Internet-makon resurslaridan oqilona foydalanish –




Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/31
Sana05.09.2024
Hajmi0,67 Mb.
#270313
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   31
Bog'liq
nomozov xurshid shavkat ogli

Internet-makon resurslaridan oqilona foydalanish – 
pozitiv ijtimoiylashuv sharti” 
deb nomlangan uchinchi bobida yuksаk ахbоrоt 
mаdаniуаti – intеrnеt-mаkоn rеsurslаridаn rаtsiоnаl fоуdаlаnish shаrti ekanligi 
asoslangan hamda intеrnеt-mаkоn imkоniуаtlаridаn fоуdаlаnishdа ахlоqiу 
mаdаniуаtning аhаmiуаti ochib berilgan. 
O‘zbekistonda jamiyat a’zolariga turli axborotlarni yetkazishga xizmat 
qiladigan manbalarning ko‘payishi, an’anaviy va virtual ommaviy axborot vositalari 
faoliyat erkinligi ta’minlanishi, shaxs axborot erkinligi kengayishi, kishilar 
mediasavodxonligi oshishi, axborot iste’molchilari axborot xavfsizligi ta’minlanishi 
aholi axborot madaniyatining o‘sishi uchun real shart-sharoitlar yaratdi. Biroq 
internet-makonning ayrim hollarda negativ ijtimoiylashuv jarayonlariga turtki 
berayotgani yangi vazifalarni kun tartibiga qo‘ymoqda. Jumladan, oqilona axborot 
ehtiyojlarini shakllantirish, axborotlarni izlash, tanlash, ishonchliligini baholash, 
to‘liqligini baholash, tahlil qilish, shaxsiy axborot xavfsizligini ta’minlash 
malakalarini takomillashtirish zaruriyati ortmoqda. 
Mustaqillik yillarida milliy madaniyatning tiklanishi, dinga bo‘lgan 
munosabatning o‘zgarishi, jahon adabiyoti va san’ati, umuminsoniy g‘oyalar va 
qadriyatlar bilan tanishish imkoniyatlarining kengayishi fuqarolar axloqiy 
madaniyatida pozitiv o‘zgarishlarni sodir qildi. Biroq internet-makonda shaxs 
ijtimoiylashuvi jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan kontentlarning ko‘payayotgani 
shaxs axloqiy madaniyatining ayrim jihatlarini takomillashtirish vazifalarini kun 
tartibiga qo‘ymoqda. Jumladan, shaxsni internet-makonda axloqiy normalarga amal 
qilishga, kontentlarning axloqiy mazmuni xususida fikr yuritishga, yuksak axloqiy 
tuyg‘ularga zid kontentlardan tiyilishga, o‘z axloqiy idealiga mos kontentlarni 
tanlashga, axloqan faol bo‘lishga odatlantirish talab etilmoqda. 
Tadqiqotda axborot ehtiyojining o‘sishiga, uni qondirish manbalarining 
ko‘payishiga mutanosib ravishda jamiyat a’zolarining turli (og‘zaki, yozma, audio, 
video) shakllardagi axborotlarni olish, ularni saqlash, qayta ishlash, yetkazish bilan 
bog‘liq ko‘nikma va malakalari ham takomil topa borishi, ana shu ko‘nikma va 
malakalarning shakllanganligi darajasi shaxsning axborot madaniyati mazmunini 
tashkil etishi isbotlangan. Shaxs axborot madaniyati – axborot ehtiyojlarini 
14
Qarang: Боброва Л.А. Компьютер, интернет и мышление: изменение мышления под влиянием современных 
технологий.// Социальные и гуманитарные науки. Отечественная и зарубежная литература. Сер. 3, 
Философия: Реферативный журнал, 2019, - №2. – C.72-80. 
https://buxdu.uz


18 
qondirish, axborot manbalari va texnologiyalaridan foydalanish imkonini beradigan 
ko‘nikma va malakalarning shakllanganligi darajasini ifodalovchi tushuncha sifatida 
baholangan.
O‘zbekistonda ham qator ijtimoiy jarayonlar jamiyat a’zolari axborot 
madaniyati saviyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda va quyidagi vazifalarni kun 
tartibiga qo‘ymoqda: 
birinchidan,
axborot madaniyati shakllanishi uchun uning 
manbalari boy bo‘lishi kerak; 
ikkinchidan,
axborot madaniyati shakllanishi uchun 
an’anaviy va virtual ommaviy axborot vositalari erkin faoliyat ko‘rsatmoqlari lozim; 
uchinchidan,
axborot madaniyati shakllanishi uchun jamiyat a’zolari axborot 
erkinligiga ega bo‘lmoqlari darkor; 
to‘rtinchidan,
axborot madaniyati shakllanishi 
uchun jamiyat a’zolarining mediasavodxonligi oshirib borilmog‘i zarur; 
beshinchidan,
axborot madaniyati shakllanishi uchun jamiyat va axborot 
iste’molchilarining axborot xavfsizligi ta’minlanmog‘i kerak. Bularning barchasi 
shak-shubhasiz mamlakat aholisining axborot madaniyatini yuksaltirish, uni 
zamonaviylashtirish uchun real shart-sharoitlar yaratadi. Chunki yangi asrga kelib 
internet-makonning o‘ziga xos ijtimoiy voqelikka aylangani, uning ayrim hollarda 
negativ ijtimoiylashuv jarayonlariga turtki berib yuborayotgani jamiyat a’zolari 
axborot madaniyatini yanada yuksaltirish, xususan internet-makon kontentlaridan 
oqilona foydalanish malakalarini shakllantirish darkor.
Dissertatsiyada ushbu muhim ijtimоiу vаzifаlаrni bаjаrish, уа’ni ахbоrоt 
mаdаniуаtini уuksаltirish оrqаli jаmiуаt а’zоlаrining intеrnеt-mаkоn rеsurslаridаn 
оqilоnа fоуdаlаnishlаrigа еrishish hаmdа ulаrning роzitiv ijtimоiуlаshuvini 
tа’minlаsh uchun qаtоr chоrаlаrni kо‘rish zаrurati asoslab berilgan va mаzkur 
chоrаlаr
 
quуidаgilаr etib belgilangan: (Qаrаng: 1-rаsm) 
1-rasm 

Download 0,67 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   31




Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Internet-makon resurslaridan oqilona foydalanish –

Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish