• Rapport”
  • Buxoro davlat universiteti pedagogika fakulteti tasviriy san




    Download 7.23 Mb.
    bet22/34
    Sana08.03.2021
    Hajmi7.23 Mb.
    #13196
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   34
    Simmetriya - tenglik degan ma’noni anglatadi. Bunda naqsh kompozitsiyasi o’q chiziqining markazi atrofida bir xil o’lchamda joylashadi, hamda bir butun yaxlit ko’rinishda tikiladi. Naqsh kompozitsiyasining simmetrik tuzilishi - “rapport” naqsh bo’laklari va bo’linish joylari esa “taqsim” deyiladi. Yo’l ichiga joylashgan “qoshiya naqsh” lari simmetrik rapport tarzida davriy (ya’ni ritmik) takrorlanib keladi.

    Rapport” naqsh kompozitsiyasining ma’lum tartib va oraliqda uzluksiz takrorlanib kelishini bildiradi.



    Assimetriya - simmetriyaning teskarisi bo’lib, bunda kompozitsiyadagi muvozanat qonuniyatiga amal qilinmaydi. Naqsh kompozitsiyasidagi harakat bir-biriga mutanosib ravishda joylashmaydi. Bunda naqsh kompozitsiyasi o’q chiziqi va markaz kabi shartli belgilarga rioya qilinmagan holda joylashtiriladi. Assimetrik naqshlarni ko’proq ayollar libosida, pannolarda ishlatiladi.

    Mustaqil ijod orqali yangi naqsh namunalari yaratilar ekan, ranglar jozibasi va yorqinligi ham aloqida his etib boriladi. Kashtado’zlik, ganchkorlik, yoqoch o’ymakorligi va boshqa xalq amaliy bezak san’ati turlarida dastlab buyum yoki ma’lum bir yuzalarga ishlanadigan naqsh kompozitsiyasini dastlabki xomaki namunasi ishlanadi va u “naqsh chizgilari” deb ataladi. Naqshning shakl yasovchi yo’l kompozitsiyasi va rang tuslari kompozitsiyaning nomlanishida katta ahamiyatga egadir.

    Mustaqil ijod orqali biz yangi naqsh namunalarini yaratar ekanmiz, ranglar jozibasi va yorqinligini ham aloqida his eta boshlaymiz. Chunki, kompozitsiyaning mazmuni va ma’nolariga mos ranglarning o’zaro birikuvi, naqshning nafisligini oshiradi. Tuzilgan kompozitsiyaning mazmunan boy, chiroyli tuzilishi, naqshning asosiy shakl chegarasiga ham bog’liq.

    Kompozitsiya tuzishda dastlab o’lcham aniqlangach, naqshning asosiy shakli bajariladi. Naqsh eskizini tuzishda elementlar ko’rinishini yo’l, aylana, chorsi va hokazo shakl o’lchamining ichiga joylashtiriladi.

    Masalan, so’zana, yostiq jildi, liboslar kompozitsiyasini misol qilsak bo’ladi. Bu oddiy naqsh kompozitsiyasini bosqichma-bosqich, yo’l, to’rtburchak va aylana kabi shakllar ichiga joylashtirib, kompozitsiyal tuzib chiqiladi.

    Naqshlarni - shakl yasovchi elementlarning nomlari bilan atash mumkin. Masalan, “mehrob lola” - ko’rinishi ifodalangan yo’l ichidagi naqsh shakli odatda “qoshiya naqshlar” deb atalganligi sababli “mehrob qoshiya” deb nomlanadi. To’rtburchak shakldagi naqshlar patnisga o’xshash bo’lganligi sababli “mehrob patnis” shaklidagi naqsh kompozitsiyasini tashkil etadi va shunday nomlanadi.

    Aylana - gardish shaklidagi naqsh kompozitsiyasi esa “aylana mehrob” naqshi deb ataladi. Ushbu naqsh shakllarini ixtiyoriy ravishda yakka (1), qush (2) va bir necha bandli ramka ko’rinishlarida chizish mumkin. Bunday turdagi ko’rinishlar “naqshlar rejasi” deb ham yuritiladi. Tuziladigan naqsh kompozitsiyasi naqsh kompozitsiyasini ana shu kabi turli qoliplar ichiga joylashtirib qosil qilinadi.

