Sabzavot, shu jumladan pomidorni saqlash




Download 0,85 Mb.
bet21/38
Sana26.06.2021
Hajmi0,85 Mb.
#15179
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   38
3.3.Sabzavot, shu jumladan pomidorni saqlash

Ma’lumki, avgust va sentyabr oylaridan boshlab mahsulotlarning asosiy qismi uzoq muddatga saqlashga quyiladi. qadim zamonlardan sabzavot va mevalar, ayniqsa sabzavotlar turli usullarda dalaning o‘zida, uyum va xandaklarda saqlab kelingan. Yillar davomida bu usullar xo‘jaliq xonadon, shuningdek namunaviy omborlar etishmagan tayyorlov korxonalarida keng qo’llanilardi. Yildan-yilga zamonaviy omborlardan foydalanish keng yo‘lga qo‘yilmoqda.

Maxsulotlarni saqlash texnologiyasi. Uzbekistonda har yili 300 ming tonnadan ortiq piyoz yetishtiriladi. Shundan deyarli 70 foizi omborlarga joylanadi. Sarimsoqdan 60 ming tonna hosil olinib, 2 ming tonnasi saqlashga qo’yiladi. Yaxshi yetilgan piyoz saqlash vaqtida chuqur fiziologik tinim davrini o’taydi. Tinim davrining uzoq davom etishi nav xususiyatiga, ko‘p jixatdan yetishtirish va maxsulotni saqlash sharoitlariga xam bog‘liq

Tinim davrining uzoq davom etishi bosh piyozning yetilish darajasiga bevosita bog‘liq. Obdon yetilgan, ya’ni yopgich qavatlari hosil bo‘lgan, plastik moddalar piyoz boshiga o‘tadigan, barglari va bo‘yin qismlari qurib, tinim davriga kirgan piyoz, yaxshi saqlanadi, chigiti xam kam bo‘ladi. Buning aksicha, piyoz boshining yetilishi kechikkanida, po’stlarining hosil bo‘lishi susayib, barg va bo‘yin qismlari hosil yig‘ishtirish paytigacha qurib ulgurmaydi chala yetilish natijasida maxsulot yomon saqlanishining boisi shundaki, tinim davri to’liq ro’y bermay, saqlash dav-ida tez-tez uchraydigan bo‘g‘in chirish kasalligi bilan qattiq zararlanadi.



Piyozning tinim davrini mo‘tadil kechishi faqat morfologik ko‘rsatgichlar bilangina emas, balki muayyan biokimyoviy xususiyatlari bilan xam ifodalanadi. Masalan, uzoq saqlanadigan navlarida saxaroza bilan monosaxaridning nisbati, kiska vaqt saqlanadigan piyoz navlariga qaraganda yuqori bo‘ladi. Piyoz va sarimsoqning saqlanish darajasini piyoz boshida mavjud fitotsidlar uyg‘unlashtirib turadi. Boshqa sabzavotlardan farqliroq uni havo namligi 75 foizdan yuqori bo‘lmagan muhitda saqlash tavsiya etiladi. Saqlash paytida namlik oshib ketsa, piyoz tinim davrini tezroq o‘tkazib, o‘sa boshlaydi. Bundan tashqari bo‘g‘in qismining namlanib terlashi oqibatida saqlashdagi xavfli bo‘g‘in qismining chirish kasalligi avj olishi mumkin. Chala etilgan piyozni saqlashda namlikka qat’iy rioya qilish lozim, aks holda 100 foiz chirish kasalligiga chalinishi mumkin.



Download 0,85 Mb.
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   38




Download 0,85 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sabzavot, shu jumladan pomidorni saqlash

Download 0,85 Mb.