• BOB BO’YICHA XULOSA
  • O’qituvchilarning kasbiy kompetentligini shakllantirishning yo’nalishlari




    Download 0.72 Mb.
    bet16/33
    Sana31.07.2021
    Hajmi0.72 Mb.
    #16375
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   33
    1.3 O’qituvchilarning kasbiy kompetentligini shakllantirishning yo’nalishlari

    Hozirgi vaqtda kasbiy kompetentlilikni shakllantirishda o‘qitish texnologiyasiga katta e’tibor berilmoqda. Oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilar tarkibi tomonidan ishlab chiqilayotgan va foydalanilayotgan o‘qitish texnologiyalari bo‘lajak mutaxassis kasbiy kompetentligining qaror topishi va tarbiyalash ta’lim tizimining tarkibiy qismi bo‘lib, kasbni egallashning kasbiy-ahamiyatli bazasini dastlabki yaratishga, kasbiy faoliyatni yuqori darajada amalga oshirish uchun nazariy, amaliy va motivatsiyali tayyorgarlikning va qodirlikning sekin-asta shakllanishiga yordam beradi.

    Psixologik - pedagogik adabiyotlarda, ko‘pgina pedagog olimlarning ilmiy ishlarida «kompetentlik» degan tushuncha keyingi paytlarda keng qo‘llanilmoqda. Ta’lim tizimiga kompetentli yondashuv xorijiy adabiyotlarda o‘tgan asrning 60 yillarida shakllana boshlagan edi.

    «Kompetentlik» – tushunchasi esa, shaxsning doimo o‘sib boruvchi tasnifi bo‘lib, real hayotiy vaziyatlarda yuzaga kelgan muammolarni echish qobiliyati, o‘z bilimi, o‘quv va hayotiy tajribalari, qadriyatlari va qiziqishlarini unga safarbar etish imkoniyatlari hisoblanadi.

    «Kompetentlik» atamasi ta’lim sohasiga psixologlarning ilmiy izlanishlari natijasida kirib keldi. Bu tushuncha noan’anaviy vaziyatlarda yoki kutilmagan hollarda o‘zini qanday tutish, muloqotga kirishish, raqiblar bilan o‘zaro munosabatlarda yangi yo‘l tutish, noaniq vazifalarni bajarishda, ziddiyatlarga to‘la ma’lumotlardan foydalanishda, hamisha rivojlanib boruvchi va murakkab jarayonlarda qanday harakat qilishi kerakligi to‘g‘risida nazariy bilimlar zarurligini ko‘rsatadi.

    G‘arb mamlakatlarida shakllangan an’anaga muvofiq mutaxassisning kasbiy malakasi uning kompetentlik, ta’lim tizimi esa – bilim, ko‘nikma va malakalar darajasi bilan o‘lchanadi.

    Xorijiy mamlakatlarda an’anaga muvofiq ishchining bilim va malakalarining o‘ziga xos-xususiyati hisoblangan mutaxassislik (malakaviy) standartlari ishlab chiqiladi. Ushbu standart natijanigina (nimaga erishilishi kerak) qayd etadi.

    Kompetensiya o‘z bilimlarini tinmay boyitib borishni, yangi axborotlarni o‘rganishni, shu kun va davr talablarini his etishni, yangi bilimlarni izlab topish mahoratini, ularni qayta ishlashni hamda o‘z amaliy faoliyatida qo‘llashni talab qiladi. Kompetensiya egasi bo‘lgan mutaxassis muammolarni echishda o‘zi o‘zlashtirib olgan, aynan shu sharoitga mos metod va usullardan foydalanishni yaxshi bilishi, hozirgi vaziyatga munosib bo‘lgan metodlarni tanlab olib qo‘llashi, to‘g‘ri kelmaydiganlarini rad etishi, masalaga tanqidiy ko‘z bilan qarashi kabi ko‘nikmalarga ega bo‘ladi.

