• Bulut olov
  • Atirgul
  • Besh kirrali yu
  • Buxoro davlat universiteti pedagogika fakulteti tasviriy san




    Download 7.23 Mb.
    bet12/34
    Sana08.03.2021
    Hajmi7.23 Mb.
    #13196
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   34
    Naqsh elementlarining ramziy ma’nolari.

    Teng tomonli uchburchak - tik turgan holati hayotning boshlanishi ramzi. Teskari turgan holati esa hayotning oxirini bildiradi.

    To’g’ri to’rtburchak – ishonch ramzi.

    Romb - ayol, ya’ni yor ramzi, serfarzandlik.

    Yarim aylana – baxt ramzi.

    Quyosh - hayot ramzi.

    Bulut olov - g’oliblik ramzi.

    Bodom - baxt-iqbol ramzi.

    Barg - bahorgi uyg’onish.

    Zirk guli (gulsafsar) - osoyishtalik va umr uzoqligi ramzi.

    Anor - ezgulik, to’qchilik ramzi.

    Oygul - baxt-iqbol ramzi.

    Olma - munabbat ramzi.

    Isiriq - yomon ko’zdan asrash ramzi.

    Atirgul - go’zallik ramzi.

    Sher - mardlik, adolat va kuchlilik ramzi.

    Bulbul – sadoqat ramzi.

    Xumo - baxt keltiruvchi qush.

    Baliq - mashxurlik ramzi.

    Oq kabutar – tinchlik ramzi.

    Oxu - go’zallik, noziklik ramzi.

    Aylana - olam, baxt, kuyosh odamlarni yovuz niyatidan qaytarish ramzi.

    Besh kirrali yulduz - xayotning kiskaligi, besh kunlik dunyo.


    TABIIY O’SIMLIK TURLARINI

    NAQSH ELEMENTLARI XOLATIDA CHIZISH.

    STILIZASIYA

    Naqqoshlik san’atining ildizi juda qadim o’tmishimizga borib taqaladi. Insoniyat o’zi uchun zarur bo’lgan jamiki buyumlarni badiiy bezab, takomillashtirib kelgan. Oddiy ro’zg’or buyumlaridan tortib, kiyim-kechak, kitob, bino bezaklari hamma-hammasi naqsh elementlari yordamida bezatiladi. Xalq amaliy san’atida bezak elementlari tabiatda uchrovchi o’simlik dunyosi, gul, novda, barg va hayvonlar tasvirini eng sodda ko’rinishlarida aks ettiriladi.

    Ma’lumki xar bir naqsh namunasi o’ziga xos naqsh elementlarini yigindisidan iborat. Stilizastiya asosan o’simlik va hayvonot dunyosidan olingan turli shakllar masalan, butalar, novdalar, shoxlar, barglar, gullar, mevalar va shu kabilarning tabiiy shakllarini qayta ishlash demakdir. Bunda tanlangan shaklni naqsh kompozistiyasi tarkibiga qo’shish mumkin bo’lgan bezak shakliga keltiriladi. Bunda o’quvchi butun bir yaxlit predmetning tashqi ko’rinishlarini bir nechta badiiy chiziqlar yordamida aniq lo’nda qilib tasvirlashni o’rganadi.

    Xalq ustalari qadimdan qo’llab kelayotgan jami naqshlar tabiat hamda voqelikning shartli tasviri bo’lishiga qaramasdan o’ziga xos qonun-qoidalarga ega. Bu qonun-qoidalar tabiatning o’zidan olingan. O’simliklar faqat bir tomonga qarab o’sadilar. Masalan, majnuntol xuddi pastga qarab teskari o’sayotgandek tuyuladi, lekin novdadan barg bo’lib, bir tomonlama yunalishda davom etib keladi. Tabiatning bu qonuni naqshda o’z aksini topgan. Usta chizadigan naqsh shunchaki qog’oz betini to’ldirish uchun emas, balki, ongli ravishda tabiat va badiiylik qonun-qoidalariga amal qilgan holda manzara tasvirini chizishdan iboratdir.

