Sud-psixologik ekspertizani o‘tkazishda ekspert psixologning vazifasi




Download 0,67 Mb.
bet26/60
Sana22.03.2021
Hajmi0,67 Mb.
#13381
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   60
4. Sud-psixologik ekspertizani o‘tkazishda ekspert psixologning vazifasi

Sud psixologik ekspertizasining predmeti ayblanuvchi, sudlanuvchi, guvohlar va jabrlanuvchilarning ko‘rgazmalari haqqoniyligini tasdiqlash emas, balki so‘roq qilinayotgan shaxsning o‘ziga xos xususiyatlariga ko‘ra isbotlanishi zarur faktlarni idrok qilish, xotirasida saqlash hamda bayon eta olish qobiliyati boshidan kechirayotgan ruhiy jarayonlarga aynan muvofiqligini aniqlashdan iboratdir.

Ko‘pincha voyaga yetmagan shaxs psixologik ekspertiza ob’ektiga aylanadi. Psixologiyaning yordamisiz tergovchi yoki sud voyaga yetmagan shaxs yoki o‘smirning jinoiy-huquqiy ahamiyat kasb etuvchi faoliyatiga yoshiga xos alomatlarning nechog‘lik ta’sir ko‘rsatganini aniqlab ololmaydilar. Affektiv holat jabrlanuvchining noqonuniy xatti-sharakatlari tufayli yuzaga kelgan bo‘lsa, jinoyatning ayrim tuzilishlarini kvalifikatsiyalashda aybni yengillashtiruvchi holatlar ekanligini aniqlash ekspert-psixolog vakolatiga kiradi. Bunday hollarda psixolog-ekspert o‘z kasbining mohir ustasi, tajribali bo‘lishi talab qilinadi. Sud psixologik ekspertizasini tajribali, kuchli mutaxassis-psixologlar olib borishlari maqsadga muvofiqdir. Chunki bunday ekspertiza orqasida shaxsning taqdiri turadi.

Affektiv holatning davomiyligi, intensivligi va mexanizmini sud-psixologik ekspertiza metodlari bilan tadqiq etish, dastlabki tergov xulosalarining ilmiy asoslangani va dalillanishini ta’minlashda psixolog-ekspertning mahorati, kasb fazilatlari katta rol o‘ynaydi. Jinoyat sodir etilgan paytda shaxs xulq-atvorining alohida xususiyat kasb etishiga sabab bo‘lgan boshqa holatlarni tadqiq qilish ham sud psixologik ekspertizani vakolatiga kiradi. Affektdan tashqari ularning qatoriga charchoq, qattiq qo‘rquv, og‘ir musibat, (depressiya) tushkunlik kabilarni qo‘shish mumkin.





Download 0,67 Mb.
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   60




Download 0,67 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sud-psixologik ekspertizani o‘tkazishda ekspert psixologning vazifasi

Download 0,67 Mb.