    Nazariy manbalar mazmuni bilan tanishish, ta’lim muassasalari faoliyatini o‘rganish va dalillarni tahlil etish kasb ta’limi o‘qituvchilarini kasbiy kompetentligini shakllantirishda bir qator qarama - qarshiliklar mavjudligini ko‘rsatdi, xususan:

    - oliy ta’lim muassasasi bitiruvchisining etuk mutaxassis ma’lumoti darajasi bilan Davlat ta’lim standartining modernizatsiyalashgan mazmuni va hajmiga qo‘yilayotgan me’yoriy talablar hamda uning shaxsiy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish darajasi o‘rtasida;

    - oliy ta’lim muassasalarida o‘qituvchilar kasbiy kompetentligini shakllantirish jarayonida qo‘llanilayotgan an’anaviy hamda innovatsion metodlar o‘rtasida;

    - o‘qituvchi shaxsi va uning kasbiy kompetentligini shakllantirishda pedagogik jihatdan qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan oliy ta’lim muassasalari faoliyati bilan o‘qituvchini bo‘lajak o‘qituvchi sifatida tayyorlash jarayonini rivojlantirish mexanizmi hamda qonuniyatlari o‘rtasida;

    - pedagogik turkum fanlarning o‘qituvchi shaxsiy hamda kasbiy kompetentligini shakllantirish borasida umumkasbiy va mutaxassislik fanlari bilan integratsiyalash imkoniyatlaridan etarlicha foydalanilmayotganligi o‘rtasida;

    - ilmiy-texnik taraqqiyot, yangilanib borayotgan jamiyatning mahoratli pedagog shaxsiga nisbatan ortib boruvchi talablari bilan o‘qituvchilar kasbiy kompetentligini shakllantirish asosiy qismining o‘z-o‘zini rivojlantirib borish sharoitida faoliyat yuritishga tayyor emasliklari o‘rtasidagi ziddiyatlar kabilarni ko‘rsatish mumkin.

    Bu kabi qarama-qarshiliklarni bartaraf etish yo‘llaridan biri bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy kompetentliklarini shakllantirishdan iboratdir. Bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy kompetentligini shakllantirish, ta’lim muassasalarida ularning kasbiy va shaxsiy kamolotini ta’minlash uchun zarur pedagogik shart-sharoitlarni yaratish, o‘qituvchilarni tayyorlash mazmuni va tuzilmasini modernizatsiyalash, psixologik-pedagogik sharoitlarini aniqlash hamda uning sifatini nazorat qilish va baholash mexanizmini ishlab chiqish orqali mutaxassis kompetentligini shakllantirishning asosiy maqsadini belgilaydi.

    Ta’lim jarayonini takomillashtirishning muhim omili ta’lim tizimida o‘qituvchilar kasbiy kompetentligini yuqori darajada shakllantirilishi bilan uzviy bog‘liq. SHu sababli, zamonaviy ta’lim texnologiyalari imkoniyatlaridan hamda yaratilayotgan o‘quv uslubiy majmualardan unumli foydalanish negizida o‘qituvchilar kasbiy kompetentligini shakllantirish jarayonining nazariy hamda amaliy asoslarini yaratish dolzarb vazifalardan biri ekanligini belgilaydi.

    SHu munosabat bilan o‘qituvchilarni oliy ta’lim muassasasida tayyorlash davridan talab qilinadigan kasbiy kompetentlik darajasini ta’minlaydigan yangicha yondashuvlarni ilmiy asoslash dolzarb vazifa bo‘lib kelmoqda.

    Mutaxassislarni kasbiy jihatdan tayyorlash borasida xorijiy mamlakatlarda amalda bo‘lgan ta’lim mazmunini bevosita o‘rganishi shuni ko‘rsatdiki, G‘arb mamlakatlarida asosiy o‘rinni mutaxassisning kompetentlik malaka darajasi egallaydi. Respublikamizning milliy ta’lim tizimi mohiyatiga ko‘ra ta’lim mazmunining minimal talablari bilim, ko‘nikma va malakaga asoslanadi.

