Buxoro davlat universiteti pedagogika fakulteti




Download 0,67 Mb.
bet29/60
Sana22.03.2021
Hajmi0,67 Mb.
#13381
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   60
1.Psixik sog‘lom guvohlar, jabrlanuvchilar va ayblanuvchilarning, ish uchun ahamiyatli bo‘lgan hollarni qabul qilish va ular haqida to‘g‘ri ko‘rsatmalar berishni aniqlash.

Bunday vazifani hal etish maqsadida sud-psixologik ekspertizani tayinlash uchun quyidagi sabablar xizmat qilishi mumkin: muvofiq shaxsning yoshi kichik ekanligi, intellektual rivojlanishning past darajasi, faol nutqga ega emasligi, fe’l-atvor xususiyatlari haqida ma’lumotlar; qabul qila olish sharoitlarining baholashiga asoslangan, ish uchun muhim bo‘lgan jihatlarni qabul qilish va ular haqida ko‘rsatmalar berish qobiliyatiga shubha bo‘lsa (voqealar tezligi, bir vaqtdayoq sub’ektga ta’sir o‘tkazadigan qo‘zg‘ovchilarning ko‘pligi, qabul qilish vaqtida yuqori psixik zo‘rlanish va boshqalar); qabul qilinayotgan qo‘zg‘ovchining fe’l-atvori haqida ma’lumotlar (kuch – zaiflik); ma’lum shaxs bergan ko‘rsatmalarning ishning boshqa materiallariga nomuvofiqligi.



2.Psixik sog‘lom bo‘lgan zo‘rlash ishlari bo‘yicha jabrlanuvchilarning, ular bilan bajarilayotgan harakatlar mazmun va ahamiyatini to‘g‘ri tushunish va ayblanuvchiga qarshilik ko‘rsatish qobiliyatini aniqlash.

Ushbu vazifani hal etish maqsadida sud-psixologik ekspertiza tayinlash uchun eng keng tarqalgan sabablar quyidagicha: ma’lum vaziyatda sub’ektning passiv xulq-atvori, sodir etilgan hodisaga nisbatan chuqur emotsional reaksiyalar yo‘qligi haqida ma’lumotlar; psixik kasalliklar bilan bog‘liq bo‘lmagan jabrlanuvchining psixik rivojlanishiga nisbatan tahmin; ba’zi bir fe’l-atvor xususiyatlari haqida ma’lumotlar (sustlik, past faollik, o‘ziga ishonch yo‘qligi, uyatchanglik, odamovi va boshqalar) yoki umumiy tarbiyaning noqulay sharoitlari haqida (ota-ona tomonidan bola mustaqil bo‘lishiga doimiy bosim o‘tkazishi, qiyinchiliklardan ortiqcha himoya qilish), maktab va oilada jinsiy tarbiyaning kamchiliklari haqida.



3.Psixik rivojlanishida qoloq voyaga yetmagan ayblanuvchilarning o‘z harakatlari ahamiyatini to‘liq anglab olish qobiliyatini aniqlash va o‘z harakatlarini boshqara olish qobiliyati darajasini aniqlash.

Psixik sog‘lom bo‘lgan o‘smirning rivojalinishidagi qoloqligiga quyidagi holatlar ishora qilishi mumkin: unga nisbatan pedagogik e’tiborsizlik, xulq-atvoridagi bolalik asoratlari, o‘zining huquqbuzar harakatlariga nisbatan yengil xayol munosabati, o‘smir hulq-atvorining ob’ektiv mazmuni va u ko‘zlayotgan sub’ektiv maqsadlar bilan nomutanosibligi haqida ma’lumotlar; o‘smirning o‘z tengdoshlaridan farqlanishi haqida guvohlik ko‘rsatmalari.



4. Huquqbuzar harakatlarini sodir etish paytida, uning ongi va xatti-harakatlariga jiddiy ta’sir o‘tkazadigan, ayblanuvchining fiziologik affekt holati yoki boshqa emotsional holatlarining mavjudligi yoki yo‘qligini aniqlash.

Bunday vaziyatlarda sud-psixologik ekspertizaning tayinlanishi uchun sabablar quyidagicha: salbiy emotsional kechinmalar to‘planishiga, mustahkam nerv-psixik zo‘riqish holatlarining paydo bo‘lishiga, surunkali ehtiyojlar qoniqtirmasligi va boshqalarga ko‘maklovchi, real mavjud bo‘lgan sharoitlar haqida ma’lumotlar; jinoyat sodir etilganda vaziyatning mojaroli xarakteri haqida ma’lumotlar, xususan, jabrlanuvchi yoki boshqa shaxslar harakatlari ayblanuvchi xulq-atvorining yetakchi motivlarini amalga oshirishga xalaqit bergan, uning eng ahamiyatli qiziqishlariga tegib o‘tgan; ayblanuvchining ovozi, motorikasi, tashqi ko‘rinishidagi o‘zgarishlar haqida guvohlarning ko‘rsatmalari; jinoyat vaziyatidagi alohida elementlarni ayblanuvchi tomonidan qisman esdan chiqarishi.



5.Jinoyat sodir etishdan oldingi davrda yoki jinoyatni sodir etish paytida ayblanuvchining emotsional holatda bo‘lishini aniqlash va bu holatning borliqni to‘g‘ri angab olish qobiliyatiga, aniq vaziyatning mazmuniga jiddiy ta’sir qilgani va o‘z hulq-atvorini erkin boshqara olish qobiliyatiga ta’siri. Ushbu kategoriyaga kuchli nerv-psixik zo‘riqish tipidagi emotsional holatlarni kiritish mumkin.

6.Sub’ektda turli psixik holatlarning paydo bo‘lish ehtimolini aniqlash yoki, kasbiy faoliyati bilan bog‘liq harakatlar bajarilishini qiyinlashtruvchi yoki to‘siqlovchi individual psixologik xususiyatlarni aniqlash (aviatsiyada, avtomobil va temir yo‘l trasportida va h.).

Ishlab chiqarishda va transport hodisalari sabablarining tekshiruvi bilan bog‘liq sud psixologik ekspertizasini tayinlash sabablariga eng avvalo, texnikani boshqarib turgan, begona qo‘zg‘ovchi harakatlari tufayli, kuchli emotsional zo‘riqish tufayli charchab qolgan, o‘zini yo‘qotish holatida bo‘lgan yoki boshqa psixologik omillar tufayli insonlarning kasbiy va individual psixologik imkoniyatlari vaziyat talablariga javob bera olmagan holatlarda.





Download 0,67 Mb.
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   60




Download 0,67 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Buxoro davlat universiteti pedagogika fakulteti

Download 0,67 Mb.