I I bob. Pomidor yetishtirish, saqlash va uni dastlabki ishlov berish texnologiyasi fanning o‘qitish uslubiyoti bo‘yicha qisqacha adabiyotlar sharxi.
2.1. Sabzavot va mevalarni birlamchi ishlov berish texnologiyasi fanining ta’lim-tarbiya berishda pedagogik va psixalogik asoslari.
“Farzandlarimiz bizdan ko‘ra kuchli,dono, bilimli va aldatta, sog‘lom bo‘lishlari shart” deb bejiz aytmagan yurtboshimiz I.A.Karimov.
Bu vazifani amalga oshirish nafaqat davlat rahbarining, balki barcha ota-onalarning, butun jamoatchilikning muqaddas burchidir va bunga amal qilish davr talabidir.
Dunyodagi eng samarali va ishonchli sarmoya bu ta’lim-tarbiya tizimiga sarflangan mablag‘dir, deyilishi bejiz emas. Bunday ezgu maqsad yo‘lidan kelajakni ko‘zlab qilingan ish sarf-xarajatlarni qoplabgina qolmay, millatning ilmiy salohiyatini yuksaltirishga ijobiy natijalarga, bir so‘z bilan aytganda, ilm-fan sohasida yuksak ko‘tarilish “portlash” effektiga olib keladi. Ta’lim tizimini rivojlantirish ayni paytda mamlakat darajasida talab qiladi.
Shu sababli O‘zbekistonda 2005 yilgacha mo‘ljallangan kadrlar tayyorlash bo‘yicha milliy dasturni amalga oshirish jarayoni, sur’atlar bilan davom etmoqda. Dasturga ko‘ra, mana shu vaqt ichida yoshlarga zamonaviy standartlar asosida ta’lim beradigan 1800 ga yaqin akademik litsey va kasb-hunar kolleji qurib bitkazildi, ko‘plab maktablar hamda oliy o‘quv yurtlari qayta ta’minlangan. O‘zbekistonda ta’lim-tarbiya eng quyi bosqich bolalar bog‘chasidan boshlab, xalqaro andozalarga muvofiq bakalavr va magistirlar tayyorlashda bo‘lgan jarayonni o‘z ichiga olgan uzluksiz ta’lim tizimi joriy etilgan.
Mamlakatimizda amal qilinayotgan 11 yillik ta’lim-tarbiya tizimini voz kechib, 12 yillik tizimni o‘tyapmiz. U ikki bosqichdan iborat. Birinchi bosqich to‘qqiz yillik umumiy ta’limni qamrab oladi. Ikkinchi bosqichda esa farzandlanimizning o‘zining bilim darajasi, intilishi va qobiliyatiga qarab, akademik litsey kasb-hunar kollejlarida muayyan ixtisoslik bo‘yicha uch yil bilim va ixtisoslikka ega bo‘ladi. Respublikamizda tashkil etilgan “Umid” va “Ustoz” jamg‘armalari grantlarga ko‘ra oliy o‘quv yurtlarida o‘qiyotgan yuzlab talaba va bitiruvchilar, pedagog-olimlar AQSH, Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Yaponiya kabi dunyoning ilg‘or mamlakatlarida tahsil olmoqda. O‘rgangan bilimlarini mamlakatimizga kelib joriy qilmoqdalar. Oxirgi vaqtlarda oldimizda nihoyatda muhim, kelajagimizni hal qiluvchi yangi vazifa erkin fuqarolik jamiyatining ma’naviyatini shakllantirish, boshqacha qilib aytganda, ozod o‘z haq-huquqlarini yaxshi taniydigan boqmandachilikning har qanday ko‘rinishlarini o‘zi uchun or deb biladigan, o‘z kuchi va aqliga ishonib yashaydigan, ayni zamonda o‘z shaxsiy manfaatlarini xalq, Vatan manfaati bilan uyg‘un holda ko‘radigan insonlar tarbiyalashdan iborat. Barkamol avlod tarbiyasi o‘qituvchilarda ko‘pgina bilim, mahorat va xizmatni talab qiladi.