    Agarda «kompetent» va «kompetentlik» tushunchalarining etimologik tahliliga nazar tashlasak, ular tasodifan yuzaga kelmaganligini anglash mumkin.

    Kompetentlik o‘qituvchi tomonidan alohida bilim va malakalarni egallanishini emas, balki har bir mustaqil yo‘nalish bo‘yicha integrativ bilimlar va harakatlarning o‘zlashtirilishini nazarda tutadi.

    Kompetentlik – bu o‘qituvchining shaxsiy va ijtimoiy ahamiyatga ega kasbiy faoliyatni amalga oshirilishi uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarning egallanishi hamda ularni kasbiy faoliyatda qo‘llay olishi bilan ifodalanadi.

    Ta’lim mazmunining o‘quv rejadagi fanlar bloklari (barcha fanlar uchun), fanlararo (fanlar to‘plami uchun) va predmetli (ma’lum bir fan uchun) tarzda guruhlanganligi bois quyidagi uch darajani namoyon etuvchi kompetentlikni e’tirof etib o‘tamiz:



    • tayanch kompetentlik (ta’limning gumanitar, ijtimoiy-iqtisodiy mazmuniga ko‘ra);

    • fanlararo kompetentlik (umumkasbiy tayyorgarlikning o‘quv fanlari va ta’lim bloklarining ma’lum doirligiga ko‘ra);

    • bitta predmet(fan) bo‘yicha kompetentligi (maxsus o‘quv fani doirasida aniq va ma’lum imkoniyatga egaligiga ko‘ra).

    SHunday qilib, tayanch kompetentlik pedagogik ta’limning har bir bosqichi uchun ta’lim bloklari va o‘quv fanlari darajasida aniqlanadi. Tayanch kompetentlik tartibini belgilashda kasbiy pedagogik ta’limning asosiy maqsadlariga muvofiq ijtimoiy va shaxsiy tajribaning mohiyati, ijtimoiy jamiyatda kasbiy faoliyatni tashkil etish jarayonida hayotiy ko‘nikmalarni egallashga imkon beruvchi asosiy turlar muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu nuqtai nazardan ular quyidagi kompetentlik turlariga bo‘linadi:

    1. Yaxlit - mazmunli kompetentlik. Bu o‘qituvchining qadriyatli yo‘nalishlari bilan bog‘liq, uning ijtimoiy borliqni his eta bilishi va tushunish qobiliyati, mustaqil hayot yo‘lini topa olishi, o‘zining ijtimoiy jamiyatdagi roli va o‘rnini anglab etishi, harakatlarni tashkil etishda aniq maqsadni belgilash hamda qaror qabul qilish malakasi, dunyoqarashi bilan bog‘liq kompetentlik, u o‘qituvchi uchun o‘quv va boshqa vaziyatlarda o‘zini aniqlash mexanizmini ta’minlaydi. O‘qituvchining individual ta’lim yo‘nalishi va uning hayotiy faoliyatining umumiy dasturi ana shu kompetentlikka bog‘liq.

    2. Ijtimoiy-madaniy kompetentlik. O‘qituvchi chuqur o‘zlashtirishi zarur bo‘lgan bilim va faoliyat tajribasining doirasi bo‘lib, milliy va umuminsoniy madaniyatlar xususiyatlari, inson va insoniyat hayotining ma’naviy - axloqiy asoslari, oilaviy va ijtimoiy an’analarning madaniy asoslari, inson hayotida fan va dinning roli, ularning moddiy borliqqa ta’siri, turmush va dam olish borasidagi bilimlar, masalan, bo‘sh vaqtni samarali tashkil etish usullarini bilishi.

