• Simmetriya
  • Buxoro davlat universiteti pedagogika fakulteti tasviriy san




    Download 7,23 Mb.
    bet23/34
    Sana08.03.2021
    Hajmi7,23 Mb.
    #13196
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   34
    Kompozistiya (mujassamot) - lotincha «Kompositio» so’zidan olingan bo’lib, to’qish, tuzish, bir-biriga solishtirish, naqshni g’oyasi, xarakteri va vazifasiga, muvofiq uyg’un hamda mutanosib joylashtirish degan ma’noni anglatadi.

    Ritm - naqsh kompozistiyasining ma’lum bir qismi, ma’lum bir masofada doimiy ravishda bir tekisda takrorlanib kelishi bo’lib, naqshdagi harakatning uzluksiz va go’zal ko’rinishini ta’minlaydi.

    Simmetriya - grekcha so’zdan olingan bo’lib, o’lchovlarning bir-biriga munosibligi tushuniladi.

    Assimetriya - kompozistiyada simmetrik qonun-qoidalarining muvozanatini buzilishidir.

    Stilizastiya - tabiatdagi o’simlik va boshqalarning tasviri, rangi, shakli va uzilishini badiiy usulda umumlashtirishdir. Naqshni tuzishda geometrik shakllar (uchburchak, kvadrat, yulduzcha, aylana va hokazolar) dan shuningdek, to’lqinsimon, siniq chiziqlar, spirallardan, o’simliklar (barglar, shoxlar, daraxtlar) dan, jonivorlar dunyosi (hasharotlar, qushlar, baliqlar, hayvonlar) tasviridan foydalanish mumkin. Naqshda geometrik shakllar bilan tabiatdagi o’simliklar qo’shilgan bo’ladi. Kashta bezaklariga simmetrik, ya’ni asosiy chiziqlar, shakllar, ranglarning gorizontal yoki vertikal simmetriya o’qiga nisbatan qonuniy joylanishi xarakterlidir.

    Gul bitta, shuningdek, ikkita yoki bir necha simmetriya o’qiga nisbatan tuzilishi mumkin. Kashtada gul ko’pincha yopiq yuzada, ya’ni qandaydir geometrik shakl bilan chegaralangan yuzada tuziladi. Bu kvadrat yoki to’g’ri to’rtburchak shaklidagi dasturxon, so’zana, palak, zardevor, kirpech, choyshab, belbog’, yostiq ustiga yopiladigan jild, dastro’mol va hokazolar bo’lishi mumkin.

    Buyum shakliga va kashtado’zning mo’ljaliga qarab kashta gulning shakli va joy o’zgarishi, masalan, dasturxon, dastro’mollarning burchaklariga yoki o’rtasiga kashta tiqilishi mumkin. Burchakdagi kashta gullarining tuzilishi har xil bo’ladi. Bezakda bargli va gulli novdalar burchakdan chap va o’ng tomonga yo’nalgan. Hamma bezaklarda aytilgan o’simliklarga o’xshashlik saqlanib, gul va barglari yangi shaklga kiradi. Ularda tabiatda uchraydigan kamchiliklar: burishgan yoki singan barglar, buralgan gulbarglar, singan yoki zichlashgan shoxchalar yo’q. Bunday novdani ko’rish uchun barglarni surib tekislash, ulardan bir qismini uzib tashlash kerak. Rassom ham kashta bezagini yaratishda xuddi shunday qiladi.

    Gul va barglarning aniq shakllari rassom o’ylaganicha itoat etib, yangicha yo’l yoki yuzani to’ldiradi. Bunday bezaklarda gullar, barglar va mevalar bir-biriga halaqit bermaydi, bir-birini ustiga o’tmaydi. Buyumni bezak elementlari shunday joylashtiriladiki, ular orasidagi bo’sh joylari bir tekisda taqsimlanib, bezakning bir qismi bo’lib qoladi. Kashta uchun xalq orasida tarqalgan bezaklar va rassomlar yaratgan rasmlardan foydalanish tavsiya etiladi. Rasmlarning ba’zi qismlarini ixtiyoriy ravishda kompozistiyalash ham mumkin, lekin tabiatni kuzatib, bezaklarni buyum yuzasiga joylashtirishni ham o’ylab topish yanada qiziqarliroqdir.





    Download 7,23 Mb.
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   34




    Download 7,23 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Buxoro davlat universiteti pedagogika fakulteti tasviriy san

    Download 7,23 Mb.