Kashtado’z naqsh chizishda quyidagilarga amal qiladi




Download 7,23 Mb.
bet21/34
Sana08.03.2021
Hajmi7,23 Mb.
#13196
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   34
Kashtado’z naqsh chizishda quyidagilarga amal qiladi:

  1. Naqsh namunalaridagi chiziqlar harakatning stilistik birligiga erishish.

  2. Davriy takrorlanish.

  3. Simmetrik joylashuv va ranglar mutanosibligini aniqlash.

Bular mustaqil naqsh chizish jarayonida uning qismlari o’rtasidagi bog’liqlik, naqshdagi elementlarning o’q chiziqiga nisbatan teng ravishda joylashuvi, rang tuslarining bir-biriga muvofiq ravishda naqsh sirtiga yoyilishi, turli gullar, novdalar va shu kabi shakllarning uzviy ritmik jihatdan boqlanishi hamda shu kabilardan iborat.

  • Chiziladigan naqsh kompozitsiyasini shakl, o’lcham va taqsimlarini mo’ljalga olish.

  • Kompozitsiyaning yakka, yoki qo’sh banddan iborat bo’lishligini nazarda tutgan holda tanob (yasovchi) elementi shakllarini joylashtirish.

  • Kompozitsiyaga novda, barg, gul, shobarg va boshqa naqsh kompozitsiyasini kiritib mukamallashtirish.

  • Naqsh bandini bofta, shkufta kompozitsiyasi bilan bog’lab boyitish.

  • Kompozitsiyaning asosiy shaklini umumlashtirib, shu naqshni nomlash.

  • Kompozitsiyaning ma’no va maqsadini hisobga olgan holda rang tuslarini aniqlash va boshqalar.

Naqsh kompozitsiyalarini tuzish jarayonlarida simmetriya, assimetriya, ritm, muvozanat, elementlarning o’zaro birikuvi, turlanishi kabi qoidalarga rioya etish bilan birga, tabiat go’zalligini chuqurroq his etish, badiiy va ijodiy qobiliyatning rivojlanishi ham shakllanib boradi.



Download 7,23 Mb.
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   34




Download 7,23 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kashtado’z naqsh chizishda quyidagilarga amal qiladi

Download 7,23 Mb.