    3. O‘quv - bilish kompetentligi, bu o‘qituvchining o‘rganilayotgan aniq ob’ektlar bilan bog‘liq mantiqiy, metodologik va ijtimoiy faoliyati elementlaridan iborat bo‘lgan mustaqil fikrlash kompetentliklarining to‘plami bo‘lib, unga maqsadni ko‘ra bilish, faoliyatni rejalashtirish, uning mazmunini tahlil qilish, refleksiya, faoliyatga shaxsiy baho berish borasidagi bilim va malakalar kiradi. O‘rganilayotgan ob’ektlarga nisbatan o‘qituvchilarni kreativ ko‘nikmalari, ya’ni bilimlarni bevosita borliqdan olish, nostandart vaziyatlarda muammoni hal etishning harakat usullari va evristik metodlarini egallaydi.

    4. Axborot olish kompetentligi. Audio-video ko‘rsatuv vositalari va axborot texnologiyalari yordamida mustaqil izlanish, tahlil qilish va zarur axborotlarni tanlab olish, ularni o‘zgartirish, saqlash va uzatish mahorati shakllantiriladi.

    5. Kommunikativ kompetentlik. Ta’lim oluvchilar bilan o‘zaro munosabatlar, ularning usullari, muloqot jarayonida ustuvor o‘rin tutuvchi tilni o‘zlashtirish, guruhlarda ishlash ko‘nikmalari, jamoada turli xil manaviy-marifiy tadbirlarni tashkil qilish va o‘tkazishni bilishni o‘z ichiga oladi.

    6. Ijtimoiy-faoliyatli kompetentlik fuqarolik (fuqaro, kuzatuvchi, saylovchi, vakil vazifasini bajaruvchi), ijtimoiy-mehnat sohasi (iste’molchi, haridor, mijoz, ishlab chiqaruvchi huquqlari), oilaviy munosabatlar va majburiyatlar, iqtisod va huquq masalalari, kasbiy, shuningdek, shaxsiy mavqeini aniqlash borasidagi bilim va tajribalarni egallash(xususan, mehnat bozoridagi mavjud vaziyatni tahlil qilish, shaxsiy va ijtimoiy manfaatlarni ko‘zlab, harakat qilish mahorati, mehnat hamda fuqarolik munosabatlarining odobini bilish)ni anglatadi.

    7. Amaliy faoliyatga oid kompetentlikda bir harakat holatidan ikkinchi harakat holatiga ko‘chira olish, harakat va amallarni yangi vaziyatlarda qo‘llay olish, yangi axborotlar ichida tez yo‘nalish olish ko‘nikmalari tushuniladi.

    Kasb ta’limi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha pedagog malakasini olgan oliy talim muassasasi bitiruvchisi: davlat ta’lim standartlari talablariga muvofiq ravishda pedagogik faoliyat olib borishga tayyor bo‘lishi, yuqori nazariy va amaliy tayyorgarlik darajasini ta’minlaydigan zamonaviy o‘qitish texnologiyalaridan foydalanishi, ta’lim dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etishi, ularni o‘quv rejasi va o‘quv jarayoniga muvofiq ravishda to‘la hajmda amalga oshirilishi uchun mas’ul bo‘lishi, ta’lim oluvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat etishni tashkil etishi, olingan bilimlarni amaliy fao-liyatda qo‘llashga ularni tayyorlashi va ta’lim oluvchilarning mustaqil ishlarini nazorat qilishi, aniq o‘quv fani o‘quv-metodik jihozlanishining bazasini yaratishi, ta’lim muassasasining ilmiy-metodik faoliyatida ishtirok etishi, sinf rahbari vazifasini bajarishi, ta’lim oluvchilar bilan tarbiyaviy ishni tashkil etishi va o‘tkazishi, o‘quv rejalari va dasturlarining bajarilishini ta’minlashi, ta’lim intizomini ta’minlashi, ta’lim oluvchilarning huquqlari va erkinliklariga rioya etishi, o‘z kasbiy malakasini oshirishi lozim.

    Kasbiy kompetentlilik mutaxassis faoliyatini va uning ichki tuzilishi muhim xarakteristikalarini aks ettirishga tayanadi deb tushunishga asoslangan holda, kasbiy kompetentlilik strukturasini uning asosiy komponentlarini tavsiflash nuqtai nazaridan oydinlashtirish mumkin.