Shuni qayd etish lozimki, biz erkin fuqarolik jamiyatini qurishni orzu qilmoqdamiz va shunga intilyapmiz. Lekin bu go’zal orzuga erishmoq uchun tinimsiz intilish, umuminsoniy qadriyatlarni ijodiy o‘rgannib, o‘z zamonamizga tadbiq etish lozim. Shu bilan birga milliy o‘ziga xosligimizni, asrlar sinovidan o‘tgan an’analarimizni, hamisha iymon e’tiqod bilan yashash kabi hayotiy tamoyillarimizni ham saqlab yuksaltirib borishimiz kerak.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida jamiyatimiz oldida bu ulug‘vor va murakkab vazifalarni hal qilish eng avvalo, ta’lim-tarbiya ma’rifat masalasiga borib tarqaladi. Bu masalaga keng jamoatchilik diqqatini jalb etadi. Matbuot televideniya orqali odamlarda marifatparvarlik g‘oyalarini tadbirlash, maktab maorif tarmoqlariga homiylik saxovatpeshalik savobtalablar kabi ezgu xususiyatlarini uchaytirish zarur.
O‘zbekiston Respublikasi uchun Oliy majlisning IX sessiyasida qabul qilingan kadrlar tayyorlash bo‘yicha milliy dasturning amalga oshirishda juda muhim ahamiyatga ega. Bu dasturni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalarni bajarish lozim.
Ta’lim tizimidagi andozalari, zamonaviy pedagogik o‘quv rejalari va dasturlari va mazmuniga isloxotlarning bosh maqsadidan kelib chiqqan xolda yangi avlodni kamol topshirishga qaratilgan zarur tuzatishlar kiritish zarur.
Yangi darsliklarni, zamonaviy pedagogik va axborot texnalogiyalarni o‘z vaqtida ishlab chiqish va joriy etishni ta’minlashni aloxida nazorat ostiga olish zarur.
Yuqori malakali pedagogik kadrdlar tayyorlash va qayta tayyorlashga aloxida e’tibor berish lozim. Kadrlash tayyorlashni sifatli, erkin fikrlovchi shaxs-fuqaroni kamol-toptirish, ertaga sinflar va auditoriyalarda kimlar va saboq berishga katta samara beradi.
Dasturda berilgan akademik litseylar kasb-hunar kollejlarini foydalanishga topshirish ishlari to‘la hajmda bajarish lozim. Amalga oshirilayot barcha isloxatlarning taqdiri shu masalaga ya’ni kadrlar tayyorlashga chambarchas bog‘liqligini biz aniq va ravshan anglab olishimiz lozim. O‘zini shu mamlakatni haqiqiy vatanparvari deb bilgan har bir kishini va dasturni amalga oshirishda o‘z metodi ulushini qo‘shadigan deb ishonamiz, barkamol avlodni shakllantirishga zamin yaratamiz.
O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan mustaqil huquqiy demokratik davlat erkin fuqarolik jamiyatini qurish yo‘lidagi ulkan ishlari inson omilini yangidan kashf qilish, o‘zligini anglashdagi imkoniyatlarni ro‘yobga chiqarish, ma’naviy intelektual va aqliy amaliy rivojlanish uchun yangi shart-sharoitlar yaratib beradi.
Ma’lumki aholini oziq-ovqatga, sanoatning xom-ashyoga bo‘lgan ehtiyoji tobora ortib bormoqda. Bu muhim muammolarni yechish ilm fan salohiyati yuksaltirish va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Madomiki shunday ekan, bu holat bor imkoniyatlardan to‘liq foydalana berishni, yetuk kadrlar tayyorlashni, shu bilan qatorda qishloq xo‘jalikni imkon qadar mexanizatsiyalash, elektrlashtirish, kimyolashtirish va meleoratsiyalash asosida jadal rivojlantirishni taqozo etmoqda. (Lutfullaev 2003).
