• Tayanch tushunchalar
  • Sud psixologik ekspertizasining tarixi
  • Sud psixologik ekspertizasi mavzusi bo‘yicha ma’ruza matni




    Download 0.67 Mb.
    bet22/60
    Sana22.03.2021
    Hajmi0.67 Mb.
    #13381
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   60
    2.2. Sud psixologik ekspertizasi mavzusi bo‘yicha ma’ruza matni.

    Mavzu: Sud psixologik ekspertizasi

    Mavzuning rejasi:

    1. Sud psixologik ekspertizasining tarixi.

    2. Sud psixologik ekspertizasini o‘tkazish.

    3. Sud psixologik ekspertizasining bosqichlari.

    4. Sud psixologik ekspertizani o‘tkazishda ekspert psixologning vazifasi.

    5. Ekspertizani o‘tkazishga qo‘yiladigan talablar.

    6. Sud psixologik ekspertizaning asosiy vazifalari.


    Tayanch tushunchalar: Ekspertiza predmeti, vakolati va ekspertiza oldiga qo‘yiladigan masalalar, ekspertiza o‘tkazishning zaruriyligi va ekspertizani belgilash tartibi. Ekspertiza savollarini tuzishga qo‘yiladigan talablar.


          1. Sud psixologik ekspertizasining tarixi

    Sud psixologik ekspertiza bugungi kunda huquqshunoslik amaliyotiga chuqur kirib bormoqda. Sud psixologik ekspertizasining mohiyatini to‘laroq anglash va amaliyotga keng tadbiq etish uchun esa uning shakllanish yo‘lini, tarixini bilish talab etiladi.

    Huquqbuzarlik jarayonidagi ishtirokchilarning (ayblanuvchi, jabrlanuvchi va guvohlik beruvchi) psixik xususiyatlarini tadqiq qilish va o‘rganishga qiziqish qadim-qadimdan mavjud bo‘lgan.

    Kishilik jamiyatining taraqqiy etib borishi, bir ijtimoiy tuzumning ikkinchi bir ijtimoiy tuzumga o‘rnini bo‘shatib berishi jamiyatda bir qator yangiliklarni, o‘zgarishlarni keltirib chiqargan. Shu tariqa jamiyat rivoji barcha sohalar singari psixologiya ilmining ham rivojlanishiga turtki bo‘ldi. Natijada huquqshunoslik amaliyotida psixologik sinovlarning ahamiyati yanada ortib, uni o‘tkazish usullari takomillashib bordi. Bu o‘z navbatida, tergov va sudlov jarayonlarining oshkoralik asosida, odilona olib borilishini ta’minladi. Biroq, tergov va sudlov jarayonlarining oshkora va odilona olib borilishi ko‘p hollarda faqat sudya yoki tergovchining tajribasiga, ilmiga, malakasiga va vijdoniga bog‘liqligicha qolaveradi. Bunday holat tabiiy ravishda sudlov va tergov jarayoniga boshqa sohalarning ham aralashishi zaruriyatini keltirib chiqardi. Dastlab sudlov jarayonida psixologlar voyaga yetmaganlarning psixik rivojlanishi xususiyatlarini, xotira, tafakkur jarayonlarini tadqiq qilish bilan shug‘ullana boshladilar.

    Huquqshunoslik amaliyoti tarixidan ma’lum bo‘lishicha, ilk marta 1810 yilda Napoleon “jinoyat kodeksi”ga o‘z xatti-harakatlarini boshqara olish yoki boshqara olmaslik (vnmenyaemost, nevmenyaemost) layoqatini aniqlash tushunchasini kiritdi.

    XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib, bir qator mamlakatlarning jinoyat protsessual kodekslariga ayblanuvchining o‘z xatti-xarakatlariga javob bera olish yoki javob bera olmasligini aniqlashga doir tibbiy tushunchalar ham kiritila boshlandi.

    Rossiyada 1864 yilda jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov nizomiga psixiatrik ekspertiza o‘tkazish zarurligi to‘g‘risidagi kodeks qo‘shilgan edi. Ushbu psixiatrik ekspertiza tarkibida psixologik ekspertiza o‘tkazish ham ko‘zda tutilgan. Shu vaqtdan e’tiboran Rossiyada psixologik ekspertiza o‘tkazila boshlandi.

    Asrimizning o‘rtalariga kelib, eksperimental psixologiya sohasi bo‘yicha erishilgan yutuqlardan sud amaliyotida ham foydalanila boshlandi. Ushbu yo‘nalish bo‘yicha laboratoriyalar tashkil etilib, ularda jinoyatchi shaxs xulqi o‘zgarishlari, fiziologik affekt holati va shu kabilar o‘rganila boshlandi.

    1922 yilda Rossiya Federatsiyasida birinchi marta jinoyat protsessual kodeksi qabul qilindi. Asrimizning boshlarida sobiq ittifoqning bir qator shaharlarida jinoyatchi shaxsini o‘rganish bo‘yicha markazlar ochilib, ularda sud psixologik ishlari olib borila boshladi.

    XX asrning 70-yillaridan boshlab, psixologik ekspertiza xizmati yana rivojlana boshladi. Psixologik ekspertiza sohasining rivojlanib borishi natijasida asta-sekin uning vazifasi, tergov va sud jarayoniga aralashuv chegarasi aniqlashib bordi. Bugunga kelib psixologik ekspertizaning vazifasi, o‘rganuvchi sohasi xususidagi anglashilmovchilik, tushunchovchiliklar barham topdi.

    O‘zbekistonda XX asrning 70-80-yillaridan boshlab, psixologiya, huquqshunoslik psixologiyasi, kriminal psixologiya fanlari muayyan darajada rivojlanish bosqichiga qadam qo‘ydi.

    O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, bu sohadagi o‘zgarishlar yanada yaqqol sezila boshladi. Qonunchiligimiz asosi rivojlangan dunyo mamlakatlari tajribasidan foydalanilgan holda xalqaro talablar asosida qayta ko‘rib chiqilib, yangilandi va takomillashtirildi. Sud ekspertizalari va shu jumladan, sud psixologik ekspertizasiga nisbatan yangicha yondashuvlar yuzaga keldi.




          1. Download 0.67 Mb.
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   60




    Download 0.67 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sud psixologik ekspertizasi mavzusi bo‘yicha ma’ruza matni

    Download 0.67 Mb.