Buxoro davlat universiteti pedagogika fakulteti tasviriy san




Download 7.23 Mb.
bet11/34
Sana08.03.2021
Hajmi7.23 Mb.
#13196
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   34
Madohil - islimiy naqsh elementi madohil lola, tumor, uchbarg ko’rinishlarini eslatuvchi shakllar misolida uchraydi. Madohil mehrob namoyon naqshlarining yuqori qismlariga xos elementdir.

Gajak va jingalak-islimiy naqsh elementi. Tabiatda uchraydigan uzum, karnaygul, pechak o’t novdalarini stilizatsiyalashtirilgan holdagi ko’rinishlaridir. Gajak va jingalak elementlari namoyon, guldasta va islimiy naqsh birikmalarida uchraydi. Bofta islimiy va murakkab naqshlar elementi. Naqshdagi patnis tanob, mehrob, savat ko’rinishigagi ramkalarni yurak shaklidagi elementlari bilan bog’laydi. Bafta naqshlarda boqlovchi elementlar tarkibiga kiradi. Bofta islimiy ruta va girih qoshiya naqshlarining qam o’ziga xos elementlaridan biridir.

Shkufta - islimiy naqsh elementi, qisqacha shkift deb qam ataladi. Shkufta asosiy shakl yasovchi elementlarni kurtak-gajak ko’rinishlarida o’zaro bog’laydi. Naqshlarda shkufta va bafta elementlari to’q ranglarda bo’ladi. Naqqosh tabiiy shakllarni stillashtirib - qayta ishlar ekan u element va rang tuslariga oid ramziylik falsafasini qam keng yoritib berishga intiladi.

“Ota - bobolarimiz qadimiy obidalarini nafis naqshlar bilan bezar ekanlar, zavq olish bilan bir qatorda ular orhali o’z orzu - umidlarini, muhabbatlarini, tilaklarini kuylaganlar. Naqqosh ustalar inson ruhiyatini juda chuqur va qar taraflama o’rganib, uylarini ajoyib naqshu nigorlar bilan bezaganlar. Naqshlardagi mazmunlarni anglash uchun naqshning har bir elementi va ranglarini ramziy alifbosini o’rganish kerak. Ramz arabcha “ishora qilmoq” so’zidan olingan. Ramziylik olam va odam ruhiyati, tabiat, voqelik, hayot falsafasini jonli chiziqlar, ranglar orhali tasvirlashdir.





Download 7.23 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   34




Download 7.23 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Buxoro davlat universiteti pedagogika fakulteti tasviriy san

Download 7.23 Mb.