Qarang: Ўзбекистон Telegram каналлар сони бўйича иккинчи ўринда.// kun.uz, 2023, 22 март




Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/31
Sana05.09.2024
Hajmi0,67 Mb.
#270313
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   31
Bog'liq
nomozov xurshid shavkat ogli

 
11
Qarang: Ўзбекистон Telegram каналлар сони бўйича иккинчи ўринда.// kun.uz, 2023, 22 март.
 
https://buxdu.uz


16 
oshiradi. 
Internet-makon 
shaxs 
ijtimoiylashuvining 
psixologik 
va 
ijtimoiy 
mexanizmlarini harakatga keltiruvchi ijtimoiy institutga aylangani bois u boshqa 
subyektlar kabi ham pozitiv, ham negativ ijtimoiylashuv manbaiga aylanmoqda. 
Shaxs ijtimoiylashuvining u yoki bu yo‘nalishdan ketishi o‘z-o‘zidan sodir 
bo‘ladigan jarayon emas. Bunga turtki beradigan aniq omillar mavjud. Masalan, 
jamiyatdagi sog‘lom ma’naviy-ruhiy muhit, davlatning adolatli va oqilona siyosati, 
makroiqtisodiy barqarorlik, oila, mahalla va mehnat jamoalaridagi maqbul vaziyat, 
ijtimoiy soha obyektlarining funksional layoqatliligi, yuksak ma’naviy madaniyat – 
bularning barchasi pirovardida pozitiv ijtimoiylashuv uchun shart-sharoit yaratadi. 
Aksincha, mazkur subyektlardagi har qanday salbiy tendensiya, ularning turg‘unligi 
yoki tanazzuli shaxs ijtimoiylashuviga negativ tus beradi. 
Dissertatsiyada 
internet-makonning 
ayrim 
kontentlari 
negativ 
ijtimoiylashuvning vujudga kelishiga sabab bo‘layotgani ta’kidlangan. Ular shaxs 
tomonidan salbiy xarakterdagi tajribalarni o‘zlashtirishga imkon yaratmoqda. Buni 
internet-makonning ayrim kontentlari jamiyat a’zolari o‘rtasida kechadigan 
muloqotga 
virtual 
tus 
berayotganida, 
ularning 
kognitiv 
qobiliyatlarini 
zaiflashtirayotganida, axloq normalariga zid xulqni shakllantirayotganida, turli 
ijtimoiy illatlarga tobe qilib qo‘yayotganida, ba’zi jamiyat a’zolarining jinoyat 
yo‘liga kirishiga sabab bo‘layotganida, g‘ayriinsoniy g‘oyalar ta’siriga 
tushirayotganida, bo‘sh vaqtini behuda o‘tkazishga ko‘niktirayotganida ko‘rish 
mumkin. Shu sababdan uning odini olish yo‘llarini izlab topish muhim ijtimoiy 
vazifa etib belgilanmoqda. Eng e’tiborlisi, barcha mamlakatlarda kishilarning 
internetdan behuda foydalanishga ketgan vaqti ko‘paymoqda. Masalan, Buyuk 
Britaniyada fuqarolar har kuni to‘rt soatdan ko‘proq vaqtini internetda o‘tkazadilar. 
Ularning 55 foizi internetda o‘tkazgan vaqtining chorak qismini behuda sarflaydi. 
Shu tariqa bir britaniyalik foydalanuvchining maqsadsiz internet-serfingga sarflagan 
vaqti yiliga 15 kunni, butun umr mobaynida esa 3 yilni tashkil qilmoqda
12
. Bunday 
ma’lumotlarni boshqa mamlakatlar, xususan O‘zbekiston misolida ham keltirish 
mumkin. Maqsadsiz internet-serfing esa bo‘sh vaqtni ham maqsadsiz o‘tkazishni 
odatga aylantirmoqda. “Internet-makon resurslari bolalarning ham, o‘smirlarning 
ham, yetuk yoshdagi kishilarning ham, internetdan foydalanayotgan keksalarning 
ham ma’lumotlarni o‘zlashtirish, saqlash va qayta ishlash bilan bog‘liq malakalarini 
tubdan o‘zgartirmoqda”
13
. Internetda turli ma’lumotlarning jamlanganligi ularni 
xotirada saqlash zaruriyatini yo‘qotmoqda. Darhaqiqat, istalgan ma’lumotni istalgan 
paytda internet saytlaridan izlab topish imkoni bo‘lganida, uni eslab qolishga nima 
hojat? Biroq bunday imkoniyat odam bolasining ma’lumotni eslab qolish 
qobiliyatlarini zaiflashtirmoqda. Buning ustiga, internet-makonda ja’m bo‘lgan 
ma’lumotlarning aksariyat qismi biror bir tekshiruvdan o‘tkazilmagan, ularning 
12
Qarang: У британцев бесцельный интернет-серфинг занимает 3 года жизни.// www.securitylab.ru, 2008, 28 
января. 
13
Боброва Л.А. Компьютер, интернет и мышление: изменение мышления под влиянием современных 
технологий.// Социальные и гуманитарные науки. Отечественная и зарубежная литература. Сер. 3, 
Философия: Реферативный журнал, 2019, -№2. – C.72-80. 
https://buxdu.uz


17 
haqqoniyligi darajasi ham aniqlanmagan. Bunday ma’lumotlarning muttasil “hazm” 
qilinishi inson tanqidiy tafakkurini so‘ndirmoqda. Qizig‘i shundaki, axborot va 
ma’lumotlar hajmi orta borgani sayin hatto shunday tekshirilmagan ma’lumotlarni 
izlab topish uchun ham ancha-muncha vaqt ketmoqda. Natijada internet vositasida 
amalga oshirilgan aqliy faoliyatning salmoqli qismi ma’lumot ustida fikr yuritishga 
emas, uni qidirishga sarf bo‘lmoqda
14

Tadqiqotchi fikriga ko‘ra, internet-makon shaxsni ijtimoiylashtiruvchi 
institutlardan biridir. U boshqa shaxsni ijtimoiylashuviga xizmat qiladigan institutlar 
bilan bir qatorda shaxs ijtimoiylashuvining psixologik va ijtimoiy mexanizmlarini 
harakatga keltirmoqda.. 
Dissertatsiyaning “

Download 0,67 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   31




Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qarang: Ўзбекистон Telegram каналлар сони бўйича иккинчи ўринда.// kun.uz, 2023, 22 март

Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish