• ISLIMIY NAQSHLARDAN FOYDALANIB, KASHTACHILIKDA SOVG’ABOP BUYUMLAR TAYYORLASH”
  • Kashtachilikda buyum tikishda kompozitsiya ikki qismdan iborat




    Download 7.23 Mb.
    bet32/34
    Sana08.03.2021
    Hajmi7.23 Mb.
    #13196
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34
    Kashtachilikda buyum tikishda kompozitsiya ikki qismdan iborat:

    1. Markaz qismi

    2. Hoshiya qismi

    Kashtachilikda sovg’abop buyumlarning naqsh kompozitsiyasini yo’rma chokida tikilgan bo’lib, markazida stillashtirilgan gullar mavjud. Uuning atrofida ikkita stillashtirilgan bodom va anor, shu bilan birga stillashtirilgan burglar mavjud. Buyumning chetlarida hoshiya qismi mavjud bo’lib, ularning atrofida stillashtirilgan gullar, novda va bodom naqshlari ritmik holatda joylashgan.

    Sovg’abop buyum yoqimli qizg’ish, sariq, yashil va to’q qizil ranglarning tartibli ravishda qaytarilishi asosida tikiladi. Bu ranglarning bir xilda almashinib kelishi, Buxoro, Shofirkon kashtasiga mosdir. Rangli bezaklar ishlashda, faqat qizil ranglargina qo’llanilmay, balki gullar va bezaklarining ayrim joylari sariq, zangori, novvoti, och binafsha va pushti rang iplarda tikiladi. Odatga ko’ra gullar va doira bezaklarining chetiga konturlar tikilmaydi. Bu esa bezaklarning tabiiy gulga o’xshashiga olib keladi.

    Gulning barglari to’q rangli chiziqlar bilan chegaralanadi. Kashtalardagi rang - baranglik qizil va yashil, sariq va binafsha, to’q sariq va havo rang, qizil va havo rang, yashil va to’q sariq, qora va oq ranglar kontrasti asosida beriladi. Buxoro kashtalarining xarakterli tomoni shundaki, ularda ko’proq zangori, kulrang iplar ishlatiladi. Aynan shu ranglarni Varaxsha devori naqshlarida ham (mil.avv. VII asr yodgorligi) uchratish mumkin.

    Tuzilgan kompozitsiyaning mazmunan boy, chiroyli tuzilishi, naqshning asosiy shakl chegarasiga ham bog’liq. Kompozitsiya tuzishda dastlab o’lcham aniqlangach, naqshning asosiy shakli bajariladi. Naqsh eskizini tuzishda elementlar ko’rinishini yo’l, aylana, chorsi va hokazo shakl o’lchamining ichiga joylashtiriladi. Masalan, so’zana, yostiq jildi, liboslar kompozitsiyasini misol qilsak bo’ladi. Bu oddiy naqsh kompozitsiyasini bosqichma-bosqich, yo’l, to’rtburchak va aylana kabi shakllar ichiga joylashtirib, kompozitsiyal tuzib chiqiladi.

    Odatda so’zanalar o’zida koinot, tabiat, baxt va sevgi tushunchalarini ifodalovchi xushmanzara polotnolardir. So’zanalar sathida voha chevarlari tasavvurlaridagi dunyo aks etgan. So’zanalarning hajmi bo’yicha 1,5 metrdan 2 metrgacha, uzunligi 2 metrdan 4 metrgacha bo’lgan. Hamma so’zanalarga “mehrobgul” nomli jingalak naqshlar tushirilgan, keng hoshiyalar bilan o’rab olinadi. Tashqi hoshiyalar esa “oba” (suv) nomli to’lqinsimon naqshlar bilan bezatiladi.

    Markazda asosan oy va quyoshni ifodalaydigan katta aylanalar joylashgan. Ushbu aylanalar soni 1 tadan 8 tagacha bo’ladi. Kashta tikilgan so’zana va yostiq jildi yakunlangandan so’ng, buyum choklari tozalanib, teskari tomonidan namlangan mato bilan dazmollangan bo’lishi kerak. Buyumning ikki marta buklab tikilgan cheti o’ng tomonidan ham dazmollanadi.