    Badiiy naqsh ishlash jarayonida o’quvchilar quyidagilarni puxta o’zlashtirib olishlari zarur:


    • atrof muxitdagi, tabiatda mavjud bo’lgan tabiiy shakllarni qayta ishlash, ya’ni stilizastiyalash yullarini bilishlari, undan samarali foydalana olishlari kerak.

    • berilgan naqsh elementlari yoki namuna asosida yangi naqsh kompozistiyasini tuza olishlari.

    • mustaqil ravishda yangi naqsh kompozistiyasini tuza oladigan bo’lishlari.

    Naqsh elementlari bilan tanishtiruv mashg’ulotlarida o’qituvchi o’quvchilarni tabiat qo’yniga sayohatga olib chiqadi va ular mashg’ulotlarda o’rgangan nazariy hamda amaliy bilim malakalari asosida, o’simliklar, hayvonot dunyosini kuzatadilar va “stilizastiyalashtirish” orqali ularning badiiy tasvirlarini, shakllarini hosil qilish bilan bevosita shug’ullanadilar. O’quvchilarga maxsus ketma-ketlik asosida tuzilgan rangli yoki oq-qora foto-suratlardan foydalanish orqali tushunchalar berish xam yaxshi natija beradi. Stilizastiya tabiatda uchraydigan o’simliklar, hayvonot dunyosini, uy-ro’zg’or buyumlarini tabiiy ko’rinishdan ancha soddalashtirib, eng ixcham ko’rinishlarda tasvirlash demakdir. Naqsh chizishni o’rganuvchilar ana shu usulni batafsil tushungan holda egallab olishlari lozim. Chunki ko’pgina naqsh kompozistiyalari ana shu tarzda qayta ishlangan turli-tuman shakllar, tasvirlar yordamida qilinadi.

    Naqqoshlik mashg’ulotlari jarayonida naqsh elementlarini chizish va ularni xosil qilish tartiblari yullari va usullari o’zlashtirib boriladi. Odatda badiiy naqshlar chizishda ko’proq barg tasvirlaridan foydalaniladi. Bunda barg islimiy naqsh elementlari sirasiga kirganligi sababli nozik, nafis ko’rinishlarda tasvirlanadi. Naqqoshlar tol, anor, xurmo, bodom, sambit, xina, atirgul, uzumlar va shu kabilar barglarini stilizastiyalashtirib, naqsh kompozistiyasini tuzishda qadimdan foydalanib kelganlar.



    Gullar - islimiy naqsh elementi bo’lib, naqshlarga targ’il pardoz berilganidan so’ng yanada ko’rk va husn bag’ishlaydi. Gul elementlari asosan naqsh shakllarining markaziy qismlariga joylashtiriladi. Gullarning ham bexisob turlari mavjud bo’lib, o’ziga xos nomlar bilan ataladi. Gul turlariga oddiy va murakkab ko’rinishdagi oygul, lola, paxtagul, chinnigul, pistagul, kuvachagul, karnaygul, safsargul, atirgul, nargizagul va boshka gul turlari kiradi.

    Novda - o’simliksimon naqsh elementi sirasiga kiradi. Gul, barg, mevabarg va boshka elementlarini o’zaro bog’lab biriktirib tuldiradi.

    Namoyon ruta, morpech, munabbat, turunj va turli murakkab naqsh kompozistiyalarida novda elementlari yakka va qush bandlarda uchraydi. Tanob naqsh namunalaridagi asosiy shakl yullarini yasaydi. Bunday shakl nomlari mexrob, medoxil qalampir, gardish va shu kabilar bilan ataladi.





    Download 7.23 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   34




    Download 7.23 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Buxoro davlat universiteti pedagogika fakulteti tasviriy san

    Download 7.23 Mb.