3- rasm. Pomidorni konservalash
III bob.3.1.Mahsulot saqlashda isrofgarchilikning oldini olish
Keyingi yillarda meva va sabzavotlarni saqlash hamda tashishda katta xajmli konteynerlardan keng foydalanilmoqda. Bunday usullardan foydalanish mevalarni ko’plab zahlanish va o’rinishdan saqlaydi. Masalan, kartoshka kavlab olingandan to ishlatilgunga qadar 30 marotaba o’rinar ekan. Shuni ta’kidlash kerakki, sabzavot va meva maxsulotlarini saqlash, qayta ishlashga isrofgarchilikni kamaytirishning hali foydalanilmagan ko‘plab imkoniyatlari mavjud. Buning uchun, avvalo, yangi omborxonalar qurish, eski omborxona va konservalash korxonalarini qayta tiklash zarur. Shuningdek kam chiqimli texnologiyalarni ishlab chiqishga doir ilmiy izlanishlarni jadallashtirish darkor.
Isrofgarchilikni kamaytirishda hosilni yig‘ishtirishning muddati texnologik talablariga to‘la rioya qilish muhimdir. Erta (etilmasdan) uzib olingan mevalar nordon, shirasi kam va rangi xunuk bo‘ladi. Saqlanganida ko‘p vaqt o‘tmasdan burishib qoladi, chunki meva to‘la pishib etilgandan keyingina uning hujayralari suv o‘tkazmaydigan holga keladi. Erta yig‘ishtirilgan hosil nozikligi bois tez buziladi va uni olis joyga olib borish qiyinlashadi, chunki u uzoq saqlanmaydi.
Pomidorni kechiktirib (muddatidan o‘tkazib) terish ham hosil sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi va ortiqcha isrofgarchilikka olib keladi. Kechiktirib terilgan mevalar mazali bo‘lmaydi va saqlanayotganda tez buziladi. Vaqtidan o‘tib terilgan olma, noklar tez yumshab, mevasi unsimon holga keladi. Pomidor oqib tushadi, karamning boshi yorilib ketadi, bodring sarg‘ayadi va hokazo. Xullas, erta yoki kech yig‘ishtirilgan sabzavot va meva maxsulotlari nafaqat saqlash, balki qayta ishlash uchun xam yaroqsiz xolga kelib qoladi.
Mevachilik va sabzavotchilik xo‘jaliklarida rejaga rioya qilinmasligi, ishning yuritilishi natijasida hosil ko‘plab nobud bo‘ladi. Sanoatni xom ashyo, axolini ko’plab quritilgan mevalar bilan ta’minlash ishlari izdan chiqqani tufayli xo‘jalikning daromadi kamayadi. Hosilni sotishga tayyorlash, jumladan, shartnomalar tuzish, hosilni yig‘ib-terib olish, tashish, saqlash va qayta ishlash bilan bog‘liq barcha chora-tadbirlar ayni vaqtida, kechiktirmasdan, uyushqoqlik bilan yuqori unumda o‘tkazilishini ta’minlash lozim.
Meva-sabzavot maxsulotlarini saqlash davrida ularni kasallanishi, zararkunandalar bilan zararlanishi iste’mollik darajasini keskin kamaytiradi va isrofgarchilikka olib keladi. Shuningdek mevalarning mexanik shikastlanishi-teshilishi, yorilishi, ezilishi va boshqalar xaridorgirlik qiymatini pasaytirib, etiga mikroorganizmlar kirishi uchun yo‘l ochadi.
Fan va texnika rivojlanishiga qaramay, xamon ko‘plab hosil nobud bo‘lmoqda. Zero, terimdan keyingi davrda isrofgarchilikni kamaytirish va asosiy sifat ko‘rsatkichlarini saqlash uchun hosilni tashish, sotishni to‘g‘ri tashkil etishga katta e’tibor berish kerak. Saqlash davridagi isrofgarchilik maxsulotlarning fizik va fiziologik xususiyatlari aynishi natijasida ro‘y beradi. Maxsulot tabiatini, saqlash davrida unda ro‘y beradigan o‘zgarishlarni, maxsulot uchun ishlab chiqilgan saqlash rejimlarini yaxshi bilish isrofgarchilikni kamaytirish imkonini beradi.
|