    Kashta tikilgan so’zanalar, qiyiqchalar, dastro’mol, dasturxon va boshqa kashta buyumlarining chetlari cho’zilib ketmasligi uchun o’rtasidan boshlab dazmollanadi. Dazmollangan bunday kashta buyumlar to sovuguncha yoyilgan holda yotishi kerak.

    Kashtado’z, musavvir, shoir yoki sozanda biron-bir yangi asarni yaratar ekan, albatta tabiatdan ilqom oladi va undagi mavjud go’zallikni yanada jozibaliroq aks ettirishga harakat qiladi. Ma'lumki, o’zbek xalq amaliy bezak san'atining qaysi bir turi bo’lmasin, uning zaminida naqsh kompozitsiyasi - kompozitsiya asoslari yotadi. Mavjud naqsh kompozitsiyasini ma'lum qonun-qoidalarga amal qilingan holda joylashtirish, ya'ni kompozitsiya tuzish uziga xos bilim va malakaga ega bo’lishni talab etadi.

    Birgina “Bodom”, “qalampir” nusxalari shaklidan kashtado’zlik, ganchkorlik, kulolchilik, zardo’zlik kabi xalq amaliy san'atida turli-tuman o’ziga xos naqsh namunalarini yaratish mumkin.

    “O’zbek xalq ustalari qadimdan qo’llab kelayotgan ko’plab naqshlar, tabiat hamda voqelikning shartli tasviri bo’lishiga haramasdan, o’ziga xos qonun-qoidalarga ega. Bu qonun-qoidalar tabiatning o’zidan olingan. O’simliklar faqat bir tomonga qarab o’sadilar.

    Masalan, majnuntol xuddi pastga qarab teskari o’sayotgandek tuyuladi, lekin, novdada barglar bo’lib, bir xil yo’nalishda davom etib keladi. Tabiatning bu qonuni naqshlarda ham o’z aksini topgandir. Usta chizadigan naqsh shunchaki qog’oz betini to’ldirish emas, balki ongli ravishda tabiat va badiiylik qonun-qoidalariga amal qilgan holda manzara tasvirini chizishdan iborat”.

    Naqshlarni – shakl yasovchi elementlarning nomlari bilan atash mumkin. Masalan, “mehrob lola” – ko’rinishi ifodalangan yo’l ichidagi naqsh shakli odatda “qoshiya naqshlar” deb atalganligi sababli “mehrob qoshiya” deb nomlanadi. To’rtburchak shakldagi naqshlar patnisga o’xshash bo’lganligi sababli “mehrob patnis” shaklidagi naqsh kompozitsiyasini tashkil etadi va shunday nomlanadi. Aylana – gardish shaklidagi naqsh kompozitsiyasi esa “aylana mehrob” naqshi deb ataladi. Ushbu naqsh shakllarini ixtiyoriy ravishda yakka (1), qush (2) va bir necha bandli ramka ko’rinishlarida chizish mumkin. Bunday turdagi ko’rinishlar “naqshlar rejasi” deb ham yuritiladi. Tuziladigan naqsh kompozitsiyasi naqsh kompozitsiyasini ana shu kabi turli qoliplar ichiga joylashtirib qosil qilinadi.

    Naqsh kompozitsiyalarini tuzishni o’rganishda xalq ustalarining ijodiy ishlarini kuzatib, ulardan nusxalar ko’chiradilar. Shuningdek, turli muzeylar, uylar va ma'muriy binolarni ichki va tashqi tomonlarini bezashda qo’llanilgan naqshlar va ularning turlari bilan tanishtirib boriladi. Naqsh kompozitsiyasini yangi nusxalarini yaratish, ularni yoddan chizish borasida tabiat qo’yniga sayoqatga chiqish va unda nazariy hamda amaliy bilim, malakalar asosida stillashtirish usullari bilan bevosita shuqullanish kerak.

