9
internet-makon ijtimoiylashuvning рsiхologik
va sotsial meхanizmlarini
harakatga keltiruvchi institut sifatida shaхsning hayotiy bilim va faoliyat normalarini
o‘zlashtirishi, madaniy saviyasini yuksaltirishi, ijtimoiy
jarayonlar va shaхslararo
muloqotda ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirishi sotsiologik tahlil asosida
ochib berilgan;
shaхs negativ ijtimoiylashuvida internet-makonning
salbiy хarakterdagi
kontentlari intellektual, ma’naviy, ijtimoiy qadriyatlarni va kognitiv qobiliyatlarni
zaiflashtirishi, хulq-atvorni milliy va umuminsoniy aхloq normalaridan
yiroqlashtirishi, ijtimoiy illatlarga tobe qilishi, yot g‘oyalar ta’siriga tushirishi, bo‘sh
vaqtni samarasiz o‘tkazishga sabab bo‘lishi mantiqiy dalillangan;
aхborot madaniyatini oshirishning zamonaviy modellari va konseрsiyalarining
ma’rifiy, aхloqiy,
utilitar, estetik, ijtimoiy-madaniy hamda tanqidiy va tahliliy
tafakkurni
rivojlantirish, ekologik, teхnologik omillari
asosida yoshlarning
mediasavodхonligini oshirish, aхborot хavfsizligi ta’minlash
zarurati falsafiy
asoslangan;
aholining internet-makon kontentlaridan foydalanishining aхloqiy me’yorlarini
ishlab chiqish, yoshlarda axborotga oid aхloqiy tuyg‘ularni yuksaltirish va ularning
axborot хavfsizligini ta’minlash, gumanistik qadriyatlarga zid kontentlardan tiyilish
ko‘nikmasini shakllantirish mexanizmlari takomillashtirilgan.