MILLIY KASHTACHILIK TARIXIDAN




Download 7.23 Mb.
bet15/34
Sana08.03.2021
Hajmi7.23 Mb.
#13196
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   34
MILLIY KASHTACHILIK TARIXIDAN

Azaldan sharq mamlakatlarida, xususan Markaziy Osiyoda go’zallikka intilish, yashash joylari, xonalarga, oddiy buyumlar va kiyimlarga ham sayqal berib bezatish an’anaviy odat bo’lgan. Bu jarayon bugungi kunda ham dolzarb bo’lib, san’at darajasiga ko’tarilgan. Ayollarimiz va qizlarimiz milliy kiyimlar do’konlaridan kashtachilik va zardo’zlik  usulida bezalgan kiyim va buyumlarni harid qilishlari mumkin. Lekin, doim ham ko’ngildagidek narsani harid qilish imkoni bo’lavermaydi. Bu masalani ijobiy hal qilishda  ayollarimizni bichish-tikish ishidan habardor bo’lishlari juda qo’l keladi. Lekin, kiyim va buyumlarni kashtachilik va zardo’zlik usullarida bezashni  uddalash har kimning ham qo’lidan kelavermaydi. O’ylaymizki, har bir xonadonda chevar ayol-qizlarning bo’lishi  oila byudjetiga va ma’naviy hayotiga katta yordam bo’ladi.

Milliy kashtachilik xalq amaliy san’atining eng qadimiy turlaridan bo’lib, bu hunar ma’lum tarixiy davr-larda kishilarning o’z uyi, turmushini chiroyli qilish istagi tufayli yuzaga kelgan. O’sha paytlarda ham ayollar hozirgidek go’zallikka intiluvchi, har bir rangning tovlanishidan bir kashfiyot yaratuvchi bo’lishgan. Ular uylarida o’tirib, ozodalik va bola tarbiyasi bilan shug’ullanishgan. Bo’sh vaqtlarida esa, matoga rangli iplar yordamida jilo beruvchi gullar tikishgan. Kashtachilik san’ati nafaqat mamlakatimizda, balki chet ellarda ham shuhrat qozongan.

Mohir chevar ayollarimiz qo’llari bilan tikilgan so’zana, zardevor, gulko’rpa, choyshablar dunyo mamlakatlari, jumladan, Germaniya, Belgiya, Amerika Qo’shma Shtatlari, Hindiston, Franstiya kabi chet davlatlarda ham mashhur. Mamlakatimizga kelgan sayyohlar bu buyumlardan olmasdan qaytmay-dilar. Chunki bu buyumlarda Tojikistonning madaniyati mujassam. Bu sayyohlar mazkur hunarmandchilik namunalarini xonadonlarida sayohatdan esdalik sifatida e’zozlab saqlashadi. Qadimgi davrlardan hozirgacha buyumlar o’ziga xos go’zallik, nafis bezaklarning rang-barangligi bilan kishilarni hayratga solib kelmoqda.

Qadim-dayoq kashtachilik hunari san’at darajasiga ko’tarilgan bo’lib, buni badiiy kashtachilik deb ham yuritish odat tusiga kirgan.

Kashtachilikning qadimiy-ligini Markaziy Osiyo davlatlari hududida o’tkazilgan arxeologik topilmalar va yozma manbalar isbotlaydi. Kashtachilik san’atining eng qadimiy namunalari saqlanmagan bo’lsa-da, XIV-XV asrlarga mansub miniatyuralar orqali kashtachilikning juda qadimdan rivojlanganligini ko’rish mumkin. Keyinchalik XIX asrda kashta tikish mashinasining kashf etilishi bilan chevarlar ham uzoq muddatda bitkaziladigan bitta kashtaning o’rniga bir nechta kashta tikishni ma’qul ko’rishgan va shu tarzda qo’lda tikiladigan kashtalarga e’tibor kamaygan. Shunday bo’lishiga qaramay, xalqimiz orasida kashtachilikning ko’pgina turlarini tikish hunari hanuzgacha saqlangan. Aytish joizki, kashtachilik san’atida har bir millatning o’ziga xos eng ko’p qo’llaydigan naqshlari bo’ladi.