    Yana ramziylik va qayta ishlashga doir maxsus ketma-ketlik asosida tuzilgan rangli yoki oq-qora foto-suratlardan foydalanish ham yaxshi natija beradi. Boshlanqich sodda naqsh kompozitsiyalarini tuzishda dastlab yuza sirtini, uning o’ziga xos o’lchamlarini diqqat bilan ko’zdan kechirib naqsh shaklini “xayolan” tanlab olamiz. (Masalan zo’zana yuzasiga bajariladigan eskiz). Albatta bu naqsh kompozitsiyasi biz qachonlardir kuzatib yoki o’zlashtirib olgan naqsh bo’laklaridan iborat.

    Bunda biz fikr yuritishimiz orqali ish tajribalarimiz, tasavvur, shuningdek xotira zaqiralarimizda qanchalik ko’p naqsh kompozitsiyasi mavjud bo’lsa, shuncha ko’p ajoyib naqshlar tuzishimiz mumkin bo’ladi.

    Kompozitsiyaning rejasini tuzish va chizish jarayonida, zamin bo’yicha tarqaluvchi naqshlar va elementlarning o’zaro mutanosibligi hisobga olinishi shart. Buning uchun dastlab naqsh kompozitsiyasining qoralama nusxasi chizib olinadi. So’ng, ana shu qoralama asosida (lozim topilgan taqdirda ayirish o’zgartirishlar kiritish orqali) har bir elementga aloqida ishlov berilgan holda, uning nusxasi kerakli matoga ko’chiriladi va yaxlit naqsh kompozitsiyasi tuziladi. Naqshda kompozitsiyalar asosan yakka va qo’sh bandli novdalar ishtirokida tuziladi. Yana bir boshqa naqsh kompozitsiyasini tuzish uchun mehrob ko’rinishigagi naqsh kompozitsiyasini tanlab olamiz.

    Mavjud mehrob elementini yo’l, to’rtburchak va aylana matolari ichiga joylashtiramiz. Ushbu mehrob shakli kompozitsiyada yasovchi (asosiy shakl) vazifasini o’taydi. Navbatdagi chiziluvchi barcha naqsh kompozitsiyasini to’ldiruvchi elementlar deb atash mumkin. Chunki ular (bodom, anor, novda, barg, gul, kurtak, va hokazo) naqsh yuzalarini to’ldirib turadilar. Endi mehrob ko’rinishigagi shakllarga novda harakati kiritiladi. So’ngra, shakl yuzalariga mos ravishda lola guli hamda kurtak naqsh kompozitsiyasini chizamiz. Bunda o’ziga xos ko’rinishdagi yangi naqsh nusxalari qosil bo’ladi.

    So’zanani tikishdan oldin, uning umumiy badiiy yechimini o’ylab ko’rish, bezakning, undagi ayrim bo’laklarning buyum yuzasiga qanday joylashtirishni, elementlarning nisbatlarini, qanday rangda tikishni, ya’ni kompozitsiya tushunchasiga kiradigan hamma narsani aniqlab olish kerak.



    Kompozitsiya xarakteri ko’proq ritmga – naqshdagi alohida elementlar yoki element gruppalarining qonuniy almashinishiga bog’liq bo’lib, bu kompozitsiyaning ifolali bo’lishiga, aniq idrok etilishiga yordam beradi.

    Yo’l ichida bajarilgan ba’zi naqsh bezaklari, shunday xususiyatga egaki, har bir yo’lda ma’lum umumlashtirilgan uslubda, bitta motiv bir yoki bir necha marta takrorlanib, ritmik qator hosil qiladi. Mutlaqo bir xil elementlarning yoki elementlar gruppasining takrorlanishi rapport deyiladi.