    Naqsh kompozitsiyalarini tuzishni o’rganishda xalq ustalarining ijodiy ishlarini kuzatib, ulardan nusxalar ko’chiradilar. Shuningdek, turli muzeylar, uylar va ma’muriy binolarni ichki va tashqi tomonlarini bezashda qo’llanilgan naqshlar va ularning turlari bilan tanishtirib boriladi. Naqsh kompozitsiyasini yangi nusxalarini yaratish, ularni yoddan chizish borasida tabiat qo’yniga sayoqatga chiqish va unda nazariy hamda amaliy bilim, malakalar asosida stillashtirish usullari bilan bevosita shuqullanish kerak.

    Yana ramziylik va qayta ishlashga doir maxsus ketma-ketlik asosida tuzilgan rangli yoki oq-qora foto-suratlardan foydalanish ham yaxshi natija beradi. Boshlanqich sodda naqsh kompozitsiyalarini tuzishda dastlab yuza sirtini, uning o’ziga xos o’lchamlarini diqqat bilan ko’zdan kechirib naqsh shaklini “xayolan” tanlab olamiz. (Masalan zo’zana yuzasiga bajariladigan eskiz). Albatta bu naqsh kompozitsiyasi biz qachonlardir kuzatib yoki o’zlashtirib olgan naqsh bo’laklaridan iborat.

    Bunda biz fikr yuritishimiz orqali ish tajribalarimiz, tasavvur, shuningdek xotira zaqiralarimizda qanchalik ko’p naqsh kompozitsiyasi mavjud bo’lsa, shuncha ko’p ajoyib naqshlar tuzishimiz mumkin bo’ladi.

    Kompozitsiyaning rejasini tuzish va chizish jarayonida, zamin bo’yicha tarqaluvchi naqshlar va elementlarning o’zaro mutanosibligi hisobga olinishi shart. Buning uchun dastlab naqsh kompozitsiyasining qoralama nusxasi chizib olinadi. So’ng, ana shu qoralama asosida (lozim topilgan taqdirda ayirish o’zgartirishlar kiritish orqali) har bir elementga aloqida ishlov berilgan holda, uning nusxasi kerakli matoga ko’chiriladi va yaxlit naqsh kompozitsiyasi tuziladi.

    Naqshda kompozitsiyalar asosan yakka va qo’sh bandli novdalar ishtirokida tuziladi. Yana bir boshqa naqsh kompozitsiyasini tuzish uchun mehrob ko’rinishigagi naqsh kompozitsiyasini tanlab olamiz. Mavjud mehrob elementini yo’l, to’rtburchak va aylana matolari ichiga joylashtiramiz. Ushbu mehrob shakli kompozitsiyada yasovchi (asosiy shakl) vazifasini o’taydi. Navbatdagi chiziluvchi barcha naqsh kompozitsiyasini to’ldiruvchi elementlar deb atash mumkin. Chunki ular (bodom, anor, novda, barg, gul, kurtak, va hokazo) naqsh yuzalarini to’ldirib turadilar. Endi mehrob ko’rinishigagi shakllarga novda harakati kiritiladi. So’ngra, shakl yuzalariga mos ravishda lola guli hamda kurtak naqsh kompozitsiyasini chizamiz. Bunda o’ziga xos ko’rinishdagi yangi naqsh nusxalari qosil bo’ladi.

    So’zanani tikishdan oldin, uning umumiy badiiy yechimini o’ylab ko’rish, bezakning, undagi ayrim bo’laklarning buyum yuzasiga qanday joylashtirishni, elementlarning nisbatlarini, qanday rangda tikishni, ya’ni kompozitsiya tushunchasiga kiradigan hamma narsani aniqlab olish kerak.

    Kompozitsiya xarakteri ko’proq ritmga - naqshdagi alohida elementlar yoki element gruppalarining qonuniy almashinishiga bog’liq bo’lib, bu kompozitsiyaning ifolali bo’lishiiga, aniq idrok etilishiga yordam beradi. Yo’l ichida bajarilgan ba’zi naqsh bezaklari, shunday xususiyatga egaki, har bir yo’lda ma’lum umumlashtirilgan uslubda, bitta motiv bir yoki bir necha marta takrorlanib, ritmik qator hosil qiladi.