Tojik kashtachiligida chiroyli gullar, doirasimon, gul shoxchalari, bulbul, aylanma yo’lli naqshlardan ko’p foydalanilgani holda, o’zbek kashtalarida o’simliksimon, geometrik hamda gul naqshlari ko’proq aks ettiriladi. Rus kashtachiligida geometrik, o’simliksimon shakllar, gullar, qush va mevalar ko’p tasvirlanadi.

Qozoq va qirg’iz kashtachiligi bir-biriga yaqinroq bo’lib, ularda gul, geometrik shakllar bilan bir qatorda ko’proq hayvonlar, shox va tuyoqlarni eslatuvchi elementlar turli ranglarda tasvirlanadi.

O’rta Osiyo xalqlari, jumladan, tojik xalqida ham qadimiy an’analarga ko’ra, tojik qizlari ham turmushga uzatilayotganda kashtachilik buyumlari ularga sep tarzida berilgan. Kelinchakning kelinlik liboslari ham boshidagi ro’moli, paranjisi, ko’ylagi, nimchasi hatto oyoq kiyimlari ham chiroyli naqshlar bilan bezatilgan. Kelinchakning uyidagi ko’rpa-to’shak, ko’rpa ustiga tashlanadigan mato (ro’yjo), sholcha, gilam, supra va boshqa ro’zg’or buyumlari ham aynan yuqoridagidek naqshu nigor bilan bezatilgan. Kelinchakni uzatiladigan uyga olib boradigan ot va arava ham xuddi shunday yasatilgan.

Eng ajoyibi shundaki, bo’lajak kelinchaklar mana shu seplaridagi har xil kashtachilik buyumlarini o’zlari tayyorlashlari lozim bo’lgan. To’y kuni kuyovning uyiga ilib qo’yilgan buyumlarga qarab, kelinning qanchalidik chevar ekanligiga baho berishgan. Shuning uchun qizlarga 7-9 yoshidan boshlab kashta tikishga o’rgatishgan. Ular uch, to’rt yildan keyin mustaqil kashta tika boshlashgan.

Chevar kashtachilar o’zining san’ati va tabiatiga ko’ra, go’zallik haqidagi orzularini ifodalashga harakat qilganlar. Kashtalar qanchalik nozik, chiroyli bo’lsa, shunchalik qimmatga baholangan.



Kashtachilik - kashta tikish kasbi, amaliy san’atning qadimiy soxalaridan biri bo’lib kelgan. Arxeologik topilmalar kashtachilikning deyarli barcha xalqlarda qadiymiyligini, iqlim, tabiy sharoit, muxit bilan bog’liq xolda xar bir xalqning madaniyati, san’ati, kasb xunar turlari bilan birga, ularni tasiri bilan rivoj topganini ko’rsatadi. Kashtachilikni paydo bo’lishi teridan qilingan kiyimlarda bog’lam va choklarni yuzaga kelishi bilan bug’liq. Davrlar mobaynida toshlardan suyaklardan bigizlarga metal begizlardan o’tish bilan, to’qish, shuningdek mato to’qish bo’yash va boshqa ishlar bilan bog’liq.


Kashtachilik taraqiyotni Qadimgi Osiyo, Evropa, Amerika, madaniy yodgorliklari adabiy manba’lardagi kashtalar tasvirida, shuningdek, saqlanib qolgan kashtachilik namunalardan kuzatish mumkin. Kashtachilik maxsulotining eng qadimiy nosxalari saqlanmagan. Kashtachilik rivojlangan xaqlarda unga tasviriy san’atni tasiri katta bo’lgan. Masalan: XI asrga oid ingliz kashtalarida jang lavxalari aks ettirgan.

XIX asrning ikkinchi yarmida kashta tikish mashinasi ixtiro etilgach, sanoati rivoj topgan mamlakatlarda kashtachilik koronalar vujudga kela boshladi. Ishchilarni yo’lga qo’yilishi an’anaviy kashtachilikni inqirozga uchratdi. Kashtachilikdagi mavjud an’analar susayib ketdi, arzon boxo mashina kashtalari katta mahorat va ko’p mehnat talab qiladigan qo’l kashtalarini siqib chiqardi.





Download 7.23 Mb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   34




Download 7.23 Mb.