Ipakni bo’yashda o’simliklardan foydalanish usullari




Download 7,23 Mb.
bet19/34
Sana08.03.2021
Hajmi7,23 Mb.
#13196
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   34
Ipakni bo’yashda o’simliklardan foydalanish usullari:

  1. 1 kg ipakni sariq rangga bo’yash usuli:

Anor po’stlog’i nim qorong’u joyga quritiladi.

Quritilgan anor postlog’I yaxshilab yanchiladi.

500 gr yachilgan anor po’stlog’i, 5 gr ishqor. Bu aralashma 40-45 minut past olovda qaynatiladi, so’ng 80 gr achchiq tosh solinadi. Jamlangan ipak iplar solinib, 10-15 minut aralashmada saqlanadi va iplar sariq rangga bo’yaladi.

b) 1 kg ipakni yashil rangga bo’yash usuli:

Maxsus quritilgan o’sma o’simligi barglaridan 500 gr, 50-60 gr achchiq tosh, 5 gr soda, 200-300gr II yoki III temir oksidi. Aralashma 40-45 minut past olovda qaynatiladi. Qaynatilgan suv aralashmasiga iplar solinadi va 10-15 minut ikki qo’llab aylantirilib turiladi. Iplar yashil rangga bo’yaladi.

Kashta tikish uchun gazlama bilan, ip buyumlarining nimaga mo’ljallanganiga, bezakning xarakteriga va tikish usuliga muvofiq tanlanadi. Kashta tikiladigan matoga muvofiq rangdagi ip tanlash kashtado’zlikda katta ahamiyatga ega. Bu kashtado’zdan katta mahorat va did talab qiladi. Kashtada foydalaniladigan iplar rangining o’zaro muvofiqligi ham, kashtaning jozibador chiqishiga sabab bo’ladi. O’tmishda turli-tuman rangdagi matolarning kamligi sababli, ko’pgina bezak kashtalari bugun mato sathini kashta bilan qoplab tikilgan. Hozirda so’zana, choyshab, zardevor kabi bezak buyumlari baxmal, shoyi, satin matolariga tikilmoqda. Bu kashtani jozibador chiqarishda rangdan keng foydalanish imkonini beradi.

Kashtado’z kashta tikmoqchi bo’lgan libos shakliga, matosi rangiga qarab, kashta nusxasini tanlashi kerak. Mulina-yuqori sifatli paxta tolasidan tayyorlanadi. 12 qatli, maxsus ishlov berib sifati oshirilgan, chidamli bo’ladi. O’n yoki yigirma metrlik kalava tarzida chiqariladi. Ipak iplar-tabiiy va kimyoviy tolalardan tayyorlanadi. Pishitib-yigirilgan turli razmerdagi oq bo’yalgan bo’lib, kalava qilingan (40g li), g’altak va qog’oz patronlarga o’ralgan (50, 100, 200m uzunlikda) bo’ladi. 13-18-nomerli ipak iplar jun, zig’ir poyasidan, sun'iy tolalardan tayyorlangan iplar, mayin sim, zar ip, charmdan ensiz qilib tayyorlangan tasmalar bilan tikiladi.

Kashtaning rangi uning fonidan ya’ni, asosidan kelib chiqib, rang koloriti tanlanadi. Oq bo’z hech qachon sutdek oppoq bo’lmaydi. Uning biroz kulrang, sarg’ish tusi uzviy koloritni hosil qilishga bir qadar mosdir.

Agar fon bo’lsa, u holda shu rangga mos kashta ipaklari tanlab olinadi. Ba’zan fon ipaklar bilan birga ornamentning rang-barang ochilib turishiga xizmat qiladi.

Kashtalarda qo’llaniladigan yashil ranglar ham turli-tuman bo’ladi. Ularda sarg’ish yashil va ko’kish feruza (dengiz suvi rangi) turlari bilan birga to’q havo rang, yashil ranglarninig har xili qo’llanishi mumkin. Sariq va havo ranglarninig aralashuvidan hosil qilinadigan yashil rang ham har xil ko’rinishga egadir. Unda goh zarxal, goh havo ranglar tovlanib, ajoyib joziba hosil qiladi. So’zana tikkanda uning ornamenti sidirg’a tikiladi, bezaklari esa “Yoqimli” qizg’ish va “Yoqimsiz” to’q qizil ranglarninig tartibli ravishda qaytarilish asosida tikiladi.

“Yoqimli” to’q qizil va “Yoqimsiz” malla ranglarning bir xilda almashinib kelinishi Buxoro, Shofirkon kashtasiga mosdir.

Rangli bezaklar ishlashda faqat qizil ranglargina qo’llanilmay, balki gullar, doira bezaklarining ayrim joylari sariq, zangori, novvoti, och binafsha va pushti rang iplarda tikiladi. Odatga ko’ra gullar va doira bezaklarining chetiga konturlar tikilmaydi. Bu esa bezaklarninig tabiiy gulga o’xshashiga olib keladi. Gulninig barglari qora yoki boshqa ranglar chiziqlar bilan chegaralanadi. Kashtalardagi rang-baranglik, qizil va yashil, sariq va binafsha, to’q sariq va havo rang, yashil va to’q sariq, qora va oq ranglar kontrasti asosida beriladi.

Buxoro, Shofirkon kashtalarining xaraktarli tomoni shundaki, ularda ko’proq zangori, kul rang va pushti ranglar ishlatiladi. Aynan shu ranglarni Varaxsha devori naqshlarida ham (mil.av. VII asr yodgorligi) uchratish mumkin. Badiiy buyumlarini kashtachilikda bezash uchun, tabiiy iplardan foydalansa, buyumlar o’zgacha bir go’zallikga ega bo’ladi. Bunday ipak tolalar tabiiy yo’l orqali ranglanadi. Avvalambor, mahalliy sharoitda pilla tolasini yumshatiladi, va bajariladi.





Download 7,23 Mb.
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   34




Download 7,23 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ipakni bo’yashda o’simliklardan foydalanish usullari

Download 7,23 Mb.