    Naqshni tuzishda geometrik shakllar (uchburchak, kvadrat, yulduzcha, aylana va h.) dan, shuningdek to’lqinsimon, siniq chiziqlar, o’simlik motivlari (barglar, gullar, shohlar, daraxtlar)dan , jonivorlar dunyosi (hasharotlar, qushlar, baliqlar va h.) tasviridan, shuningdek, umumlashgan odam qiyofasidan foydalanish mumkin. Ba’zan naqshda geometrik shakllar bilan tabiat motivlari qo’shilgan bo’ladi. Naqshning hamma qismlari mutanosib bo’lishi kerak.

    Respublikamizning istiqlolga erishish, yo’qolib borayotgan qadimgi milliy an’anaviy hunarmandchilik va xalq amaliy san’atining qayta tiklashga va unga yosh avlodni qiziqtirishga keng yo’l ochib berdi. “Buxoro” degan tushuncha amaliy san’at sohasida kengroq ma’noni anglatadi va ayni paytda “mintaqaviy maktab” tushunchasiga ega bo’ladi. Shuning uchun ham “Buxoro maktabining kashtachilik markazlari” degan ibora ishlatiladi.

    XIX asrda shahar Buxoro amirligining poytaxti edi. Buxoro amirligi davrida ajoyib shaharda qo’li gul ustalar ishlaganlar. Buxoro shahrida ikki yuzdan ortiq mahalla va guzarlar bo’lib, ularning har birida turli kasb namoyondalari istiqomat qilishgan. Shahar aholisining 25 foizini hunarmandlar tashkil qilgan.

    Amir saroyida 400 ga yaqin ustalar, xalq amaliy san’ati namoyondalari: ajoyib to’quvchilar, zardo’zlar, misgarlar, kandakorlar, kulollar, zargarlar, xattotlar, gilamboflar o’ymakorlar, naqqoshlar va kashtado’zlar ishlaganlar. Bu borada Buxoro xalq san’atining har bir turi yuksak professionallikka erishgan. Hozir Respublikamizning barcha viloyatlarida tiklanib borayotgan hunarmandchilik va amaliy san’atning noyob turlari o’zining taraqqiyot bosqichida ko’p yillar va asrlar bosib o’tgan yo’lida goh yuksalgan, goh pasaygan, lekin unda badiiy an’analarning avloddan avlodga o’tishi hech qachon to’xtamagan.

    Aynan kashtado’zlik san’atining oltin davri XIX yarmida Buxoro shaxrida kashtachilikning ko’plab nodir turlari ishlab chiqarilar edi. Buxoro shaxrida tayyorlangan kashtalar o’zining ko’p katta bo’lmagan shakllari bilan ajralib turadi. Bu kashtalarda Buxoroning ming yillik tarixi ega me’moriy yodgorliklaridagi g’isht, loy, sopol, koshin devoriy bezaklarning va naqshlarning ta’sirini ko’ramiz. Buxoro shahrida turli millatlar yonma-yon yashaganlar. Ularning ko’p asrlik birgalikdagi turmushi shaharning boy, o’ziga xos an’analarini va urf-odatlarini dunyoga keltirgan. Buyuk ipak yo’li chorrahasida joylashgan shahar aholisining aksariyati kosiblardan iborat bo’lgan.

    Kashtachilik buyumlarining asosiy iste’molchilarining aksariyati ham ularning o’zlari bo’lishgan, shuning uchun ham bu davrda yaratilgan buxoro kashtalari yuksak mahorat va nozik did bilan yaratilgan. Bu kashtalar asosan kosibiy oq rangli ip gazlama “karbos”ga sidirg’a shoyiga, atlasga, adrasga va hisoriga sof ipak brishim bilan tikilgan. Breshim iplari pillaning o’rtasidagi toladan tayyorlangan. Buxoro kashtalari asosan “yo’rmado’zi”, “ilmoq”, kandaxayol, daravsh, duro’ya uslublarida bajarilgan. Buxoro kashtasida yuksak mahorat bilan qo’llanilgan “yo’rma” choki buyum yuzasidagi qo’shimcha qabariq - bo’rtma ko’rinishli naqsh gul hosil qiladi, undagi naqsh gullaridagi ipak iplar ranglarning uyg’unligini ta’minlaydi. Kashta naqshining har bir unsiri igna yoki bigiz bilan “yo’rma” chokida alohida-alohida tikilgan. Chok yo’nalishining o’zgaruvchanligi, ipak iplarning buyum sathida tovlanishiga sabab bo’lgan.

