Mustaqil ishni baholash mezonlari




Download 0,67 Mb.
bet20/60
Sana22.03.2021
Hajmi0,67 Mb.
#13381
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   60
Mustaqil ishni baholash mezonlari

Referatni baholash misolida

Referat ilmiy rahbar tomonidan baholanadi. Mustaqil ish mavzusini talabalarning o‘zi tanlaydi. Bunda quyidagi shartli ravishdagi ko‘rsatkich va baholash mezonlari qo‘llanilishi mumkin:



t/r

Mustaqil ish shakli

Baholash ko‘rsatkichlari

Baholash mezonlari

1

Referat

    1. Referatlashtirilgan matn yangililigi

Maksimal baho ­– 20 ball

- muammo va mavzu dolzarbligi;

- muammo qo‘yilishi yangililigi va mustaqilliligi, muammo tahlili uchun tanlangan yangi jihatlar shakllantirilishi;

- muallif mavqei mavjudligi, mulohaza yuritishdagi mustaqilligi


1.2. Muammo mohiyati ochib berilishi darajasi

Maksimal baho ­– 30 ball



- referat rejasining mavzuga mosligi;

- mavzu mazmunining referat mavzusi va rejasiga mos kelishi;

- muammo asosiy tushunchalarining to‘liqligi va ochib berilishi doirasi;

- materiallar bilan ishlash uslub va usullari asoslanganligi;

- adabiyot bilan ishlash mahorati, materialarni tizimlash va tartiblashtirish;

- qarab chiqilayotgan masala bo‘yicha har xil qarashlarni umumlashtirish, solishtirish bo‘yicha ko‘nikma, asosiy mulohaza va xulosalarni dalillash



1.3. Manbalarni tanlashni asoslanganligi

Maksimal baho ­– 20 ball



- muammo bo‘yicha adabiy manbalarni doirasi, ulardan foydalanish to‘liqlik darajasi;

- muammo bo‘yicha eng yangi manbani jalb etish (jurnalda chop etilgan, ilmiy ishlar to‘plamlari, internet tarmoqlari ma’lumotlari va boshqalar)



1.4. Rasmiylashtirish qoidalariga amal qilish

Maksimal baho ­– 15 ball



- foydalanilgan adabiyotlarga to‘g‘ri havola qo‘yish;

- ifoda to‘g‘riligi va madaniyati;

- muammo atamalari va tushunchalar apparatidan samarali foydalanish;

- referat hajmiga qat’iy rioya qilish;

- rasmiylashtirish madaniyati: xat boshilarni ajratish


1.5. Ravonlik, savodlilik
Maksimal baho ­– 15 ball

- orfografik va sintaktik xatoliklar bo‘lmasligi, stilistik tafovutlar yo‘qligi;

- xatoliklar, qisqartirilgan so‘zlar, umumiy qabul qilinganidan tashqari, bo‘lmasligi;

- adabiy tarz

Pirovardida referat 100-balli tizimda baholanadi va 5-balli bilimni baholash quyidagicha amalga oshiriladi:

86-100 ball – «a’lo» 70-85 ball – «yaxshi» 51-69 ball – «o‘rta»

51 balldan past – «qoniqarsiz»

Dasturda ko‘zda tutilgan materialdagi bilimni kundalik baholashda ballar hisobga olinadi. (talabalarga ko‘rsatmalar tarzida)

1. O‘qituvchi bilan maslahatlashib, referat mavzusini tanlang.

2. Tanlangan mavzu bo‘yicha bibliografiya tuzing.

3. Tanlangan ish yuzasidan tadqiqot ishi olib boring. U bo‘yicha reja yoki konspekt ko‘rinishida yozuvni amalga oshiring – o‘zingiz uchun maqbul variantdagi ishchi yozuvni tanlang.

4. Tanlab olingan materiallardan foydalanib, barcha talablarga binoan referat yozing.



Download 0,67 Mb.
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   60




Download 0,67 Mb.