Qayta ishlanadigan meva-sabzavot mahsulotlari sifatiga
ta’sir etuvchi tashkiliy omillar
2.4 Maxsulotlarni saqlash va qayta ishlash tarixidan
Inson qishloq xo’jaligi maxsulotlarini azaldan tabiatda olib, iste’mol qilgan. Shu bilan birga ortiqcha miqdordagi maxsulotlarni tabiiy himoyalangan joyda, ya’ni g‘or, ulkan daraxtlar kavagiga kuygan xolda yoki tuproqqa ko’mib saqlagan. Shu usul bilan yovvoyi hayvonlardan saqlangan holda yog‘ingarchilikdan isrof bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmagan.
Mamlakatimizning turli hududlarida olib borilgan arxeologik qazishmalar qishloq xo’jaligi mahsulotlarini saqlash usullarini qo’llash quldorlik davridanoq boshlanganligidan dalolat beradi. Tadqiqotlar olib borilgan joylardan mahsulotlar saqlanadigan ko’za va boshqa har xil shakldagi idishlar topilgan. Markaziy Osiyo, jumladan, O’zbekiston hududida qishloq xo’jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlashga qadomdan katta e’tibor berib kelinadi. Qishloq xo’jalik mahsulotlarini ko’mib yoki osib saqlash juda qadimdan rusum bo’lib, qayta ishlash usullaridan keng foydalanilgan. Ota-bobolarimiz quritish usuli bilan buzilmaydigan holga keltirilgan mahsulotlarni quruq joyda, shisha, chinni yoki sopol idishlarda, usti yopiladigan qutilar va sandiqlarda saqlashgan.
Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash xususidagi ma’lumotlar IX-XII asrlarga oid ilmiy manbaalarda batafsil bayon etilgan. Ibn al-Haysan (965-1095), Ibn Xatib ar - Roziy (1149-1209), Ibn-Rashta (XII asr). Ibn Hammar (942 yilda tug’ilgan), Muhammad Ibn Baxrom (1194 qilda vafot etgan), Abu Hamiz ibn Ali ibn Umar, Hasrat Mashxadiy Said Muhammad(XVII asr)larning asarlarida dehqonchilik mahsulotlarini qayta ishlash usullari tilga olingan. Olimlar qayta ishlangan mahsulotlarning foydaliligi va ular yil bo’yi iqilish zarurligini batafsil aytib o’tishgan
Oftobda uzum quritish azaldan Samarqand, Surxandaryo, Qashqadaryo, Buxopo, Farg‘ona vodiysida esa ochiq joyda o’rik va boshqa mevalarni quritish bilan shug’ullanib kelingan. Har xil mevalardan sharbat tayyorlash qadimiy hisoblanib, qariyb ming yillik tarixga ega. Ayniqsa, Markaziy va Kichik Osiyo, Kavkaz orti, Eron, Afg’oniston, Iroq, Suriya, Mesopatamiya, Misr, Yunoniston va Italiyada bu soha gurkirab rivojlangan. Uzumchilik va sharob tayyorlash bundan 3 ming yil ilgari qadimgi Gretsiyada taraqqiy etgan, Yunon faylasufi Gumerning “Iliada” va “Odessiya” asarida qayd kayf beruvchi ichimlik tayyorlash borasida qimmatli ma’lumotlar keltirilgan. Uzum yetishtirish eramizdan 3-2 ming yil oldin rivojlanganligi to’g’risida ma’lumotlarga egamiz.
Meva va sabzavot suritish, yuqorida ta’kidlanganidek qadimiy usullardan biri bo’lib, qo’lyozma manbalarda bu boradagi ma’lumotlar eramizdan avvalgi V-IV asrlarga to’g’ri keladi. Meva va poliz maxsulotlarini quritish markazlari bo’lib Kichik Osiyo Markaaiy Osiyo va Kavkaz orti xududlari xisoblangan. XVIII-XIX asrlarda sabzavotlarni tozalash, sirkalash, mevalarni namlash kabi qayta ishlash usullari qo’llanilgan.
Faqat XIX asr oxirida sovutgichlar paydo bo’lishi bilan quritish va konservalash sanoati rivojlana boshladi.
|