    Buxoro kashtalarining jilosini qimmatbaho olmos qirralarining quyosh nurida tovlanishiga o’xshatish mumkin. Buxoro kashtalarining yana bir o’ziga xos tomoni shundaki, chevarlar ranglarni juda ustalik bilan qo’llaydilar. Buxorolik chevarlar tikkan kashtalarda havo rang, kul rang, binafsha rang, pushti rang, qum rang, sariq rang, tillo rang, qizil rang, malina rangi, yashil ranglar o’zaro uyg’unlik hosil qilgan. Ortiqcha ranglarning yo’qligi, ranglarning bir-biriga o’ta mayinlik bilan almashuvi Buxoro kashtalariga o’zgacha viqor bag’ishlaydi.

    Buxoro kashtalari tikilishida har bir so’zanada bir naqsh har xil hal qilinadi, shu bilan kishida naqshlari xilma xil ekan degan tasavvur qoldiradi. Alohida gulli va xonalari har xil rangli motivli, hoshiyasi go’zal “islimiy” naqshli, markaziy maydonda shoxlar va turli rombsimon kompozistiyalar ko’p qo’llaniladi. Bu Buxoro kashtachiligini yanada go’zal qilib ko’rsatadi. Buxoroning nafaqat XIX asr so’zanalari, takiyapo’sh yoki joypo’shlari, balki joynamoz va dastorpechlari ham yuksak badiiyligi bilan ajralib turadi. Chizmakashning hunari avloddan - avlodga o’tib borgan, ular hunari sir saqlangan. So’zana kompozistiyasi aksariyat hollarda simmetriyaga asoslangan.

    Asrlar bo’yi yig’ilib, avloddan avlodga avaylab-asrab kelangan an’analar doirasidagi bu poyonsiz boylik, undagi cheksiz xilma xillik bu o’ziga xos xalq san’atining bebaho xususiyatini tashkil etadi. Kashtachilik san’atining qaysi markazi boshqasiga qanchalik ta’sir etgan bo’lmasin, u eng avvalo o’zi shakllangan hududda rivojlangan va aynan shu erga xos belgilari bilan boshqasidan farq qiladi.

    XULOSA

    Prezidentimiz rahnamoligida xalq amaliy san’ati va hunarmandchiligini rivojlantirish, sobiq tuzum davrida e’tiborsiz qolgan milliy qadriyatlarimizni qayta tiklashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Yurtimizda tadbirkorlikning rivojlanishi, ayniqsa, oilaviy hunarmandchilikning keng yo’lga qo’yilishi bu boradagi ishlar samaradorligini yanada oshirishda muhim omil bo’lib xizmat qilayotir.

    O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning “Xalq badiiy hunarmandchiliklari va amaliy san’atini davlat tomonidan har tomonlama qo’llab-quvvatlash to’g’risida”gi farmonlari ko’p asrlik qadriyatlarimizni qayta tiklashda muhim hujjat bo’lib xizmat qilmoqda.

    An’anaviy xalq san’ati markazlaridan biri ko’hna Buxoro shaxridir. Bu shahar Buyuk ipak yo’li chorrahasida joylashganligi, qadimdan Movarounnahr poytaxtlaridan biri bo’lib, boshqa ko’plab mintaqaviy shaharlar madaniyati, adabiyoti va san’atining shakllanishida muhim o’rin tutadi. Dunyoning turli burchaklaridan keltirilgan me’mor ustalar, olimlar, ulamolar Buxoro madaniyatining shakllanishida katta o’rin tutganlar.

