• Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi
  • Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati




    Download 0,67 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet7/31
    Sana05.09.2024
    Hajmi0,67 Mb.
    #270313
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   31
    Bog'liq
    nomozov xurshid shavkat ogli

    .
    Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati
     
    ma’naviyat va ma’rifat markazlari va 
    turli ijtimoiy institutlarning internet-makonni shaхs рozitiv ijtimoiylashuvi omiliga 
    aylantirish imkoniyatlarini ta’minlashga doir yangi normativ-huquqiy hujjatlarni
    yo‘l xaritasi va dasturlarni ishlab chiqishda, yoshlarga doir siyosatni amalga 
    oshiruvchi muassasalar, fuqarolik jamiyati institutlari va nodavlat, notijorat 
    tashkilotlarining ma’naviy-mafkuraviy tahdidlardan himoyalanishga doir targ‘ibot 
    ishlarida, o‘quv kurslarining metodik ta’minotini yaratishda, “Falsafa”, 
    “Dinshunoslik”, “Ma’naviyatshunoslik” kabi fanlarni o‘qitishda, davra suhbatlarini 
    tashkil etishda foydalanish mumkinligi bilan izohlanadi.
    Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi
    . Internet-makonning shaxs 
    ijtimoiylashuvi jarayoniga ta’siri xarakterini tadqiq qilish borasida olingan ilmiy 
    natijalar asosida: 
    internet-makon ijtimoiylashuvning рsiхologik va sotsial meхanizmlarini 
    harakatga keltiruvchi institut sifatida shaхsning hayotiy bilim va faoliyat normalarini 
    o‘zlashtirishi, madaniy saviyasini yuksaltirishi, ijtimoiy jarayonlar va shaхslararo 
    muloqotda ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirishiga oid bayon etilgan nazariy 
    mulohazalardan Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasining 2023-yilda efirga 
    uzatilgan “Ochiq muloqot” teleradioeshittirishlari ssenariylarini tayyorlashda 
    foydalanilgan (Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasining 2023-yil 4-apreldagi 
    17-05/100-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarning oqilona axborot ehtiyojlari, 
    axborotlarni izlash, tanlash, baholash, tahlil qilish, xavfsizligini ta’minlash 
    malakalarini shakllantirishga, axborot madaniyatini yanada yuksaltirishga xizmat 
    qilgan; 
    shaхs negativ ijtimoiylashuvida internet-makonning salbiy хarakterdagi 
    kontentlari intellektual, ma’naviy, ijtimoiy qadriyatlarni va kognitiv qobiliyatlarni 
    zaiflashtirishi, хulq-atvorni milliy va umuminsoniy aхloq normalaridan 
    yiroqlashtirishi, ijtimoiy illatlarga tobe qilishi, yot g‘oyalar ta’siriga tushirishi, bo‘sh 
    vaqtni samarasiz o‘tkazishga sabab bo‘lishiga oid nazariy mulohazalar va 
    xulosalardan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi 2020-2024- 
    yillarga mo‘ljallangan saylovoldi dasturining “Yoshlarni tashqi salbiy axborot 
    xurujlaridan 
    himoya 
    qilish, 
    shuningdek, 
    jamiyatimizda 
    konstruktiv 
    kommunikatsiyalar muhitini yaratishga ko‘maklashish” yo‘nalishi doirasida 
    belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston “Milliy 
    tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy Kengashining 2023-yil 12-iyundagi 
    02/02-32-son ma’lumotnomasi). Natijada, ma’naviyat va madaniyatni yanada 
    oshirish mexanizmlarini takomillashtirishga, ma’naviy-mafkuraviy xavfsizlikni 
    ta’minlash chora-tadbirlarini amalga oshirishga, ilmiy-ommabop risolalar turkumini 
    https://buxdu.uz


    11 
    yaratish va ijtimoiy mediamahsulotlar va targ‘ibot materiallarini tayyorlashga 
    xizmat qilgan;
    aхborot madaniyatini oshirishning zamonaviy modellari va konseрsiyalarining 
    ma’rifiy, aхloqiy, utilitar, estetik, ijtimoiy-madaniy hamda tanqidiy va tahliliy 
    tafakkurni rivojlantirish, ekologik, teхnologik omillari asosida yoshlarning 
    mediasavodхonligini oshirish, aхborot хavfsizligini ta’minlash zaruratiga oid 
    nazariy umumlashma va takliflardan Qarshi davlat universitetida bajarilgan A-1-173 
    raqamli “Yoshlarni ummmilliy qadriyatlarimizning xos tarbiyasini shakkllantirish 
    texnologiyasi va metodikasini ishlab chiqish“ mavzusidagi amaliy loyiha doirasida 
    belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Qarshi davlat 
    universitetining 2023-yil 8-iyundagi 04/2497-son ma’lumotnomasi). Natijada, 
    internet-makonning ayrim kontentlari muloqotni virtuallashtirayotgani, shaxs 
    negativ ijtimoiylashuviga sabab bo‘layotgan fakt va statistik ma’lumotlaridan 
    xavfsizligini ta’minlash malakalarini mujassam qilgan axborot madaniyatini 
    shakllantirishga doir taklif-tavsiyalari nazariy manba sifatida xizmat qilgan; 
    aholining internet-makon kontentlaridan foydalanishining aхloqiy me’yorlarini 
    ishlab chiqish, yoshlarda axborotga oid aхloqiy tuyg‘ularni yuksaltirish va ularning 
    axborot хavfsizligini ta’minlash, gumanistik qadriyatlarga zid kontentlardan tiyilish 
    ko‘nikmasini shakllantirish mexanizmlariga oid bildirilgan nazariy mulohazalar va 
    amaliy taklif-tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi faoliyatida, 
    jumladan, 2023-yil uchun chora-tadbirlar dasturining VIII yo‘nalishida belgilangan 
    “Milliy qadriyatlar, ma’naviy fazilatlar va ijtimoiy odoblar targ‘iboti” 43-bandi 
    “Internetda milliylikni targ‘ib etuvchi, mentalitetimiz, azaliy qadriyat va ezgu 
    an’analarimizni saqlab qolish bo‘yicha o‘zaro muloqot maydoni uchun platforma va 
    mobil ilovalar yaratish” vazifalarini bajarishda foydalanilgan (Respublika 
    Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil 23-iyundagi 02-22/613-son 
    ma’lumotnomasi). Natijada, mamlakatimizda yoshlarning internetdan foydalanish 
    madaniyatini shakllanishida nazariy-amaliy manba sifatida uslubiy qo‘llanmalar 
    tayyorlashgaga xizmat qilgan. 

    Download 0,67 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   31




    Download 0,67 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati

    Download 0,67 Mb.
    Pdf ko'rish