Buxoro davlat universiteti pedagogika fakulteti tasviriy san




Download 7.23 Mb.
bet10/34
Sana08.03.2021
Hajmi7.23 Mb.
#13196
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   34
«Naqsh» so’zi arab tilidan olingan bo’lib, «tasvir», «gul» ma’nosini anglatadi. Naqsh - muayyan tartibda bir maromda takrorlanishdan hosil bo’ladigan handasiy shakllar, o’simlik, qush, hayvon va boshqa tasvirlardan tarkib topgan bezak. Xom-ashyoga qarab naqshning o’yma, bo’yama, chok yordamida, zarb qilib, quyma, to’qima, qadama usullari qo’llaniladi.

Har bir naqshning taqsim va bo’laklari aniq o’lchamda, bir - biriga uyg’un bo’lishi, ranglar did bilan tanlanishi, o’zaro mutanosib yaratilishi lozim. Yurtimizda naqshlarning ikki: girih va islimiy turi keng tarqalgan. Girih murakkab geometrik naqsh bo’lib, u asosan, masjid, madrasa peshtoqlari va kitoblarga bezak berishda qo’llaniladi.



Naqshlar uchburchak, to’rtburchak, aylana va yoy shaklidan iborat. Uni tahlil etish, chizish, yangi turlarini yaratish maxsus tayyorgarlik va mahoratni talab qiladi. Girih naqshlar yaratilgan davrda oddiy bo’lib, keyinchalik takomillashib, murakkablashib borgan. Biroq qanchalik murakkablashgan bo’lmasin, uning qulay tomoni, ya’ni takrorlanuvchi ma’lum qismlari bor.

Shu bois tasvir takrorlangan sari go’zal, jozibador bo’ladi. Shakllariga qarab, girih naqshlari turlicha nomlanadi. Ko’rinishi 5 va 10 qirrali yulduz bo’lsa, «5 va 10 qirrali girih», pargar yordamida chizilgan egri chiziqlardan yasalsa «pargari girih» deyiladi. Bunday o’ziga xos zeb shaklining 300 dan ziyod turi naqqosh, girihshunos usta Z.Bositxonov tomonidan tiklangan.

Yurtimizdagi me’moriy obidalarda, xususan, Samarqand viloyatidagi Arabota maqbarasi, Karmana tumanidagi Mirsaid Bahrom, Navoiy viloyatidagi Raboti Malik karvonsaroyi, Xiva tumanidagi Juma masjid, Buxorodagi Minorai Kalon, Registon maydonidagi Ulug’bek, Sherdor, Tillakori madrasalari, Shohizinda ansamblidagi ko’pgina binolar, Zangiota maqbarasi bezaklarida girih naqshidan samarali foydalanilgan.

XX asrda usta Shirin Murodov, Shamsiddin o’afurov, Mahmud Usmonov binolarni bezashda qo’llagan girihlar o’zining oddiy va go’zalligi, mukammalligi bilan ajralib turadi. Bu naqsh namunalarini poytaxtimizdagi Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Davlat akademik katta teatri, Muqimiy nomidagi O’zbek davlat musiqali drama teatri binolari, O’zbekiston tarixi davlat muzeyida ham ko’rish mumkin. Islimiy naqsh turi ham keng tarqalgan. Uning shakli o’simliksimon bo’lib, asosini tanob, band, barg, butalar tashqil etadi. U bir-biriga uzluksiz ulanib, o’ralib ketadigan chirmoviqsimon naqshlarning takrorlanishidan tarkib topadi. Shuning uchun ba’zan ustalar uni o’rama yoki o’simliksimon naqsh deb ham atashadi.

Islimiyning xillari ko’p bo’lib, qaysi shakl bilan to’ldirilsa, shu shakl nomi bilan ataladi: islimiy barg, bargak, bofta, gul, zanjira, madohil va boshqalar. Islimiy me’morchilik bilan birga, ganchkorlik, naqqoshlik, yog’och o’ymakorligi, kandakorlik, zardo’zlik, kulolchilik, gilamchilik, kashtado’zlikda qo’llaniladi. Bu uslub O’rta Osiyo, Yaqin Sharq, Hindiston, Eron, Turkiya, Afg’oniston ustalari tomonidan keng qo’llanilgan. Uning noyob namunalarini Xivadagi Pahlavon Mahmud maqbarasi gumbazi osti bag’allari va Registon ansamblida uchratish mumkin.

Barglar islimiy naqsh elementlari sirasiga kirganligi sababli nozik, nafis ko’rinishlarda tasvirlanadi. Naqqoshlar tol, anor, xurmo, bodom, sambit, xina atirgul, uzum va shu kabilar barglarini stilizatsiyalashtirib, naqsh kompozitsiyalarini tuzishda qadimdan foydalanib kelganlar. Barglar oddiy va murakkab turlarga bo’linadi: Oddiy barglar-bodom bargi, arra tishli va to’lqinsimon barg ko’rinishlarida uchraydi.

Gullar - islimiy naqsh elementi bo’lib, naqshlarga targ’il pardoz berilganidan so’ng yanada ko’rk va xusn bag’ishlaydi. Gul elementlari asosan naqsh shakllarining markaziy qismlariga joylashtiriladi. Gullarning qam beqisob turlari mavjud bo’lib, o’ziga xos nomlar bilan ataladi. Gul turlariga oddiy va murakkab ko’rinishdagi oygul, lola, paxtagul, chinnigul, pistagul, ko’vachagul, karnaygul, safsargul, atirgul, nargizgul va boshqa gul turlari kiradi.

Novda - o’simliksimon naqsh elementi sirasiga kiradi. U gul, barg va quncha kabi boshqa elementlarini o’zaro bog’lab biriktirib to’ldiradi. Namoyon ruta, morpech, munabbat turunj va turli murakkab naqsh namunalaridan novda elementlari yakka va qo’sh bandlarda uchraydi. Bog’lam va sirtmoqlar islimiy naqsh elementlari. Novda va ramka shakllariga xos boqlovchi oddiy arqon kurtak va sirtmoq bog’lami turlarini eslatadi .

Tanob - naqsh namunalaridagi asosiy shakl yo’llarini yasaydi.Bunday shakl nomlari mehrob, modoqil, bodom, qalampir, gardish va shu kabilar bilan ataladi. Tanob bafta, shkufta, bog’lam elementlari bilan bog’lanadi.

Marg’ula elementi ayrim novda va tanob shakllarining tugallanishini bildiruvchi qo’sh chiziqli gajak, marg’ula naqsh kompozitsiyalarida kurtak elementlari bilan birin-ketin goqida o’rindosh sifatida qam uchraydi. Kurtak elementi asosan bodom, qalampir, tirnoq ko’rinishlariga ega. Marg’ula va kurtak elementlari novda, tanob, yasovchi ko’rinishlarini boyitadi.





Download 7.23 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   34




Download 7.23 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Buxoro davlat universiteti pedagogika fakulteti tasviriy san

Download 7.23 Mb.