 2007.- Б.34
10
Qarang: Число подписчиков Netflix превысило 200 млн человек.// www.igromania.ru, 2021, 20 января.