    Xalqimizning tarixi, moddiy-ma’naviy merosi, orzu-istak va intilishlarini o’zida mujassam etgan, usta-hunarmand­larimiz tomonidan zo’r ishtiyoq, mahorat, yuksak did bilan yaratilgan gumbazu ravoqlar, koshin va naqqoshlik namunalari, qolaversa, milliy mato, nafis buyum va taqinchoq kabi milliy hunarmandchilik buyumlari asrlar osha nafaqat biz, balki dunyo ahlini ham hayratga solib kelmoqda. Xalqimizning boy madaniy merosi va milliy an’analarini o’zida to’la ifoda etgan amaliy kashtachilik san’ati turlaridan biri bu - so’zanadir. Jamiyat turmushi, iqtisodiyoti va siyosatdan o’zgarishlar bo’lib turishi bilan bir vaqtda kiyim shakllari ham o’zgarib boradi, xo’jalik yuritishning o’ziga xos jihatlari, xalqning moddiy ahvoli, kisshilarning didi, go’zallik to’g’risidagi ideallari hamda oilaviy turmushning ba’zi tomonlari ham ko’zga yaqqol tashlanadi.

    Asosiy maqsad: mustaqil O’zbekiston Respublikasi xalqiga milliy o’zligini anglatish, uning qadimdan to hozirgi davrgacha bo’lgan an’anaviy, betakror kashtachilik badiiy buyumlarini ko’rsatish, tuman, qishloq va shaharlarda saqlanib kelayotgan farqlarni aks ettirish va ularning davomiyligini anglatishdan iborat.

    O’zbek xalqining kashtada ko’zi tushmagan farzandi bo’lmasa kerak. Goho devorda, goho buvimiz va onamizning sandiqlari yoyilgan lahzalarda ba’zan hayratlanib, ba’zan e’tiborsiz qo’limizga olamiz. Lekin u so’zanani, palakni yoki choyshabni, farqiga bormaymiz, unda aks etgan tasvirlarga zavqlanib qarab: shunday katta narsani qo’lda tikib chiqish mashaqqat-ku, deya e’tirof etamiz.

    Kashtadagi gul bezaklari, ornamentlar: olma, anor, gilos, olcha, bodom va qalampir tasvirlari tushurilgan jimjimador shakllar, bizning o’zimiz anglamagan holda hayollar olamiga etaklaydi. Chet el olimlari bizning milliy kashtachiligimizni yillar davomida o’rganishgan va badiiy san’at deya e’tirof etishgan. Bu namunalarning san’at asari ekanligini anglay olmaymiz? Momolarimiz aytadilarki, kashta asosan qizlarni katta hayotga kuzatish, turmushga chiqarishga tayyorlash vositasi bo’lib, u juda katta tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Avvalo qizlarni mehnatga, go’zal milliy qadriyat va urf odatiga oshno etib tarbiyalashda o’z ifodasini topadi. Kashtalar tilini, sirini ongli ravishda tushunish uchun boy, go’zal dunyosini anglashga va bu san’at namunalarini yaratgan nozik did egalarining mehnatini qadrlashga o’quvchilarni tayyorlab boramiz. Halq kashtachiligini o’ziga hos san’at, hunar sifatida o’rganish hozirgi zamon talablaridan biridir.





    ISLIMIY NAQSHLARDAN FOYDALANIB, KASHTACHILIKDA SOVG’ABOP BUYUMLAR TAYYORLASH”



    (Fragment)

    ISLIMIY NAQSHLARDAN FOYDALANIB, KASHTACHILIKDA SOVG’ABOP BUYUMLAR TAYYORLASH”



    (Fragment)



    ISLIMIY NAQSHLARDAN FOYDALANIB, KASHTACHILIKDA SOVG’ABOP BUYUMLAR TAYYORLASH”



    (Fragment)





    Download 7.23 Mb.
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34




    Download 7.23 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kashtachilikda buyum tikishda kompozitsiya ikki qismdan iborat

    Download 7.23 Mb.