Ekspertizani o‘tkazishga qo‘yiladigan talablar




Download 0,67 Mb.
bet27/60
Sana22.03.2021
Hajmi0,67 Mb.
#13381
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   60
5. Ekspertizani o‘tkazishga qo‘yiladigan talablar.

Tergov va sud amaliyotida tug‘iladigan psixologik masalalarni hal qilish ekspert-psixologga bir qator qo‘shimcha talablarni qo‘yadi. Jumladan, psixolog - ekspert protsessual kodeksning ekspert tadqiqotlariga oid qismini, dastlabki tergov va sud surishtiruvning maxsus shartlarini bilishi lozim.

Demak, psixolog - ekspertda quyidagi kasbiy fazilatlar shakllangan bo‘lishi jinoyatni ochishda adolatlilik tamoyiliga amal qilishga olib keladi:


  • psixolog - ekspert adolatli, vijdonli bo‘lishi;

  • psixolog tergovchiga va ayblanuvchiga nisbatan xushmuomala, madaniyatli bo‘lishi;

  • psixolog tajribali mutaxassis sifatida kuchli irodali, sabr - toqatli, mulohaza bilan ish yuritishi;

  • psixolog - ekspert xulosani o‘z vaqtida topshirishi, ya’ni tartibli, mas’uliyatli bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.

  • Psixolog- ekspert ayblanuvchi bilan shaxs sifatida munosabatda bo‘lishi kerak.

Yuqoridagi insoniy fazilatlar psixolog - ekspertda shakllangan bo‘lsa jinoyatchiga nisbatan adolatli ish ko‘rish amalga oshiriladi va haqiqat tezroq yuzaga chiqib, qaror topadi.

Sud psixologik ekspertiza natijalarini tahlil qilish. Psixolog - ekspert mutaxassis sifatida ayblanuvchi bilan ish olib borishda quyidagicha tartibda ekspertiza o‘tkazadi:



  • ayblanuvchi, jabrlanuvchilar bilan individual suhbat o‘tkazadi;

  • ularning psixologik xususiyatlarini (idroki, diqqati, hissiyoti, temperamenti, xarakteri, irodasi kabilarni) aniqlaydi;

  • kuzatish, suhbat, psixologik test kabi metodikalarni o‘tkazadi;

  • ayblanuvchiga ochilgan jinoyat ishi bilan batafsil tanishib chiqadi;

  • o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalariga asoslangan holda ekspertiza xulosasi tayyorlaydi.

Sud psixologik ekspertiza natijalarini tahlil qilishda ayblanuvchining jinoyatni nechanchi marta sodir etganligiga e’tiborini qaratadi. Shuningdek, uning oilaviy psixologik muhitini aniqlashga harakat qiladi. Bundan tashqari, ekspertizaga oid adabiyotlar bilan tanishadi.

Demak, sudga oid psixologik ekspertizaning jinoiy xatti-harakatlarni aniqlashdagi ahamiyati juda katta ekan. Shuning uchun mutaxassis-psixologlar ayblanuvchining psixologik xususiyatlarini, uning jinoiy xatti - harakatlarni sodir etayotgan vaqtdagi ruhiy holatlarini aniqlashda juda katta mas’uliyat bilan ish olib borishlari maqsadga muvofiqdir.

Kuzatishlarga qaraganda, kompleks ekspertiza o‘tkazishda psixolog mutaxassis ikkinchi darajalli ekspertga aylanib qoladi. Buning sababi, birinchidan, psixiatr vrachlarning psixolog vazifasiga ham bilib-bilmay aralashuvi bo‘lsa, ikkinchidan, ekspertizaning sud psixitriya bo‘limlarida o‘tkazilishi tabiiy ravishda psixolog ishtiroki samarasining tushishiga olib keladi. Shu nuqtai nazardan ta’kidlash lozimki, ekspertiza tayinlanayotganda psixologning vazifasi va uning oldiga qo‘yilayotgan savol alohida ko‘rsatilishi lozim. Shuningdek, yuqoridagi holatning kelib chiqmasligi uchun kompleks ekspertiza komissiyasi tarkibiga sud-psixiatriya bo‘limi xodimlarini emas, balki, muayyan shifoxonalarning psixiatrlarini taklif qilib ekspertizani o‘tkazish ham maqsadga muvofiqdir. Chunki bunday ekspertiza komissiyasida ekspertiza rahbari bo‘lmaydi, natijada barcha a’zolar teng huquqlilik asosida faoliyat yuritadilar. Bu esa ekspertiza yuzasidan odilona, ilmiy asosli xulosa qilinishiga olib keladi.

Ekspertiza xulosasida psixolog-ekspert oldiga qo‘yilgan savollar ko‘rsatilib, ularga aniq javoblar berilishi kerak. Shuningdek, xulosada qanday metodikalar qo‘llanilganini, u kim tomonidan ishlab chiqilganligini hamda olingan natijalar fanday xulosa qilinganligi haqidagi fikr ochiq-oydin bayon etilishi lozim.

Yuqoridagilardan xulosa qilib aytish mumkinki, jinoiy javobgarlik ishlarida sud psixologik ekspertizasini qo‘llash bugungi kunning talabi bo‘lib, u faqat ko‘rilayotgan ishning odilona baholanishiga, fuqarolar haq-huquqlarining himoyalanishiga olib keladi.

Psixologik ekspertiza jinoyatning sodir etilish paytida ayblanuvchi, jabrlanuvchi va guvohlik beruvchilarning psixologik holati, shaxs xususiyatlari, xulqdagi o‘zgarishlar, aqliy rivojlanish darajasi, psixik rivojlanishning yoshiga nisbatan mos yoki adekvat emasligini, g‘ayriqonuniy xatti-harakatlar oqibatlarini anglay olish layoqatini, o‘z-o‘zini boshqarish qobiliyatining izdan chiqish va uning sabablarini aniqlash maqsadida hamda shu kabi bir qator holatlarda tayinlanadi va kerakli ma’lumotlar olinadi.

Sud psixologik ekspertizaning predmeti ayblanuvchi, sudlanuvchi, guvohlar va jabrlanuvchilarning ko‘rsatmalari haqqoniyligini tasdiqlash emas, balki so‘roq qilinayotgan shaxsning isbotlanishi zarur faktlarni idrok qilish, xotirasida saqlash hamda bayon etish qobiliyati boshdan kechirayotgan psixologik jarayonlarga aynan muvofiqligini aniqlashdan iboratdir.




  1. Download 0,67 Mb.
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   60




Download 0,67 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ekspertizani o‘tkazishga qo‘yiladigan talablar

Download 0,67 Mb.