7. O‘lim oldi davrida, shaxsning o‘z joniga qasd qilishiga olib keladigan psixik holatning mavjudligi yoki yo‘qligini aniqlash.
Bu o‘z navbatida, o‘limdan keyingi sud psixologik ekspertiza o‘tkazilishini talab qiladi. Bu ekspertiza foydali bo‘lishi mumkin, agar tergov organlari, o‘z joniga qasd qilish (o‘z joniga qasd qilishga etuvchi) ma’lum shaxslar tomonidan harakatlar sodir etilganligi haqida ma’lumotlarga ega bo‘lsalar, hamda o‘z joniga qasd qilishni soxta ko‘rinishi haqida tahminlar paydo bo‘lganda.
8. Ma’lum vaziyatda harakatlarning yo‘naltirilganligiga va mazmuniga jiddiy ta’sir ko‘rsata oladigan, sub’ektda mavjud aniq individual psixologik xususiyatlarini, hissiy irodaviy sifatlarini, fe’l-atvor qirralarini aniqlash, xususan, huquqbuzar haraktalarni sodir etishga ko‘maklashadigan holatlarda.
Jinoyatning sub’ektiv tomonini aniqlash, ba’zan ayblanuvchining xulq-atvoridagi psixologik motivlarini, uning fe’l-atvorining spesifikasini, qiziqishlarining yo‘naltirilganligini va hokazolarni aniqlash jarayonidagi qiyinchiliklar bilan murakkablashadi, ushbu xususiyatlarning huquqbuzar harakatlari bilan aloqasi. Bunday vaziyatlarda o‘rganilayotgan shaxsning “psixologik portretini” maxsus psixologik bilimlarni va usullarni qo‘llash orqali yaratish katta ahamiyatga ega. Ko‘rsatilgan qiyinchiliklarni bartaraf etishning birinchi vositalaridan biri ayblanuvchi shaxsining ekspert psixologik tadqiqotidir. Ta’kidlash joizki, sinalayotgan kishining “psixologik portreti” to‘liq bo‘lmasligi mumkin, unda odatda shaxs psixikasining ba’zi bir tomonlari namoyish etilgan.
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, O‘zbekistonda inson omiliga katta ahamiyat berilib kelimoqdaki, sodir etilgan turli jinoyatlarning asl mohiyati va kelib chiqish sabablari, ijtimoiy xavflilik darajasidan kelib chiqqan holda, ma’lumotlarni konkretlashtirish va yanada mukammal bo‘lishida sud psixologik ekspertizalarning, xususan voyaga yetmaganlarning sudda va boshqa tergov harakatlarida ishtirok eta olishi, shuningdek, voqea natijasida uning keyingi ruhiy holatiga qoldirgan iz (asorat)ning qandaygiligi, sodir etilgan jinoiy xatti-harakat vaqtida ayblanuvchining ruhiy holatini inobatga olish va bu orqali tegishli qaror yoki hukm belgilanishi jarayonida ahamiyati juda katta, deb hisoblashimiz mumkin. (1, 2-ilova).
Sud psixologik ekspertiza xulosasi sud, tergov va boshqa harakatlarni olib borish jarayonida, xususan jinoyatni ochishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu nuqtai nazardan psixologik ekspertiza xulosasining asosliligi, uni tashkil etish, o‘tkazish, to‘g‘ri metodika tanlash mutaxassislarning malakasiga, nazariy va amaliy bilimiga bog‘liqligini qayd etish lozim.
Shuningdek, sud psixologik ekspertiza jinoyatchining psixologik xususiyatlarini, jinoiy xatti-harakatlar qilayotgan paytidagi uning ruhiy holatlari, jumladan, affekt (kuchli qo‘zg‘alish, shuuriy holati), stress holati (kuchli hayajonlanish), suisid (o‘z joniga qasd qilish) holatlarini aniqlash va jinoyatchiga to‘g‘ri psixologik tashxis qo‘yish, ya’ni uning jinoiy xatti-harakatlar qilayotgan vaqtida ongsizlik holatida bo‘lgan yoki bo‘lmaganligini aniqlashdir.
|