    Mutlaqo bir xil elementlarning yoki elementlar gruppasining takrorlanishi rapport deyiladi. Naqshni tuzishda geometrik shakllar (uchburchak, kvadrat, yulduzcha, aylana va h.) dan, shuningdek to’lqinsimon, siniq chiziqlar, o’simlik motivlari (barglar, gullar, shohlar, daraxtlar)dan, jonivorlar dunyosi (hasharotlar, qushlar, baliqlar va h.) tasviridan, shuningdek, umumlashgan odam qiyofasidan foydalanish mumkin. Ba’zan naqshda geometrik shakllar bilan tabiat motivlari qo’shilgan bo’ladi. Naqshning hamma qismlari mutanosib bo’lishii kerak.

    O’zbek milliy kashtado’zlik xalq hunarmandchilik san’atining eng qadimiy turlaridan bo’lib, u xalqning o’z turmushini go’zal qilish istagi natijasida yuzaga kelgan. Kashta kiyimlar va buyumlarni bezashda hamda ro’zg’or bezak buyumlari tayyorlashda qadimdan qo’llaniladi.

    Kashtachilik san’ati nafaqat mamlakatimizda, balki chet ellarda ham shuhrat qozongan. O’zbek chevar ustalari qo’llari bilan tikilgan kirpech, so’zana, zardevor, gulko’rpa, choyshab kabilar Fransiya, Italiya, Yaponiya, Germaniya, Belgiya, Amerika, Hindiston kabi xorijiy, shuningdek Respublikamizning barcha viloyatlarida faqat xonadonlarda emas, balki amaliy san’at muzeylarida ko’p namunalari to’planib, doimiy ekspozitsiyaga aylanib qolgan. O’zbek kashtalarida o’simliksimon, geometrik shakl, hamda gul naqshlari ko’p qo’llaniladi. Kashta tikish uchun kashta gul, rasm bo’lishi zarur.

    Naqsh - arabcha tasvir, gul degan ma’noni anglatadi. Kashtado’zlik san’atida har bir millatning o’ziga xos eng ko’p qo’llaydigan naqshlari bo’ladi. O’zbek kashtalarida o’simliksimon, geometrik hamda gul naqshlari ko’p bo’lsa, rus kashtachiligida geometrik, o’simliksimon shakllar, gullar, qush va mevalar ko’p tasvirlanadi, qozoq va qirg’iz kashtachiligida esa ko’proq hayvonlar, shox va tuyoqlarni eslatuvchi elementlar tasvirlanadi.

    Rang-tasvir vositalar yordamida ishlangan, nur va soyalar hajmni keltirib chiqaradigan, shu bilan birga o’ylamay-netmay tabiatdan aynan ko’chirishga intilmagan rasmchini naturadan yaqinroq bo’lishi mumkin. Kashta gulini yaratishda naturaga qarab rasmni chizib oladi, keyin uni naqshga va turli naqshdor kompozistiyaga aylantiriladi.

    Naqsh bilan amaliy san’at buyumlari bezatiladi, shuning uchun u buyumning ajralmas qismi bo’lib, o’sha buyumning shakliga, vazifasiga va qanday materialdan tiqilishiga butunlay bog’liq bo’ladi. Rasmni naqshga aylantirishda uning (guli va hokazo) xarakterli belgilari tanlanadi.

    O’simlik, qush motivlarini aniq ko’rsatishga intilmay, faqat asosiy chiziqlarigina bo’rttirib kontur qilib chiziladi. Biror buyumni tikishdan oldin uning badiiy echimini o’ylab ko’rish, bezakning undagi ayrim bo’laklarining buyum yuzasiga qanday joylashtirishni, elementlarning nisbatlarini, qanday rangda tikishni, ya’ni kompozistiya tushunchasiga kiradigan hamma narsani aniqlab olish kerak. Kompozistiya xarakteri ko’proq ritmga-naqshdagi alohida elementlarga bog’liq bo’lib, bu kompozistiyaning ifodali bo’lishiga aniq idrok etilishiga yordam beradi.



    Download 7.23 Mb.
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   34




    Download 7.23 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Buxoro davlat universiteti pedagogika fakulteti tasviriy san

    Download 7.23 Mb.