Qo’lda kashta tikishning ikki turi bor




Download 7.23 Mb.
bet29/34
Sana08.03.2021
Hajmi7.23 Mb.
#13196
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34
Qo’lda kashta tikishning ikki turi bor:

  1. Matoning arqoq hamda o’rim iplarini sanab kashta tikish;

  2. Matoga naqsh-gul, tasvir konturini chizib, erkin kashta tikish.

Arqoq va o’rim iplari kesishtirib to’qilgan mato polotno, bo’z shaklida to’qilgan matoga tikiladi. Chunki bunday mato ishlarini sanab tikish qulay. Bunday kashta gullari geometrik shakllar, uzun-qisqa to’g’ri chiziqlardan iborat. O’zbekistonda sanama kashtaning iroqi turi tarqalgan. Erkin kashta esa har qanday matoga tikilaveradi, tanlamaydi, tushirilgan tasvir chiziqlari asosida tikiladi. Kashta tikishni boshlaganda naqshlar cheti (konturi) oldin tikib chiqilib, keyin ichi to’ldiriladi.

Kashta tikilayotgan buyum tiza ustiga erkin tashlab qo’yilib tikiladi. Yirik buyumlar (so’zana, takiyapo’sh, gulko’rpa, choyshab, palak va boshqalar) kompozitsiya va naqsh chizilgach, bir necha taxtaga ajratilib, kashtado’zlik qilingach, qaytib birlashtirib tikiladi. Bunda har bir bo’lak boshqa-boshqa chevar tomonidan tikilishi mumkin, ammo ip ranglari va uslub chizmada belgilab olinadi va umumiy ranglar gammasi saqlangan bo’ladi. O’zbek kashtachiligida iroqi, ilma, bo’rma, bosma, xamdo’zi, chamak, chinda xayod, baxya choklari keng tarqalgan. Turli joylardagi badiiy kashtalarda choklar turlicha tikiladi. Chunonchi, Toshkentda ko’proq bosma choki, Shaxrisabzda yo’rma, kandaxayol, iroqi, Buxoro, Samarqand, Nurotada yo’rma choki bilan tikiladi. Eng muhim masalalardan biri, avvalo kashtado’zning ish o’rniga katta e’tibor berish va qulayliklar yaratishdir. Kashta tikish qulay bo’lishi, charchatmasligi uchun, ish o’rnini to’g’ri tashkil etish, mehnat qilishning muayyan qoidalariga rioya etish kerak.





Download 7.23 Mb.
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34




Download 7.23 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qo’lda kashta tikishning ikki turi bor

Download 7.23 Mb.