Buxoro davlat universiteti pedagogika fakulteti tasviriy san




Download 7.23 Mb.
bet16/34
Sana08.03.2021
Hajmi7.23 Mb.
#13196
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   34
BUXORO VA NUROTA

KASHTACHILIK MAKTABLARI
Kashtachilik - O’zbekiston amaliy bezak san’ati turlari orasida o’zining qadimiy an’analariga ega bo’lgan san’at turi hisoblanib O’rta Osiyoning yirik savdo hunarmandchilik markazlari va qishloqlarida keng tarqalgan. San’atning ushbu turi o’zining poetik rang - barangligining saqlab qolishi bilan birga xalq orasida qadrlanib, o’z mohiyatini yo’qotmadi. Kashtachilik asosan 6 ta hududiy guruhlarga, ya’ni maktablarga bo’linadi. Jumladan, Nurota, Buxoro, Samarqand, Shahrisabz, Toshkent hamda Farg’ona kashtachiligi maktablaridir.

Kashtachilikning yirik markazlaridan biri sanalgan Nurota asrlar mobaynida kashtalarning mukammalligi, aniq ifodaliligi, tasvir aniqligi, o’simlik naqshlarining serjilvaligi bilan boshqa maktablardan ajralib turadi. XIX asrda Nurota kashtalari gulli guldastalar bilan bezatilib matoning oq foniga tig’iz to’ldirilmagan. Nurota kashtachiligi o’zining gullarning serjiloligi Kompozistiyaning bunday turi Nurotada “Chor shohu yak moh” - “4 ta shohu bitta oy” degan ma’noni anglatadi. Shu turdagi so’zanalarga XIX asrning o’rtalarida Nurota kashtachiligi tomonidan yaratilgan, hozirgi kunda esa O’zbekiston Davlat San’at muzeyida saqlanib kelinayotgan ajoyib so’zana o’zgacha engilligi va gulli naqshlarning serjilvaligi bilan ajralib turadi.

So’zana ornamentining ayrim joylarida guldastali guldonlar hamda guldastaning o’rtasida anor shaklini ko’rishimiz mumkin. Mallarang, tillarang, havorang, pushti, nofarmon och yashil ranglar bir - birlari bilan uyg’unlashib, so’zanaga o’zgacha bag’ridillik baxsh etadi. Naqshlari romb shaklida tuzilgan hamda tishli barglar bilan bezatilgan.

(“Tobadoni” - katakli, panjarali) so’zanalar ham Nurota kashtachiligining yana bir turi hisoblanadi. Uning kataklari shoxli barglar, shoxli gullar va kosagullar, hamda qushlar va hayvonlarning shakli bilan to’ldirilgan. Shunday so’zanalar ham borki, ular mato fondidan ayrim gulli motivlar shaxmat tarzida joylashgan.

XIX asr oxiri XX asr boshlarida Nurota kashtachiligida keskin pasayishi seziladi. Gulli motivlar detallarning rang - barangligini yo’qotib, bir xil doiralarga aylanib qoladi.

Nurota kashtalari asosan “bosma” uslubi bilan tikiladi va naqshlarning cheti zanjirsimon uslub bilan aylantiriladi. Kashta ranglari och ranglar bilan tikilgan. Nurota kashtachiligida quyidagi kashta turlari va badiiy buyumlar tikiladi: so’zana, nimso’zana, takiyapo’sh, joynamoz, joypo’sh, zardevor, gulko’rik, dastorpech, belbog’, qo’lro’mol, yostiq, oynaxalta, choyxalta, choyshab. Kashta asosan bo’z, chit, satin, shoyi, baxmal movutga tikiladi. Iplari ipakdan yigirilib, bo’yoqlari tabiiy o’simliklardan olinadi. Lekin hozirgi kunda sun’iy toladan yigirilgan va kimyoviy bo’yoqlar bilan bo’yalgan iplar kashtachilikda ishlatilmoqda.

Nurota kashtalarini engil, yorqin tonlar: qum, oltin, havorang, malina, pushti, och ko’k roangli iplari bilan tikilgan. Kashtachilik san’atining qadimgi maktablaridan bo’lmish Buxoro viloyatining milliy kashtachilik, san’atini o’ziga xos xususiyatini, tabiiy bo’yoqlarini qo’llanilishi texnologiyasi va bezaklarining qadimiy nusxalarini tikilishi, shu kunda xalqimiz diqqat e’tiborini o’ziga tortdi. Buxoro kashtachilik san’ati bilan tanishish, uni o’rganish yoki avlodga etkazish kerak.