Sabzavot ekinlarini parvarishlash jarayonida dehqonchilikni kimyolashtirish ekish hosildorligini oshirishning muhim vositasi bo‘libgina qolmay, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishni jadallashtirish iqtisodiy jihatdan samarali foydalanish yo‘li hisoblanadi. Bizga yaxshi ma’lumki sabzavot ekinlarini hosildorligini keskin oshirishda tuproqqa kiritilgan o‘g‘itlar va navlarning biologik xususiyatlari muhim o‘rin tutadi. Shu sababli mustaqillikning birinchi kunidan boshlab, qishloq xo‘jaligini zarur mineral o‘g‘itlar o‘simliklarni himoya qilish vositalari bilan ta’minlashni nafaqat tubdan o‘zgartirish, balki sug‘oriladigan sabzavotchilik qoidalariga qat’iy amal qilishda talabchanlikni oshirish, ularni qo‘llash madaniyatini yuksaltirish lozimligiga jiddiy e’tibor qaratilgan. 1996 yilning 7 avgustida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining “Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishda bog‘dorchilik va sabzavotchilikka xizmat ko‘rsatishni takomillashtirishni chora-tadbirlar” to‘g‘risidagi qaror ham sug‘oriladigan yerlarda qishloq xo‘jalik ekinlaridan yuqori va sifatli hosil yetishtirishda o‘g‘it tuproq va o‘simlik biologik xususiyatlari o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rganadigan fandir. Sabzavotchilika sabzavot ekinlari biologiyasi ko‘paytirish va yetishtirish texnologiyasini o‘rganadi.(Yunusov 2008, S.B.Bo’riyev va boshqalar 2002)
Fanning asosiy maqsadi o‘g‘itlarning xususiyati va tuproq bilan o‘zaro ta’sirini hisobga olgan holda o‘simliklarning oziqlanishi uchun qulay sharoit yaratish hamda muayyan tuproq-iqlim sharoitlari uchun o‘g‘it qo‘llashning eng samarali me’yor usul muddatlarini belgilash va sabzavot ekinlarini zamonaviy usulda parvarish qilishdan iborat.
O‘simlikni oziqlanish jarayonida moddalar almashunuvi va tuproqdagi oziq moddalar almashunivi dinamikasini o‘rganish, hosil miqdori mahsulot sifatini va tuproq unumdorligini tashkil etish fanning asosiy vazifasi qatoriga kiradi.
Sug‘oriladigan yerlarda sabzovot ekinlari yuzaga keladigandan buyon o‘tgan bir yarim asrdan ko‘proq davr ichida uning oldida turgan vazifalar yanada oydinlashdi.
Sabzavotchilik nazariyasi va amaliyot fan va ishlab chiqarishning uzviylikda yuzaga keladi va rivojlanadi. U tabiiy fanlar sarasiga aniqrog‘i biologiya va qishloq xo‘jalik fanlar guruhiga kiradi, ular bilan uzviy bog‘liq. Sabzavotchilik fani dehqonchilikning hayotiy zarur talablari asosida paydo bo‘ladi. Sabzavotchilik insoniyat tarixida eng qadimiy ishlab chiqarish soxasi bo‘lib, qadimdan tuproq unumdorligini oshirish uchun turli vositalarini qo‘llanilgan. Masalan, qadimga rimliklar tuproqqa go‘ngdan tashqari, kul, gips, ohak va mineral kabi moddalarni ham kiritish lozimligini bilganlar va sabzavot ekinlaridan sifatli hosil olganlar. Yana bir usul shundan iboratki, lyupinni gullash davrida o‘rib, tuproq bilan almashtirish izidan ekiladigan sabzavot ekinini hosildorligini oshirish ehtiyojidan ortib qolgan baliq maxsulotlarini suyaklarini maydalab tuproqqa kiritish makkajo‘xori hosiliga ijobiy ta’sir ko‘rsatishni aniqlangan. Shuni alohida qayt etish lozimki, sabzavotchilik fanining o‘qitilishi samarali tashkil qilish uchun sabzavot ekinlari biologik xususiyatlarini yaxshi o‘rganish talab etadi.
Shuningdek keltirilgan qisqacha adabiyotlar tahlilidan shu ma’lum bo’ladiki, meva va sabzavotlarni qayta ishlash va dastlabki ishlov berish texnologiyasini kasb-hunar kollejlarida o’qitishda interfaol usullardan, savollardan va boshqa pedagogik omillarni qo’llash maqsadga muvofiq bo’ladi.
|