    Maxsus yoki faoliyatli kasbiy kompetentlik – bu faoliyatni yuqori kasbiy darajada olib borishi. Maxsus kasbiy kompe-tentlik nafaqat maxsus bilimlardan, balki bu bilimlarni amalga oshirishdan iborat;

    Ijtimoiy kompetentlik – bu qo‘shimcha faoliyatni olib borish yo‘llarini bilish, hamkorlikda bajarish yo‘llarini bilish;

    SHaxsiy kompetentlik – o‘zini rivojlantirish va o‘zini ko‘rsatish yo‘llarini bilish (mutaxassis o‘zining faoliyatini rejalashtirish, mustaqil qaror qilish, ma’lumotlar bilan va o‘z ustida ishlash).

    Individual kompetentlik – bu o‘zini boshqarish yo‘llarini bilish, kasbiy rivojlanishga tayyorgarlik va kasbiy yangiliklar yaratish. SHu bilan birga o‘qituvchining bilimlari yangiliklar bilan boyigan bo‘lishi, psixologik va pedagogik fazilatlar yuqori darajada bo‘lishi.




    1. BOB BO’YICHA XULOSA

    Ta’lim jarayonini takomillashtirishning muhim omili ta’lim tizimida o‘qituvchilar kasbiy kompetentligini yuqori darajada shakllantirilishi bilan uzviy bog‘liq. SHu sababli, zamonaviy ta’lim texnologiyalari imkoniyatlaridan hamda yaratilayotgan o‘quv uslubiy majmualardan unumli foydalanish negizida o‘qituvchilar kasbiy kompetentligini shakllantirish jarayonining nazariy hamda amaliy asoslarini yaratish dolzarb vazifalardan biri ekanligini belgilaydi.

    Respublikamizning birinchi Prezidenti I.A.Karimov “Tarbiyachilarning o’ziga zamonaviy bilim berish, ularning ma’lumotini, malakasini oshirish kabi paysalga solib bo’lmaydigan dolzarb masalaga duch kelmoqdamiz. Mening fikrimcha, ta’lim - tarbiya tizimini o’zgartirishdagi asosiy muammo shu erda. O’qituvchi o’quvchilarimizga zamonaviy bilim bersin, deb talab qilamiz. Ammo zamonaviy bilim berish uchun, avvalo, murabbiyning o’zi ana shunday bilimga ega bo’lishi kerak”1.- deb ta’kidlaydi.

    Ushbu fikrlardan xulosa chiqargan holda o’qituvchilarining kasbiy kompetentligini shakllantirishda quyidagi bir qator ko’nikmalarga ega bo’lishi lozimligi belgilab olindi.


    1. O`qituvchilar o’z faoliyati jarayonida ibrat, namuna ko’rsatish bilan yoshlarning faolligini, his-tuyg’usini, hatti-harakatini rivojlantirishi va ta’sir eta olishi muhimligi aniqlandi;

    2. Har bir mashg’ulot uchun material tanlash, uni murakkablashtirish va oldingi hamda keyingilari bilan aloqasini ta’minlashni nazarda tutish, mashg’ulot o’yin, mehnat topshiriqlari va shu kabilarni yoshlarning yosh imkoniyatlari, ularni tarbiyalash va rivojlantirish istiqbollarini hisobga olish tizimi aniqlandi;

    3. Pedagogik jarayonni o`qituvchilar jamoasi va yoshlar bilan ishlashni qamrab olib, ta’limiy-tarbiyaviy vositalar majmuidan foydalangan holda rejalashtirildi;

    4. O’z ish o’rnini tashkil etish, zarur qo’llanma va hujjatlarni tayyorlash, ularni berilgan talablar asosida yuritishi belgilab berildi.




    Download 0.72 Mb.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   33




    Download 0.72 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’qituvchilarning kasbiy kompetentligini shakllantirishning yo’nalishlari

    Download 0.72 Mb.