Buxoro kashtalarining o’ziga xos belgilaridan biri ularda “yo’rma” choki mahorat bilan qo’llanilishida va havo rang, gul rang,binafsha rang, pushti va och sariq rang, qizil malina va ko’k ranglar bilan uyg’unlashidadir. Buxoro kashtalarida “yo’rma” chokdan tashqari, kompozistiyasi, tuzilishi va gullarni ham juda xilma - xildir. Mato yuziga bir tekis joylashgan ingichka shoxdagi gullar shoxlar bilan o’ralgan yo’rma do’zi qilinganligi bilan ajralib turadi. Buxoro maktabida esa, ko’proq igna bilan birga yo’rma choki bajarilgan.

G’ijduvon chevarlari ipak ipni chap - rost qilib chillikda tob berib bajarsalar, buxoroliklar birishim iplari bilan chap rost toblamasdan kashta tikishgan. G’ijduvon kashtalari asosan oq, kulrang, malla, tabiiy rangli karbos, qizil satin, oq surp va qo’ng’ir rang rensga tikilgan bo’lsa, Buxoro kashtalari oq karbos, rangli adras, shoyi va hisori matolarga bajarilganligi bilan farqlanadi.

G’ijduvon so’zanalari joypo’sh va joynamozlari kompozistiyasi an’anaviy markaziy maydon, keng hoshiya va 2 ta tor hoshiyalardan iborat, markaziy maydonda simmetrik naqshlar ketma - ket holatda joylashtiriladi.

Keng hoshiyada asosan markaziy maydondagi naqshlar simmetrik holatda takrorlanadi yoki “islimiy” holatda takrorlanadi, naqshdan iborat bo’ladi. Ikkita tor hoshiyada bir - biriga o’xshash geometrik “islimiy” ngaqsh, “miandr”, “mavj” yoki “sebarga”dan ikki yoki uch qator yo’rma chiziqlari o’tkazilgan. Kompozistiyani birinchi holatda asosan geometrik doiralar, “to’pbarggullar”, butalar va shoxchalar tashkil qiladi. Ochiq qolgan joylarga barg, shoxcha, ko’zacha, oftoba, ayrim hollarda qushlar tasviri tikib to’ldiriladi.

Kashtalarda - butagul, gul daraxt, qo’shko’rak, tagalak, anguri, shobarg kabi shaqshlar uchraydi. Ba’zi hollarda katta binolarning arab yozuvida forsiy va turkiy tillardagi baytlar tikib bezatishgan. Odatda, yirik katta buyumlari nusxalarini maxsus tajribaga ega bo’lgan chizmakash - nusxachalar chizishgan. Chizmakash naqshlarni “rangli siyo” - qora tabiiy bo’yoqlar bilan chizgan. Kashta kompozistiyasi chizilayotganda, matoh yaxshi taxta qilib tikilgan, uning dioganallari bo’yicha qatlab markazi topilgan, keyin asosiy maydon va keng hoshiyaga ajratilgan. Har bir kashta nusxasini yaratish chizmakash uchun ijodiy jarayon hisoblangan. U hech vaqt tayyor ulgudan nusxa kuchirmagan. Ammo u kashta nusxasini kashtachiga ham chizma tariqasida bermagan. Uning hunari shaxsiy sirga ega deb hisoblangan. Kashtachilar kashta tikishda ayrim unsurlarni tikmay qoldirishgan.

Buning ma’nosi, kashtachi chevarga ko’z tegmasin. “Chashmi bulbul”, “dandon”, “dutarafa dandon”, “zanjiri”, “barra tishi” naqshlari kashta qismlarini chegaralashda qo’llanilgan. G’ijduvon kashtachilari ranglarni mahalliy tilda: pistoqi yashil, nofarmon - siyohrang gulobi ko’k, shirchoyi - nilobi, gilosi - to’q qizil, kabo’ti - yashil, siyoh - qora, zard - sariq, xokistar - kulrang.




Download 7.23 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   34




Download 7.23 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Buxoro davlat universiteti pedagogika fakulteti tasviriy san

Download 7.23 Mb.