• Yo’rma chok”
  • Kashtachilikda tikish choklari




    Download 7,23 Mb.
    bet25/34
    Sana08.03.2021
    Hajmi7,23 Mb.
    #13196
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   34
    Kashtachilikda tikish choklari.

    O’zbekiston xonadonlarida asosiy bezaklaridan biri - kashtadir. Ayniqsa bayram, to’y, marosim paytlarida ular o’zbek xonadonida alohida ahamiyat kasb etadi: Kashtadagi katta gullar xonaga to’g’ri nisbatdan joylantiriladi va uzoqdan yaxshi ko’rinishi ham e’tiborga olinadi. Qorong’iroq uylarda joylashtirilgan rangorang ipak kashtalar tovlanib turadi va insonga estetik rux bag’ishlaydi. Kelin tushadigan xonaning devorlarida bo’sh joy qoldirilmaydi.

    Xuddi shu xususiyat boshqa millat va elatlardan farqlanadi. “Takiyapo’sh” (Nurato, Buxoroda “bolinpo’sh, ”Samarqand, Shaxrisabzda “yostiqpo’sh” deb yuritiladi). Bular taxmonga (rax) yig’ilgan ko’rpa - yostiqlarni yopib qo’yiladi. Taxmon (rax) uyning to’rida bo’ladi.

    Kashtachilik kishilarga estetik zavq bag’ishlaydi, uylarni bezatishdagi ahamiyati bilangina emas, balki asrlar davomida shakllangan odat va rasm - rusumlar sababli ham xalq orasida keng tarqalgan edi.

    So’zana, takiyapo’sh, joynamoz - inson, ayniqsa xotin - qizlar hayotidagi quvonchlik hodisalar bilan bog’liq bo’lgan. Ularni asosan kelin tomon atab tikar va beriladigan qiz sepining majburiy hamda asosiy qismini tashqil etadi. Yosh kelin - kuyovlarga qadim – qadimdan saqlanib kelayotgan odatga ko’ra, kashta gullariga “yomon ko’zdan saqlovchi” tumorchalar qo’shib tiqilgan. Bitgan kashtaga atayin ayrim joylari chala qoldiriladi. Bu esa o’ziga xos ramziylikni bildiradi, yani farzandlar davom ettirishi, hayotining bog’liqligi, avloddan - avlodga o’tishi yoki to’y ketidan to’y kelsin va kashtalar tikilaversin, qizim omon bo’lsin, boshimiz xursanchilikdan chiqmasin, degan ezgu niyatlari bildiradi.

    Kashtalarning hajmi turlicha bo’yi 230 - 280 sm va 170 -200 sm ular yaxlit manzarani kashf etadi. Takyapo’shlar so’zanalarga qaraganda kichikriq bo’ladi bo’yi 170 - 250 sm, eni 120 - 150 sm, kompazistiyasi so’zanaga o’xshash bo’ladi. Joynamoz va nikoh choyshabi (joypo’sht) ning gullari boshqacha bo’ladi. O’rtalarida gul tikilmaydi. Mehrobli bo’ladi. Bo’yi 130 - 150 sm, eni 90 - 110 sm. Joynamozning oyoq tomonidan hoshiya tikilmaydi, ochiq qoldiriladi. Ro’yjo: bo’yi 260 - 285 sm, eni 160 - 200 sm. Uning uy tomoni P- shaklidagi hoshiya bilan bezatiladi. Bug’joma: (bug’cha) kunduzlari o’rinni o’rab qo’yish yoki turli xil buyumlarni tugib qo’yish uchun mo’ljallangan. Uning markazida to’rtburchak shaklida ornament tikiladi, gohida bir burchagiga gul tiqilgan bo’ladi.

    Kashtachilik san’atiga ayollar o’zlarining kelajaklari bolalari va o’z baxtlari haqidagi orzu - umidlarini, tabiatga bo’lgan muhabbatlarini va go’zallikka intilishlarini singdiradilar. Bunday kashtaning noyob san’at sifatida yaratilishi tomoshabinning baxri - dilini, insonparvarlik, hayot va tabiatni sevish, ruhiy ozuqa olishdek insonda mehr uyg’otadi.

    Har bir oilada kashta tikish odat bo’lib, qizlar yoshligidan o’rgatilib boriladi. Ular o’zlariga onalardan chala qoldirilgan kashtalarni tikib davom ettirganlar va o’zlari ham yangi kashtalar tikkanlar.

    So’zanalar tikish bir yarim yil ikki yil davom etgan. Agar qizni turmushga chiqishi tezlashtirilsa, unda qarindosh - urug’lari, dugonalari va qo’shnilari to’yga qadar tugatish maqsadida yordamga kelganlar. Gul chizilmagan mato bo’lak - bo’lak bo’lib tiqilgan va oxirida birlashtirilgan. Kashtalarga “Qalamqosh” yoki “Chizmakash” deb nom olgan talantli xalq rassom - chizmakash ayollari gul chizganlar.

    Chizmalar o’lchamsiz asosan ko’z bilan chamalanib chiziladi. Har bir joy (hududning) o’ziga xosligi mavjud bo’lib, bu o’sha chizmakashning mahoratini, uning tabiati, o’rab to’rgan muhitning qanchalik aniq va keng bilishiga bog’liq bo’ladi. Ular asosan qadimdan qolgan chizmalarni asos qilib olsalarda, chizmalarga o’zlarining fantaziyalarini qo’shib borganlar. O’zbek kashtalarining o’ziga xos xususiyati hammani maftun etib olishida, ularda bir xil elementlarning uchramasligi va mexaniq ravishda qaytarilmasligidadir.

