Kashta tikish chambaraklari




Download 7.23 Mb.
bet28/34
Sana08.03.2021
Hajmi7.23 Mb.
#13196
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   34
Kashta tikish chambaraklari

Kashta tikiladigan gazlamani chambarakka tortishda uning kichik gardishi qo’yilib, iplarini qiyshaytirmasdan to’g’rilanadi. Katta gardishni uning ustiga qo’yib, bosib gazlama tarang tortib qo’yiladi.

Chambarak tortilayotgan yupqa gazlama yirtilmasligi, shuningdek, kashta tikiladigan gazlama ish paytida kir bo’lmasligi uchun, uning ustiga o’rtasi chambarakning diametridan kichikroq doira qilib qo’yilgan boshqa gazlama qo’yiladi.

Chambaraklar stolga mahkamlab qo’yish uchun vintli bo’lishi ham mumkin. Kashtalarning ko’p xillarida umuman chambarak ishlatilmaydi. Kashta tikish uchun cho’ziqroq ko’zli kalta (1 va 2 tartibli) ignalar tanlanadi. Ignaning ko’zi katta bo’lsa, bir necha qavat ipni o’tkazish oson bo’ladi. Bunday ignalar sanama va oddiy choklarni tikishda, hamda ipni sanash va ajratib olish uchun qulay. Jun ipni ignaga o’tkazish qiyin. Bu ipni o’tkazish uchun ignalar komplektidagi ip o’tkazgichdan foydalanish mumkin, uning bir qatim ipak yoki ingichka g’altak ip bilan o’tkazsa ham bo’ladi.

Qo’lda kashta tikish uchun o’ziga xos asboblar bo’ladi. Kashtachilikda ninalar, angishvona, qaychi, santimetr lenta, ilmoqli va ilmoqsiz bigizlar hamda chambarak (pyalsti) ishlatiladi. Kashtachilikda oq, kul rang, och sariq, och mallarang bo’z, surp, karboz, shoyi, baxmal, chit yoki satin kabi matolar ishlatiladi. Bunday matolarga naqsh kompozitsiyasi chizilganda yaxshi ko’rinadi, rangli iplarning aksariyati unga mos tushadi. Gullar va naqsh kompozitsiyalar chizish uchun chizg’ichlar, yumshoq qalamlar, daftar, albom, o’chirg’ich, millimetrli qog’oz, nusxa ko’chiradigan qog’oz va shaffof qogozlar kerak bo’ladi.

Chambaraklar gazlamani tarang tortib, so’ngra kashta tikish uchun ishlatiladi. 20 - 40sm. bo’lib, ikkita gardishdan iborat bo’lib, bir - biriniyg ichiga tushid turadi. Agar kichik gardish katta gardish ichiga qiyin tushadigan bo’lsa, katta gardishning ichki tomonini jilvir bilan tozalash kerak.

U juda kichik bo’lib, katta gardishdan tushib ketadigan bo’lsa, atrofiga yupqa gazlama o’rab qo’yish mumkin. Kashta tikiladigan gazlamani chambarakka tortishda, uning kichik gardishi qo’yilib, iplari to’g’rilanadi. Katta gardishni uning ustiga qo’yib, bosib, gazlama tarang tortib qo’yiladi. Chambarak tortilayotgan yupqa gazlama yirtilmasligi, shuningdek, kashta tikiladigan gazlama ish jarayonida iflos bo’lmasligi uchun, uning ustiga o’rtasi chambarakning diametridan kichikroq doira qilib qo’yilgan boshqa gazlama qo’yiladi. Chambaraklar stolga mahkamlab qo’yish uchun vintli bo’lishi ham mumkin.

Kashtalarning ko’p xillarida umuman chambarak ishlatilmaydi. Kashta tikish uchun cho’ziqroq ko’zli kalta (1 va 2 tartibli) ninalar tanlanadi. Ninaning ko’zi katta bo’lsa, bir necha qavat ipni o’tkazish oson bo’ladi. Bunday ninalar sanama va oddiy choklarni tikishda, hamda ipni sanash va ajratib olish uchun qulay. Jun ipni ignaga o’tkazish qiyin. Bu ipni o’tkazish uchun ninalar komplektidagi ip o’tkazgichdan foydalanish mumkin. Uning bir qatim ipak yoki ingichka tolali ip bilan o’tkazsa ham bo’ladi.

Chambarak asosan yog’ochdan yasaladi, u doira, kvadrat, to’g’ri to’rtburchak shaklida bo’ladi. Kichik kashtalarga doira chambarak ishlatiladi, chunki u qulaydir. Hamma kashtalarga ham chambarak ishlatilavermaydi. Ip va igna kashta tikiladigan matolar qalinligiga mos qilib tanlanadi. Kashtachilikda yog’och dastali ikki xil, ya’ni ilmoqli va ilmoqsiz bigizlar ishlatiladi. Ayrim materiallarga masalan, charm va kartonga qiynalmasdan tikish uchun ilmoqsiz bigizlar ishlatiladi. Naqshlar uchun o’tkir uchli 10-12 sm uzunlikdagi qaychilar ishlatiladi. Tikish qulay bo’lishii uchun, ip 50-60 sm dan uzun bo’lmasligi lozim, kashta chambarakda tikilsa, angishvona qo’llanilmaydi. Naqsh nusxasi har xil materiallarga, har xil yo’llar bilan tushiriladi.

Masalan, nusxa ko’chiriladigan qog’ozlar axta, yorug’lik yordamida, naqsh chizilgan qog’ozni material ustidan ko’klab chiqiladi, keyin bu qog’ozlar yirtib olinadi. Kashtaga iplar rangini moslab tanlash kashtado’zdan katta mahorat hamda did talab qiladi. To’g’ri tanlangan ip kashtaning jozibador chiqishiga sabab bo’ladi.



Download 7.23 Mb.
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   34




Download 7.23 Mb.