    XIX-asrning 80-yillarigacha yirik dekorativ kashtalar xonaki oq “karbos” ga sariq rangli “malla” matoga tikilardi. Hozirgi kunda “Zuxro” firmasida ham oq xonaki “karbos ga, o’zlari tayyorlagan tabiiy bo’yoqlarda, ipak iplarda kashtalar tikish yo’lga qo’yildi. Tabiiy bo’yoqlarda, tayyorlash texnologiyasini tiklash va uni rivojlantirish olib borilmoqda. Har bir xalqning kashtado’zlik bezak san’ati qadimdan rivojlanib kelayotgan o’z an’analari, badiiy uslublari mavjud. Hamma ish qurollari: igna, ilmoqli va ilmoqsiz bigizlar, angishvona, to’g’nog’ich, qaychidir.

    Kalta tikiladigan bigiz ilmoqli, yog’och dastali bo’ladi. Kashta tikish paytida barmoqlarga bigizning ilmog’i zarar etkazmasligi uchun maxsus barmoqqa kiydiriladigan asbob “noxunak” - tojikcha so’z bo’lib, “noxun” tirnoq, tirnoqqa kiydiriladigan ma’noni bildiradi.



    Bigiz - Buxoroda “daravsh” deb yuritiladi. Daravsh bilan tikishda ipak iplar avval kalava shaklida tayyorlanadi, bo’yaladi. Bo’yalganidan so’ng kalava qayta koptok shaklida o’raladi va iplarning biri o’ngga, biri esa chapga aylantiriladi , shundan so’ng ular birlashtirilib, ikki ip qatim qilinib o’raladi va kichik koptok shakliga keltiriladi. Daravsh bilan tiqilgan, tikiladigan matoning yuzi tomonidan taxminan 30 – 40 gradus qiyalikda so’kiladi va ip matoning ostidan barmoqlar yordamida berib turiladi.

    Yo’rma chok” bilan tiqilganda tikish gul konturi bo’ylab yo’rma chok zanjiri davom ettiriladi, chetki kontur tugagach, gulning ichiga turli tasvirlar tikib chiqiladi. Katta gullarni yo’rma - yo’rma zanjiri bilan to’ldirishda kashtachilar erkin uslubga suyanadilar.



    Kashtachilik san’atida har bir millatning o’ziga xos eng ko’p qo’llaydigan naqshlari bo’lgani kabi o’zbek kashtalarida gullar, qush va mevalar ko’p tasvirlanadi. O’rta Osiyoda kashtachilik juda keng tarqalgan bo’lib, xar bir o’zbek oilalarida ayollar kashta tikishni yaxshi bilgan. Xar bir oilada ayollar kirpech, so’zana, dorpech, oynaxalta, choyxalta va boshqalarni o’zlari tayyorlagan.

    Yurtboshimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek: «Biz o’z iste’dodli, fidoiy bolalarimiz, farzandlarimizga bilim va kasb cho’qkilarini zabt etish uchun qanot berishimiz kerak «Kasb-hunar inson uchun zarur faoliyat, kasb-hunarning umri uzoq, u o’lmas mo’’jiza, tugalmas boylik - javohirdir. Chunki u avloddan avlodga o’tadi. Kasb-hunar tufayli barcha orzu umidlarga erishish mumkin. O’z kasb-hunarini yaxshi bilgan kishining ishi unumli bo’ladi. Kasb-hunarni egallagan, mehnatdan bo’yin egmaydigan odam jamiyatda qadr-qiymat topadi. Xalq ichida obro’ - e’tibor topish, mansab pillapoyalaridan ko’tarilish ham halol mehnat, hunar sirlarini mukammal egallash natijasidir. Shuning uchun ham xalqimiz «mehnat qilgan-elda aziz» deb bejizga aytmagan.

    O’zbek xalqi azal-azaldan kasb-hunari, mehnati, halol va pokligi bilan dunyoga tanilib kelmoqda. Alisher Navoiy aytadi: Hunarni asrabon netgumdir, oxir, Olib tuproqqamu ketgumdir oxir. Buyuk allomalar hunarning inson hayotidagi ahamiyatini alohida ta’rif-tavsif etganlar. Xalqimiz «Hunar-hunardan unar» deganda, odamning rizq-nasibasi hunardan, mehnatidan paydo bo’lishini nazarda tutgan. Bizning ota-bobolarimiz azal-azaldan hunarmand, ijodkoru mirishkor bo’lishgan. Ularning hunarlari oradan necha yuz yillar o’tsa-da, hali-hanuz o’z qadr-qimmatini yo’qotmay, ko’rki - tarovatini namoyish etib turibdi.

    Duradgorlik deysizmi, naqqoshlik deysizmi, zargarlik deysizmi, bog’bonligu sohibkorlik, ustachilik deysizmi - hammani lolu hayron qoldiradigan ezgu ishlar ajdodlarimiz, ularning davomchilari bo’lmish bobokalonlarimizdan bizlargacha etib kelgan.




    Download 7,23 Mb.
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   34




    Download 7,23 Mb.